3. Natriy kobaltat geksanitrit Na3[Co(NO2)6] kaliyning neytral yoki kuchsiz kislotali eritmasidan kaliynatriy kobaltgeksanitritni (sariq cho`kma tarzida) cho`ktiradi:
Na3[Co(NO2)6] + 2KC1 = K2Na[Co(NO2)6]↓ + 2NaCl
2K+ + Na+ + [Co(NO2)6]3-= K2Na[Co(NO2)6]↓
Xuddi shunday cho`kma ammoniy tuzlari bilan ham hosil qilinadi, shuning uchun reaksiyani ular yo’g`ida o`tkazish kerak. Bu juda sezgir reaksiya K+ ioni uchun eng xarakterlidir.
Reaksiyaning bajarilishi. Kaliy tuz eritmasining 2 tomchisiga reaktivdan 2 tomchi qo`shiladi.
4. Mikrokristaloskopik reaksiya - natriy, qo`rg’oshin va misning uchlamchi nitriti Na2PbCu(NO2)6 kaliy tuzlari bilan reaksiyaga kirishib qora yoki qo`ng`ir rangda kub shaklida xarakterli kristallar hosil qiladi (1-rasm).
2KS1 + Na2PbCu(NO2)6 = K2PbCu(NO2)6↓ + 2NaCl
NH4+ ioni aniqlashga xalaqit beradi, chunki u bu reaktiv bilan xuddi shunday kristallar hosil qiladi.
Reaksiyaning bajarilishi. Predmet oynasiga 1 tomchi kaliy tuzining eritmasidan tomiziladi va ehtiyotlik bilan uni quriguncha parlatiladi. Sovutilgan qoldiq, 1 tomchi Na2PbCu(NO2)6 reaktivi bilan ishlanadi va kristallarni mikroskop ostida ko`riladi.
1. Alangani bo`yash reaksiyasi. Natriy tuzlari yoritilmagan gaz alangasini sariq rangga bo`yaydi. Reaksiya juda xarakterli va seziluvchan bo`ladi. Reaksiyani xuddi K+ ionlari uchun qilingan kabi bajariladi.
2. Kaliy geksagidroksostibiat K[Sb(OH)6] natriy tuzlari bilan neytral va kuchsiz ishqoriy muhitda hosil bo`ladigan oq kristall cho`kmani beradi:
NaCl + K[Sb(OH)6] = Na[Sb(OH)6↓+ KS1
Na+ + [Sb(OH)6]- = Na[Sb(OH)6]↓
Reaksiyani kislotali eritmada olib borish mumkin emas, chunki bunday holda metastibiat kislotaning amorf cho`kmasi ajralib chiqadi. Kuchli ishqoriy eritmalarda ham aniqlashni olib borish mumkin emas, chunki shunday sharoitlarda ham cho`kmaning eruvchanligi juda oshadi. Natriy geksagidroksostibiat suvda biroz eruvchanligi sababli Na+ ionga bo`lgan tekshirishni yetarli darajada konsentrlangan eritmada (0,5 n dan kuchsiz bo`lmagan eritmada) va sovuqda olib borish kerak. NH4+ ionlarining bo`lishi aniqlashga xalaqit beradi, chunki ammoniy tuzlari ham reaktiv bilan oq cho`kma hosil qiladi.