1-Laboratoriya ishi Mavzu: Sifat reaksiyalarini bajarish texnikasi. Laboratoriyada ishlashning umumiy qoidalari



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə8/55
tarix24.09.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#147742
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   55
Аналитик кимё тажриба 2022.

Reaksiyaning bajarilishi. Probirkaga 2 tomchi magniy xlorid eritmasi tomiziladi. 1 tomchi ammoniy xlorid eritmasi, 2 tomchi ammiak eritmasi qo`shiladi. So`ngra hosil qilingan eritmaga 1-2 tomchi natriy gidrofosfat eritmasi qo`shiladi.
4. O-oksixinolin HC9H6NO magniy tuzlari bilan yashilroq-sariq kristall cho`kma - magniy oksixinolinat hosil qiladi:
2HC9H6NO + MgCl2 = Mg(C9H6NO)2↓ + 2NS1
Reaksiya ammiakli muhitda o`tkaziladi. Va2+ va Sa2+ ionlari reaksiyaga xalaqit bermaydi.
Reaksiyaning bajarilishi. 2 tomchi magniy tuzining eritmasiga 1 tomchi ammoniy xlorid eritmasi, 2 tomchi ammiak eritmasi va 2 tomchi 5% li o-oksixinolinning spirtli eritmasi qo`shiladi.
5. Mikrokristalloskopik reaksiya. Natriy gidrofosfat mikrokristalloskopik reaksiyalar uchun yaxshi reaktivdir.
Reaksiyaning bajarilishi. Buyum oynasiga 1 tomchidan magniy, ammiak va ammoniy xlorid eritmalaridan tomiziladi. Bu tomchilarni aralashtiriladi. Bu aralashma bilan yonma-yon bir tomchi Na2HPO4 eritma tomiziladi va shisha tayoqcha bilan oynada ishqalab birlashtiriladi. Alanga ustida biroz quritiladi va sovutiladi. Tushgan kristallar mikroskop ostida ko`riladi (3-rasm).


3-rasm. MgNH4PO4*6N2O kristallari
II guruh kationlarining analitik xususiyatlarini o`rganish
Guruhning xarakteristikasi
Kationlarning ikkinchi guruhsiga ikki valentli metallarning Va2+, Sa2+ va Sr2+ ionlari kiradi. Bu metallarning tuzlari ko`pincha rangsiz. Suvda eruvchi tuzlarga galogenidlar, nitratlar va asetatlar kiradi. Gidroksidlarning eruvchanligi Va2+>Ca2+> Sr2+ qatorida kamayadi. Va(ON)2 va Sa(ON)2 gidroksidlar kuchli asosdir. Ammoniy karbonat (NH4)2SOz ammiak eritmasi ishtirokida guruh reaktivdir. Ammoniy karbonat kuchsiz asos kationi bilan kuchsiz kislota anionlari hosil bo`lgan tuz sifatida suvli eritmalarda kuchli gidrolizlanadi. Ammiak eritmasi muvozanatni chapga siljitadi, ya'ni NSO3- ionlari miqdorini maksimal kamaytiradi. Bu zarur, chunki bariy va kalsiy gidrokarbonatlari karbonatlarga nisbatan ko`proq, eruvchan. Bariy va kalsiy tuzlarining eritmalariga ammiak ishtirokida guruhiy reaktiv bilan ta'sir ettirilganda bariy va kalsiy ionlari amaliy jihatdan VaSO3 vaSaSO3 ko`rinishida to`la cho`kadi. Magniy tuzlarining guruh reaktivi bilan reaksiyasi boshqacha o`tadi. Reaksiya natijasida asosli magniy karbonat hosil bo`ladi.
2MgCl2 + 2(NH4)2CO3 + N2O = (MgOH)2CO3 + 4NH4C1 + CO2
Agar cho`ktiriladigan eritmaga avval ammoniyli tuz solinsa, asosli tuzning cho`kmasi umuman tushmaydi shuning uchun Mg2+ ionini ikkinchi guruh bilan butunlay cho`ktirish mumkin emas. Mg2+ ioni o`zining xossalari bo`yicha birinchi va ikkinchi analitik guruhlar o`rtasida oraliq o`rinni egallaydi. Umumiy xossalari va tuzlarining eruvchanligi bo`yicha Mg2+ ioni ikkinchi guruhga kiradi. Biroq, guruh reaktivi NH4C1 ning ko`p miqdori ishtirokida Mg2+ ni cho`ktirmaydi va analizning sistematik yo`lini o`tkazishda Mg2+ birinchi guruh kationlari bilan birga bo`lib qoladi. Shuning uchun Mg2+ ko`pincha I guruhga kiritiladi. Ikkinchi guruh kationlarining tuzlari tabiatda keng tarqalgan. Tabiiy suv eritmasida magniy va kalsiy tuzlari bor, bu - suvning qattiqligiga sabab bo`ladi.

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin