2.Navoiy xalqaro logistika markazi faoliyati
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 6-dekabr kuni “Navoiy” xalqaro intermodal logistika markazi faoliyatini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Mamlakatimizda transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish va tranzit yuk tashuvlarini ko‘paytirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xalqaro integratsiya jarayonlarini faollashtirish, xususan, mintaqada savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishda mamlakatning transport-tranzit salohiyati muhim o‘rin tutadi.
Shu maqsadda 2008-yili Navoiy shahri aeroporti bazasida xalqaro intermodal logistika markazi tashkil qilinib, O‘zbekiston transport-tranzit salohiyatini yanada yuksaltirish hamda “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni tashqi bozorlarga yetkazish yo‘lga qo‘yilgan edi.
Ushbu logistika markaziga avvalboshdan barcha turdagi soliq imtiyozlari va bojxona preferensiyalari berildi. Yo‘ldosh infratuzilma barpo etildi, boshqaruv “Korean Air” kompaniyasiga topshirildi.
Biroq, markaz faoliyati tahlil qilinganda, shuncha qulaylik va imkoniyatlarga qaramay, terminal quvvatidan amalda to‘liq foydalanilmayotgani aniqlandi. Yiliga 100 ming tonna yuk o‘tkazish quvvatining 20 foizidan ham kamrog‘i ishga solinmoqda, xolos. O‘tgan sakkiz yil davomida ushbu aeroport orqali 300 ming tonna yuk tashilgani buni yaqqol tasdiqlaydi.
2017-yil yakuniga ko‘ra, terminalda umumiy yuk aylanmasi 2016-yildagiga nisbatan 11 foiz yoki 33 ming tonnagacha kamayishi prognoz qilinmoqda.
Bunday holat yuzaga kelishiga bu sohaga bevosita mas’ul bo‘lgan ayrim mansabdor shaxslarning beparvoligi, mas’uliyatsizligi, ushbu markazni chuqur o‘ylangan strategiya asosida rivojlantirmagani sabab bo‘ldi, dedi davlatimiz rahbari. Ko‘p yillar mobaynida Navoiy aeroporti va logistika markazining noyobligi, jozibadorligi, boshqalardan ajralib turishi to‘g‘risida balandparvoz gaplardan nariga o‘tilmadi.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, markazda kuniga o‘rtacha ikkita parvoz amalga oshirilmoqda. Bu esa ushbu logistika markazi va aeroport salohiyatidan foydalanish darajasi maqtovdan ancha yiroq ekanini ko‘rsatadi.
Ishni tashkil qilishga munosabatning qanchalar ayanchli holda bo‘lganini shundan ham bilsa bo‘ladiki, hozirgi kungacha “Navoiy” logistika markazi obyektlarini foydalanishga topshirish bo‘yicha davlat qabuli amalga oshirilmagan, deb qayd etdi Prezidentimiz. Markazdagi yoqilg‘i-moylash materiallarini saqlash sig‘imlari ham oxirigacha qurib bitkazilmagan.
Vaholanki, xalqaro transport-tranzit sohasi, ayniqsa, havo transportida yuk tashish eng serdaromad sohalardan biridir. Misol uchun, Dubay xalqaro aeroporti yiliga 3 million tonnagacha yuk o‘tkazib, 26 milliard dollarga yaqin daromad topadi. Qozog‘iston Respublikasi Ostona shahrida bir yilda 1,5 million tonna yuk o‘tkazish quvvatiga ega bo‘lgan logistika markazini tashkil qilishni rejalashtirayotgani ham shundan. “Navoiy” logistika markazini bunday xablar bilan solishtirib bo‘lmaydi. Bu holatda raqobat qilish juda qiyin.
Davlatimiz rahbari aviatashuvlarning tarif siyosatini qayta ko‘rib chiqish zarurligini ta’kidladi.
Mazkur logistika markazi jozibadorligini oshirishda “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi katta ahamiyatga ega bo‘lishi kerak edi. Biroq, bu ham kutilgan natijani bermadi. Unda na yuqori qo‘shimcha qiymatli eksportbop tovarlar, na ichki bozor uchun xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.
Xorijiy yuk tashuvchi subyektlar “Navoiy” logistika markazi imkoniyatlaridan foydalanishga qiziqish bildirmayapti. Buning asosiy sababi aviakerosin yetkazib berishda uzilishlar mavjudligidir. Bu turdagi yoqilg‘iga bugungi kunda haftalik ehtiyoj 950 tonna ekaniga qaramay, neftni qayta ishlash zavodlari tomonidan atigi 600 tonna ajratilmoqda.
Transport kompaniyalari tomonidan muvofiqlashtirish ishlari ta’minlanmagani sababli multimodal tashish ham rivojlanmay qolgan. Bojxona tartib-taomillari uzoq davom etishi va transport vositalari chegarada bekor turib qolishi oqibatida yuklarni yetkazib berish muddati cho‘zilib ketmoqda.
Shulardan kelib chiqqan holda, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev neft-gaz tarmog‘i mutasaddilariga milliy aviakompaniya va boshqa xorijiy yuk tashuvchilarning aviakerosinga ehtiyojini o‘z vaqtida va 100 foiz ta’minlash, haftalik yoqilg‘i yetkazib berishni oshirish, bunda jahon bozoridagi narx-navoni inobatga olib ish tutish yuzasidan topshiriqlar berdi.
“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasiga tegishli tashkilotlar bilan birgalikda amaldagi tariflarni qayta ko‘rib chiqib, optimal tarzda pasaytirish, logistika markazlari tajribasini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh tuzish vazifasi yuklandi. Milliy aviakompaniya Navoiy shahri aeroportiga dunyoning yetakchi yuk tashuvchi kompaniyalarini jalb qilish ishlarini yanada faollashtiradi, pochta yuklarini tashuvchi yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik o‘rnatib, “Navoiy” xabida mintaqaviy pochta-aloqa vositalari tuzilmasini tashkil etish kabi choralarni o‘z ichiga olgan “yo‘l xarita”sini ishlab chiqadi.
Shuningdek, bojxona organlari va samolyotda yuk tashuvchi tashkilotlar o‘rtasida elektron ma’lumot almashuvi tizimini yo‘lga qo‘yish, “Navoiy” logistika markazi faoliyatini tubdan takomillashtirish va boshqa masalalar yuzasidan tegishli vazirlik va idoralar rahbarlariga topshiriqlar berildiAynan ushbu savollar xarid logistikasining amaliy sohasidagi vazifalarini va qilinadigan ishlarini belgilaydi.
Xarid logistikasiga doir vazifalar va ishlarni ko‘rib chiqamiz.
Moddiy resurslarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash
Moddiy resurslarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash jarayonida qishloq xo‘jaligi korxonasi ichidagi, moddiy resurslar iste'molchilarini aniqlash zarur. Keyinchalik moddiy resurslarga bo‘lgan ehtiyoj hisoblanadi. Bunda mahsulot yetkazishning og‘irligi, o‘lchami, va boshqa parametrlariga, hamda servisiga talablar o‘rganiladi. Bundan keyin nomenklatura va (yoki) nomenklatura guruhlarining har bir pozitsiyasiga reja-grafiklar va maxsus ko‘rsatmalar ishlab chiqiladi.
Iste'mol qilinadigan moddiy resurslar uchun «ishlab chiqarish yoki xarid qilish» muammosi ko‘rib chiqilishi mumkin.
Xarid bozorini tekshirish.
Xarid bozorini tekshirish, yetkazib beruvchilar bozorining hatti-harakatlari tahlilidan boshlanadi. Bunda, bevosita bozorlar, o‘rnini bosadigan bozorlar va yangi bozorlar bo‘yicha barcha mumkin bo‘lgan yetkazib beruvchilarni aniqlash lozim. Keyinchalik, sotib olinayotgan moddiy resurslarning barcha mumkin bo‘lgan manbalarini boshlang‘ich baholash, hamda muayyan bozorga chiqish bilan bog‘liq tavakkalchiliklarni tahlil qilish lozim.
yetkazib beruvchilarni tanlash.
yetkazib beruvchilar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni to‘plashni, ularning ma'lumotlari bankini yaratishni, optimal yetkazib beruvchini izlashni, tanlangan yetkazib beruvchi bilan olib borilgan ish natijalarini baholashni o‘z ichiga oladi.
Xaridlarni amalga oshirish.
Ushbu funksiyani ro‘yobga chiqishi muzokaralar olib borishdan boshlanadi va shartnoma imzolanishi bilan yakunlanishi lozim. Shartnoma munosabatlari xo‘jalik aloqalarini shakllantiradi, ularning ratsionallashuvi esa logistikaning vazifasidir. Xaridlarni amalga oshirishni, xarid qilish uslubini tanlashni, yetkazish va pul to‘lash shartlarini ishlab chiqishni, hamda moddiy resurslarni tashishni tashkil etishni o‘z ichiga oladi. Bunda yetkazishlar grafigi tuziladi, ekspeditsiya ishlari amalga oshiriladi, va, lozim bo‘lsa, bojxona ishlari ham tashkil etilishi mumkin. Xaridlar, qabul qilish nazoratini tashkil etish bilan nihoyasiga yetadi.
yetkazib berishlarning nazorati.
yetkazib berishlarning nazoratini eng muhim vazifalaridan biri bu sifat nazoratidir, ya'ni sifatli va brak mahsulotlar sonini hisoblab borish. Shuningdek yetkazib berishlar nazoratiga yetkazishlar muddatini kuzatish (erta yoki kech yetkazishlarni soni), buyurtmani qabul qilinishi muddatlarini, tashish muddatlarini kuzatish, hamda moddiy resurslar zaxiralari holatining nazorati ham, kiradi.
Xaridlar byudjetini tayyorlash.
Xarid qilish faoliyatining muhim qismi bu iqtisodiy hisob-kitoblardir, chunki har bir ish bo‘yicha xarajatlar qancha bo‘lishini aniq bilish lozim. Bunda xarajatlarning quyidagi turlari aniqlanadi:
moddiy resurslarning asosiy turlari bo‘yicha buyurtmalarni bajarish xarajatlari;
tashish, ekspeditsiya va sug‘urta xarajatlari;
yukni qayta ishlash xarajatlari;
yetkazib berish shartnomasi shartlari bajarilishini nazoratiga bo‘lgan xarajatlar;
moddiy resurslarni qabul qilish va tekshirishga bo‘lgan xarajatlar;
potensial yetkazib beruvchilar xaqida ma'lumot izlashga bo‘lgan xarajatlar.
Iqtisodiy hisob-kitoblar qilish doirasidagi xarid logistikasi vazifalariga, moddiy resurslar tanqisligi tufayli yuzaga kelgan chegirmalarni ham kiritish lozim.
1. Xaridlarning ishlab chiqarish, sotish, omborga qo‘yish va tashish, hamda yetkazib beruvchilar bilan tizimli o‘zaro aloqasi.
Xarid logistikasining ushbu o‘ziga xos masalasi, yuqorida qayd etilganidek, xaridlarning ishlab chiqarish va sotish bilan tizimli o‘zaro aloqalarini tashkil etish vositasi orqali, hamda rejalashtirish, iqtisodiyot, texnika va texnologiya sohalarida yetkazib beruvchilar bilan aloqalar o‘rnatish orqali yechiladi.
Logistika konsepsiyasiga muvofiq, korxonani mehnat buyumlari bilan ta'minlash jarayonida moddiy oqimlarni boshqarishga tizimli yondashishni amalga oshirish bo‘yicha tadbirlar ham bo‘lishi lozim.
Xarid logistikasining oldingi paragrafdagi vazifalarini bajarishning, O‘zbekiston sharoitida murakkablashuviga yaqin o‘tmishimiz sabab. Ilgari korxonalar oldida bunday vazifalar umuman turmasdi, chunki resurslar qayta taqsimlanardi.
Ta'minotni tashkil etishning ikki variantini ko‘rib chiqaylik. Ular, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonani xom ashyo bilan ta'minlash jarayonida moddiy oqimlarni boshqarishga tizimli yondashish imkoniyatlari borasida bir-biridan prinsipial tarzda farqlanadilar.
Xarid qilingan mehnat buyumlarini omborga qo‘yish ishlari ham shu yerda bajariladi.
Ta'minot ishlari ham shu yerda bajariladi, ya'ni shartnomalar tuziladi, ularning bajarilishi nazorat qilinadi, sotib olingan mahsulotlarni yetkazish tashkil etiladi. Natijada ta'minot jarayonidagi moddiy oqimlarni boshqarish funksiyasi har xil bo‘limlar orasida taqsimlangan va uni samarali amalga oshirilishi qiyinlashgan vaziyatga duch kelamiz.
Bunday tuzilma, mehnat buyumlarini xarid qilish bosqichida moddiy oqimlarni logistik optimallashtirishga keng imkoniyatlar yaratadi.
Xarid logistikasida «ishlab chiqarish yoki xarid qilish» kabi masalaga ikki xil alternativ (muqobil) variantdan birini tanlash kiradi:
bevosita ishlab chiqaruvchidan tovar resurslarini sotib olib, mustaqil ravishda assortimentni shakllantirish;
yirik partiyalarni maydalashtirish, keng assortimentni shakllantirish va iste'molchilarga butun holda yetkazish bilan shug‘ullanadigan vositachilardan tovar resurslarini sotib oli
Bevosita ishlab chiqaruvchidan ko‘ra vositachidan sotib olish qulay bo‘lgan hollarning sabablarini ko‘rib chiqamiz.
Tovar resurslarini vositachidan xarid qilib, korxona, odatda, keng assortimentni kichik partiyalar bilan olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Natijada, zaxiralarga, omborlarga bo‘lgan ehtiyoj kamayadi, assortimentni ayrim turlarini ishlab chiqaruvchilar bilan ishlar hajmi ham kamayadi.?
Mahsulotning vositachidagi narxi, ishlab chiqaruvchinikidan past bo‘lishi mumkin. Faraz qilaylik, ishlab chiqaruvchi quyidagi narxlarda o‘z mahsulotini sotadi:
kichik hajmdagi xaridorlar uchun - 10 so‘m (bir birlik mahsulotga)
yirik hajmdagi xaridorlar uchun - 8 so‘m (bir birlik mahsulotga)
Vositachi, yirik partiyani 8 so‘mdan sotib oladi, va uni mayda xaridorlarga, ustiga 12% qo‘shib, 8so‘m 96 tiyindan sotadi. Vositachi bu ishni amalga oshirishi mumkin, chunki u aynan yirik partiyalarni maydalashtirish bilan shug‘ullanadi. Ishlab chiqaruvchiga esa bu ish qimmatga tushadi, va u 10 so‘mdan sotishga majbur.
Mahsulot ishlab chiqaruvchi, vositachidan ko‘ra uzoqroqda joylashgan bo‘lishi mumkin. Bu degani transport xarajatlari ham qo‘shilib, narx orasidagi farq yanada oshib ketadi.
2.2. Harakat kanalini loyihalashning mohiyati va maqsadlari
Yuqorida ta'kidlanganidek, logistikaning eng so‘nggi maqsadi firma mahsulotini samarali sotish hisoblanadi. Aynan tovarlarni sotish, iste'molchi talabi darajasini kengaytirish va oshirish firmaning ishlab chiqarish-sotish faoliyatini aniqlashi hamda uni iqtisodiy jihatdan oqlashi kerak. Shunday qilib, bozor holatini o‘rganish, talab va ob'ektiv mavjud iste'molni qondirishga intilish zamonaviy firma faoliyati asosiga yaxlit holda qo‘yilgan bo‘lishi lozim. Bu marketing vazifasi asosini tashkil etadi. Ta'kidlanganidek, logistika o‘z ichiga marketing tadqiqotlarni olgan holda ancha katta tushuncha hisoblanadi.
Marketing bozor va uning ahvolini, aynan mavjud talab va ehtimolli ehtiyojlarni, takliflarning borligini o‘rganish, raqobat xususiyati hamda darajasi bilan shuqullanadi. Logistika firmaning amaliy ishlab chiqarish-sotish faoliyatida marketing tadqiqotlarni jismoniy mavjud bo‘lgan ehtimolli talabarini qondirishga yo‘naltirilgan tarzda tashkil etib, uning natijalarini amalga oshiradi. Buni quyida batafsilroq ko‘rib chiqamiz.
Amerika Marketing assotsiatsiyasi ta'rifiga muvofiq: marketing g‘oyani rejalashtirish va tatbiq etish, ayrim shaxs hamda tashkilotlar maqsadlarini qondiruvchi ayriboshlash orqali g‘oya, tovarlar va xizmatlarning harakati va ularni amalga oshirish jarayonini ifoda etadi.
Shunday qilib, marketing bir martalik tadbir bilan cheklanib qolmasdan keng ko‘lamli faoliyatni ifoda etadi. Marketing reklama va tovar omborlaridagi mahsulotni sotishni tezlashtirish bo‘yicha an'anaviy tadbirlarni istisno qilmaydi. Marketing iste'molchilarning mavjud talablariga va uning bozor ahvolining o‘zgarishiga moslashtirishga mo‘ljallangan mahsulotni ishlab chiqarishni nazarda tutadi.
Marketing tamoyillari asosida boshqarish uchun rahbar yoki rahbariyat organ yuqorida zikr etilganidek, bozor konyukturasi to‘g‘risidagi to‘liq axborotga ega bo‘lishi kerak. Ushbu axborot - birlamchi yoki ikkilamchi, marketingdan qat'i nazar firma ichida yoxud tashqarisida bor bo‘lishi, shuningdek, marketing tadqiqotlar natijasida maqsadga muvofiq tarzda shakllanishi mumkin.
Axborotning birlamchi turiga quyidagilar kiradi:
ichki axborot, masalan, arizalar, buyurtmalar, bitimlar, shartnomalar, ombor naqdligi, tannarx, narxlar, mavjud katologlar va preyskurantlar bo‘yicha ma'lumotlar va boshqalar;
joriy tashqi axborot, masalan, bozor muhitidagi yo‘nalishlar, xo‘jalik va moliyaviy aloqalar, konyutura o‘zgarishlari va boshqalar to‘qrisidagi tezkor ma'lumotlar.
Yo‘naltirilgan marketing tadqiqotlar natijasida yangi tovarlar, ularni taqsimlash mumkin bo‘lgan kanallar, narxlar darajasi, baho belgilash, mijozlar bilan ishlashga taaluqli holat, sotishdan keyingi talab etiladigan servis xizmati darajasi, reklama samaradorligi, darajasi va hokazolar aniqlanadi.
Logistika marketing tomonidan barcha parametrlar bo‘yicha mos ravishda aniqlangan talab va uning o‘zgarish yo‘nalishlariga hozirjavoblikni amalga oshiradi. Bunday bir xil hozirjavoblik uchun ingliz tilidagi adabiyotda “tezda javob berish texnologiyasi” atamasi mavjud. Logistika umumiy ilmiy-amaliy ynalish bo‘lib, firmaning yagona tashkiliy-texnologik faoliyati bosqichini qamrab oladi.
Shuningdek, marketing haqiqatdan mavjud bo‘lgan ehtimolli talabni tahlil qiladi va qaerda, qachon, qancha miqdorda, qanday sifatda qanaqa mahsulot talab etilishi to‘qrisidagi axborotni shakllantiradi. Logistika aniqlangan ehtiyojni eng kam harajatlar va katta iqtisodiy samaradorlik bilan qondirish masalasini hal etadi. Iste'molchi tomonidan aniqlangan talabni qondiradigan tovarni haqiqatdan olganligi va eng kam harajatlar bilan transport-ekspeditsiya ishlarini bajarishda ushbu ishni samarali tashkil etish bilan bog‘liq masalalar doirasi logistikaning taqsimlash logistikasi, deb ataladigan funksional sohasi vakolatiga kiradi.
Marketingni logistik boshqaruvning umumiy chizmasiga kiritish firma oldida tovarlarning bozorda muvaffaqiyatli harakatlanishi, mijozlar doirasini kengaytirish va ularning darajasini oshirish, iqtisodiy jihatdan narx va texnik siyosatni o‘tkazish uchun kerak bo‘lgan vazifalarni ta'riflaydi.
Boshqaruv logistikasi buning uchun tadbirlarning ikkita guruhini taklif etadi:
firmaning ishlab chiqarish faoliyatini sotish jarayonini modellashtirish yo‘li bilan rejalashtirishni tekshirish;
sotishni tashkil etish va uning ko‘rsatkichlaridan ishlab chiqarish dasturlarini ishlab chiqish hamda to‘qirlashda foydalanish bo‘yicha tadbirlar rejasini ishlab chiqish va qabul qilish.
Taqsimlash logistikasining ahamiyati ayniqsa zamonaviy iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘nalishlari tahlili muomala va sotish sohasining roli yanada oshib borayotganini ko‘rsatayotgani munosabati bilan ortib bormoqda.
Bu tovar mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar, ayniqsa yirik ishlab chiqaruvchilar mustaqil ravishda ko‘proq sotib olib, kam ishlab chiqaradi degani. Masalan, qator mashinasozlik va metalni qayta ishlovchi firmalarda tadqiqot ishlarini o‘tkazgan Shveytsariyaning bank uyushmasi ma'lumotlari ko‘ra, boshqa korxonalardan sotib olish uchun ushbu firma aylanma mablag‘ining 40 foizi to‘g‘ri keladi. Bu ko‘rsatkich o‘sishi mumkin.
Shu bois ishlab chiarish-sotish faoliyatini zamonaviy tashkil etish uchun quyitdagi yo‘nalishlarda harakat qilish kerak:
sotishni, an'anaviy va yangi tovarlarni reklama qilishni raqbatlantirish, mijozlarga servis xizmati, shu jumladan sotishdan keyingi xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish va hajmini ko‘paytirish, turli lizing shartnomalar tuzish, diskontlash va chegirma tizimni rivojlantirish va hokazolar;
o‘z transport-taqsimlash faoliyati, mahsulotni iste'molchiga tegishli ravishda tashkil etilgan taqsimlash kanallari orqali haqiqatdan yetkazib berishni amalga oshirish;
firmaning sotish talablarini qondirishga texnologik jihatdan tayyorgarligini ta'minlash, texnologiyalar portfelini tashkil etish;
sotishning o‘zgarishiga bir xil javob beradigan integratsiyalashgan tadbirlar kompleksini o‘tkazish.
Ushbu tasnifni ko‘rib chiqishda bitta muhim holatni qayd etish lozim. Firmaning uning faoliyatini davom ettirish va rivojlanishining garovi hisoblangan o‘rab turgan iqtisodiy muhit bilan ko‘p qirrali aloqalarini rivojlantirish, kengaytirish va diversifatsiyalash sotish shartlari o‘zgarishiga tez va bir xil javob qaytirishni talab etadi. Buning uchun esa firma ma'lum texnologik imkoniyatlarga ega bo‘lishi kerak. Oddiy qilib aytganda, o‘zgarib borayotganda sharoitlarda nima ishlab chiqarish talab etilishini aniqlashning o‘zi yetarli emas, qulay fursatlarda ushbu mahsulotni ishlab chiqarishni amaliy tashkil etish imkoniyatiga ham ega bo‘lish lozim.
Ko‘plab yetarli darajada yirik va mashhur firmalarning beqaror moliyaviy ahvolining asosiy sabablari ularning texnologik bazasi sotishning o‘zgarishiga nisbatan faoliyatsizligidadir. Agarda marketing faoliyati texnologiya sohasida taraqqiyotni hisobga olmasa, uning natijalari adashish xususiyatga ega bo‘lishi mumkin. Texnologik bazaning marketing tadqiqotlar natijalari bilan moslashish muammosi ayniqsa murrakab mahsulot turlari va texnologik bazasining yuqori darajasi bilan ajralib turadigan firma mahsulotlarini samarali sotish uchun dolzarbdir. Firmaning texnologik imkoniyatlarini oshirishda asosiy jihat ko‘p ixtisosli texnologiyalar portfelini shakllantirish hisoblanadi.
Asosiy ko‘p ixtisosli texnologiyalarni tashkil etish jarayoni ularning raqobatbardoshligini bir qancha manfaatdor tashkilotlarning birgalikdagi say'- harakatlari bilan ta'minlash bosqichida NIR va OKRni o‘tkazishni nazarda tutadi. Ba'zida bu ish davlat ko‘magidan (hattoki asosida) foydalanilgan holda bajariladi. Texnologiyalar portfelini shakllantirish maqsadida yoki ularni selektiv qo‘llab- quvvatlashni tashkil etish uchun bunday texnologiyani tanlash uslubiyati ekspert baholash uslubiga asoslanadi.
Marketing samaradorligi firma strategiyasining sotuvlarning tushishi yoki ko‘tarilishi sharoitlarida mosligini baholashda ham ifoda etiladi.
Dostları ilə paylaş: |