1-Laboratoriya ishi Mavzu: Sifat reaksiyalarini bajarish texnikasi. Laboratoriyada ishlashning umumiy qoidalari



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə6/55
tarix24.09.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#147742
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Аналитик кимё тажриба 2022.

Reaksiyaning bajarilishi. Natriy tuzining 2 tomchi eritmasiga 3 tomchi reaktivdan qo`shiladi.
Tekshirilayotgan eritmali probirka suv oqimi tagida sovutiladi, bir vaqtning o`zida tayoqcha bilan probirka devori ishqalanadi.
3. Mikrokristalloskopik reaksiya. Uranil asetat UO2(CH3COO)2 natriy tuzlarining eritmasida natriy-uranil asetat Na(UO2)(SN3SOO)3 kristallarining sariq cho`kmasini hosil qiladi.
NaCl + UO2(CH3COO)2 +CH3COOH = Na(UO2)(SN3SOO)3 + NS1
Reaksiyaning bajarilishi. Predmet oynasiga natriy tuzining 1 tomchi eritmasi tomiziladi, 1 tomchi sirka kislota qo`shiladi va quriguncha bug`latiladi. Quruq qoldiq 2 tomchi reaktiv bilan ishlanadi, to`la soviguncha imkon beriladi va mikroskop ostida yaxshi rivojlangan sariq tetraedrlar (2-rasm) tushgan kristallar ko`riladi.

2-rasm. Na(UO2) (SN3SOO)3 kristallari

NH4+ KATIONINING REAKSIYALARI

1. Ishqorlar NaOH yoki KOH ammoniy tuzining suvli eritmasiga qo`shilganda ammiak ajratadi:


NH4Cl + NaOH = NaCl + NH3 + H2O
Eritma qizdirilganda ammiak uchib ketadi. Ajralib chiqayotgan ammiakni qizil yoki binafsha lakmus qog`ozining yordamida bilish mumkin. Ho`l lakmus qog`oziga tegib ammiak suv bilan o`zaro ta'sir qiladi:
NH3 + H2O = NH4+ +OH-
Hosil bo`ladigan OH- ion lakmusning rangini ko`k rangga o`zgartiradi.
Reaksiyaning bajarilishi. Probirkaga ammoniy tuzining eritmasidan 2 tomchi tomiziladi va 3-4 tomchi 2n li NaOH dan probirka devorlariga tegizmasdan qo`shiladi. Probirka og`zida suv bilan ho`llangan qizil yoki binafsha lakmus qog`ozini ushlab turgan holda probirkani suv hammomida qizdiriladi. Lakmus qog`ozida ko`k dog` paydo bo`ladi. Tajribani bajarishda lakmus qog`ozi probirkaning ichki devorlariga tegib turmasligiga qarash kerak.
2. Nessler reaktivi (K2[HgJ4] bilan KOH aralashmasi) ammoniy tuzlari bilan qizil qo`ngir cho`kmani beradi:
2K2[HgJ4] + 4KOH + NH4C1 = [OHg2NH2]J↓ + 3H2O+ 7KI + KCl
2[HgJ4]2- + 4OH- + NH4+ = [OHg2NH2]J↓ + 3H2O + 7J-
K+ va Na+ ionlari aniqlashga xalaqit bermaydi. Reaksiyani ortiqcha reaktiv bilan o`tkaziladi, chunki hosil bo`ladigan cho`kma ko`p miqdordagi ammoniy tuzlarida eruvchan bo`ladi. Reaksiya juda seziluvchan bo`ladi va ammoniy ionlari uchun spesifikdir.

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin