1-laboratoriya ishi: Normal konsentratsiyali eritmalar tayyorlash



Yüklə 53,69 Kb.
səhifə7/8
tarix19.02.2022
ölçüsü53,69 Kb.
#52824
1   2   3   4   5   6   7   8
1-laboratoriya ishi

Tajriba natijalarini hisoblash

Tigelning massasi-m1

Mis kuporosi bilan tigelning massasi-m2

Suvsiz tuz bilan tigelning massasi-m3

Kristallgidratning massasi-m4

Suvsiz tuzning massasi-m5

Suvning massasi-m6

Tajribada olingan ma’lumotlardan foydalanib quyidagi nisbatlar orqali suvsiz tuzning mol miqdori n(tuz) va suvning mol miqdori

n(suv) ni hisoblab toping hamda 1 mol CuSO4 ga necha mol suv to`g`ri kelishini hisoblang:

:n(suv)

Tajribaning nisbiy xatosi necha foiz ekanligini hisoblang.

4-tajriba. Kristallgidratning hosil bo`lish issiqligi. Probirkaga 3- tajribada olingan suvsiz mis sulfatni soling va unga termometrni tushirib, bir necha tomchi suv bilan namlang. Bunda issiqlikning ajralishiga va tuz rangining o`zgarishiga ahamiyat bering. Probirkaga xona temperaturasidagi suvdan 3-4 ml qo`ying. Unga termometr tushirib, suvning temperaturasini yozib oling. Boshqa probirkaga maydalangan mis kuporosi CuSO45H2O dan 2-3 g solib temperaturaning o`zgarishini termometr yordamida aniqlang. Kristallgidrat va suvsiz tuz eritilganda temperaturaning turlicha bo`lishini tushuntiring.

5-tajriba.O`ta to`yingan eritmalarni tayyorlash.

a) Probirkaga 5 g bura (Na2B4O710H2O) ni 5 ml suv bilan aralashtirib eriting va isiting. Probirka og`zini paxta bilan berkitib, sovuq suvli stakanga soling. Eritma sovigach, paxtani olib tashlab probirkaga buraning kichkina kristallchasini soling. Nima kuzatiladi? Probirkadagi eritmaning temperaturasi o`zgaradimi?

b) Quruq probirkaga 2-3 g natriy tiosulfat soling va tuz batamom eriguncha ehtiyotlik bilan qizdiring. Probirka og`zini paxta bilan berkiting va eritmani xona temperaturasigacha sekin soviting. Hosil qilingan o`ta to`yingan eritmali probirkani qattiq chayqating. Nima kuzatiladi? Paxtani olib tashlang va tiniq eritma hosil bo`lguncha probirkani yana qizdiring. Probirka og`zini paxta bilan berkitib, sekin soviting va unga natriy tiosulfatning kichik kristallchasini soling. Nima kuzatiladi?




Yüklə 53,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin