1-laboratoriya ishi: Normal konsentratsiyali eritmalar tayyorlash


g 1% li eritma tayyorlash uchun qancha miqdor karnallit KCIMgCI26H2O olish kerak? Eruvchanlik mavzusiga oid tajribalar



Yüklə 53,69 Kb.
səhifə6/8
tarix19.02.2022
ölçüsü53,69 Kb.
#52824
1   2   3   4   5   6   7   8
1-laboratoriya ishi

5. 200 g 1% li eritma tayyorlash uchun qancha miqdor karnallit KCIMgCI26H2O olish kerak?

Eruvchanlik mavzusiga oid tajribalar

1-tajriba. Qattiq moddlarning eruvchanligining temperaturaga bog`liqligi

a) 100 ml sig`imli stakanga 20 ml suv quying. Suvni qaynaguncha isiting va shisha tayoqcha bilan aralashtirib turib, oz-ozdan 30 g kaliy nitrat soling. Tuzning hammasi eriganidan keyin eritmani soviting. Kristallarni hosil bo`lishini kuzating.

b) Probirkaga xona temperaturasida kalsiy asetatning to`yingan eritmasidan 5-6 ml qo`ying. Eritma solingan probirkani qaynaguncha isitilgan suvli stakanga bir necha minut solib qo`ying. Cho`kma hosil bo`lishiga e’tibor bering. Keyin probirkani sovuq suvli stakanga qo`ying. Nima kuzatiladi? Temperataraning kaliy nitrat bilan kalsiy asetatning eruvchanligiga ta’siri to`g`risida xulosa chiqaring.

2- tajriba. Tuzning erish issiqligi

Ikkita probirkaga 5-6 ml miqdorda temperaturasi taxminan o`lchangan suv qo`ying. Bitta probirkaga 2-3 g natriy sulfat soling. Har bir probirkadagi eritmani termometr bilan aralashtirib turib eng past temperaturani belgilang. Olingan tuzlarning erishi ekzotermik yoki endotermik jarayon ekanligini aniqlang.

3-tajriba. Mis sulfat kristallgidratining formulasini topish

Tigelni texnik-kimyoviy tarozida 0,01 g gacha aniqlik bilan torting. Unga (shpatel yoki qoshiqcha bilan) kukun qilib maydalangan mis kuporosidan 1 g solib yana torting. Bu tigelni chinni uchburchakka o`rnating va ichidagi tuz oq rangli kukunsimon massaga aylanguncha kuchsiz alangada qizdiring. Qizdirilgan moddali tigelni soviting. Buning uchun uni qisqich bilan ushlab 10-12 minutga eksikatorga qo`ying. Massa o`zgarmaydigan darajaga etguncha qizdirish, sovitish va tortishni takrorlang (olingan moddani keyingi tajriba uchun saqlab quying).

Mis kuporosining massasi m2-m1ga teng, undagi kristallanish suvning massasi m3-m2 ga teng. Bunda m1-tigelning massasi, m2- mis kuporosi solingan tigelning massasi, m3-qizdirilgandan keyingi suvsiz tigelning massasi.

Suvsiz tuzning bir moliga to`g`ri keladigan suvning mol sonini hisoblab, mis sulfat (mis kuporosi) kristallgidratining formulasini toping.


Yüklə 53,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin