1. Alangani bo`yash reaksiyasi. Kaliyning uchuvchan tuzlari rangsiz gaz alangasini binafsha rangga bo`yaydi.
Reaksiyaning bajarilishi. Kaliy tuzini (KS1 hammasidan yaxshiroq) xlorid kislota bilan ho`llanadi va yupqa platinali yoki nixrom simda dastlab alanganing asosiga kiritiladi, keyin esa alanganing eng yuqori temperaturali qismiga o`tkaziladi. Kaliy alangani binafsha rangga bo`yaydi. Natriy tuzlarining oz miqdori ham aniqlashga xalaqit beradi, chunki natriy alangaga berayotgan sariq rang kaliydan hosil bo`lgan alanganing binafsha rangini butunlay niqoblaydi. Sim avval xlorid kislota bilan ho`llanadi va gorelka alangasida qizdiriladi, simning tozaligiga ishonch hosil qilish uchun bu operasiya 2-3 marta takrorlanadi. Sim alangaga kiritilganda uni bo`yab quymasligi kerak.
2. Vino kislota N2S4N4O6yoki natriy gidrotartrat NaHC4H4O6eritmada K+ ionining konsentrasiyasi yetarli bo`lganda kaliy gidrotartratning oq kristall cho`kmasini beradi:
KS1 + H2C4H4O6 = KNC4H4O6 ↓+ NS1
K+ + NC4H4O6 - = KNC4H4O6↓
Cho`kma mineral kislotalarda eriydi. Ishqorlarning suyultirilgan eritmalarida, suvda eruvchi o`rta tuzlar hosil bo`ladi, shuning uchun reaksiya neytral yoki kuchsiz kislotali eritmalarda olib boriladi. NH4+ioni aniqlashga halaqit beradi, chunki u reaktiv bilan oq kristal cho`kma hosil qiladi.
Reaksiyaning bajarilishi: Probirkaga 2 tomchi kaliy xlorid eritmasi va 3 tomchi reaktiv solinadi. Probirkani sovuq suv oqimi bilan sovutiladi, bir vaqtning o`zida cho`kma tushishini tezlashtirish uchun probirkaning devorlari shisha tayoqcha bilan ishqalanadi.