1. madaniyatni falsafiy tushunish


SIVILIZATSIYA. MADANIYAT VA SIVILIZATSIYANING ALOQADORLIGI



Yüklə 79,97 Kb.
səhifə4/4
tarix26.11.2022
ölçüsü79,97 Kb.
#70596
1   2   3   4
Reja

4. SIVILIZATSIYA. MADANIYAT VA SIVILIZATSIYANING ALOQADORLIGI
«Tsivilizatsiya» tushunchasi turli falsafiy-gnoseologik kontseptsiyalarda turlicha yondashuvlar asosida talqin qilingan. Ushbu tushunchaning mazmunini batafsil o’rganish uchun falsafiy fikrlar taraqqiyotidagi qarashlarni tahlil qilib, o’rganish maqsadga muvofiq.
Tsivilizatsiya dastlab aqlga va adolatga asoslangan progress-ni yovvoyilikka qarama-qarshi qo’yuvchi tushuncha sifatida paydo bo’lgan. Ijtimoiy taraqqiyotning ilk bosqichlarida inson o’zi yashagan jamoa (urug’ yoki qabila) bilan chambarchas bog’liq bo’lib, o’zini ana shu jamoaning bir qismi deb hisoblardi. Ushbu jamoaning taraqqiyot etishi uning ham rivojlanishiga olib kelardi. Bunday sharoitda jamiyat ijtimoiy va madaniy aspektlari bir-biridan ayri qo’yilmasdi: ijtimoiy hayot ma‘lum madaniyatning ham hayotini anglatar, jamiyatda erishil-gan muvaffaqqiyatlar madaniyat yutuqlari hisoblanardi. љa-dimgi jamoaning ongi
kishilar moddiy faoliyatiga bog’liq bo’lgani kabi jamiyatning madaniy turmushi ijtimoiy hayotga singib ketgandi.
Ilk kishilik jamoasining o’ziga xos xususiyati uning tabiiy xarakterida edi. љabiladagi va qabilalararo munosabatlar kishilarning birgalikdagi va hamkorlikdagi hayoti va faoliyati jarayonida, hayot uchun kurash davomida shakllanardi. Ushbu munosabatlarning barham topishi, ularning o’rniga o’zga xarak-terdagi ijtimoiy munosabatlarning yuzaga kelishi jamiyat taraqqiyotiga tub burilish yasadi. Bunday burilish endilikda tsivilizatsiya shakllana boshlaganini anglatardi.
Jamiyat hayotining ushbu bosqichiga chuqurroq nazar tashla-sak, tsivilizatsiyaning siyosiy xususiyatlari yaqqol namoyon bo’la-di. Ular quyidagilardan iborat:
-mehnatning ijtimoiy taqsimoti;
-shaharning qishloqdan farqlanishi;
-aqliy mehnatning jismoniy mehnatdan farqlanishi;
-tovar-pul munosabatlari va tovar ishlab chiqarishning vujudga kelishi;
-davlatning shakllanishi;
-mulkni meros qilib olish huquqining e‘tirof etilishi;
-oila shaklida yuz bergan o’zgarishlar;
-ma‘naviy ishlab chiqarishning rivojlanishi;
Aynan ana shu xususiyatlar jamiyatning tsivilizatsiyalashgan-ligi darajasini anglatadi. Keyinchalik turli madaniyatlarning tan olinishi bilan barcha xalqlarning
o’ziga xos tsivlizatsiyasi mavjud degan «etnografik» kontseptsiya shakllangan. (T. Juffrua)
Hozirgi zamon falsafasida tsivilizatsiya mohiyatiga uch xil yondashuv mavjud. Ular quyidagilardan iborat:
Unitar yondashuv. Bu yondashuvda tsivilizatsiya insoniyatning yaxlit progressiv taraqqiyotining ideali sifatida tushuniladi. Shuni qayd etish lozimki, bu yondashuvning hozirgi bosqichi vakillari fikriga ko’ra, lokal tsivlizatsiyalarning o’zaro aloqa-dorlik bosqichida ekumenik tsivlizatsiya vujudga keladi. Umum- jahon tarixining realligi ularning fikricha, insoniyatning ma‘naviy yaxlitligi bilan shartlanadi. Karl Yaspers o’zining «Tarix ibtidosi va maqsadi» asarida insoniyat taraqqiyotini to’rt bosqichga bo’ladi: tarixgacha, buyuk tarixiy-qadimiy madaniyat- lar (lokal tarixlar), umumjahon tarixi boshlanishi va texnika davri (yaxlit jaxon tarixiga o’tilishi). Bu fikrlardan ko’rinib turibdiki, K. Yaspers tsivilizatsiyani insoniyat bosib o’tgan tarixiy madaniyat bilan bog’laydi.
Bosqichli yondashuv. Bu yondashuvda tsivilizatsiya u yoki bu aksiomatik mezonlar asosida talqin qilinadi. Bunday mezonlar asosida quyidagi tsivilizatsiya tiplari qayd etiladi: og’zaki tsivilizatsiya, yozma tsivilizatsiya, kitobiy tsiviliza- tsiya, kosmogen sivilizatsiya, texnogen tsivilizatsiya, antropogen tsivilizatsiya, an‘anaviy tsivilizatsiya, zamoniy tsivilizatsiya, evolyutsion va innovatsion tsivi- lizatsiya. Ko’p holatlarda bunday tasnifga texnogen yondashuv asos qilib olinadi. Texnogen yondashuv asosida agrar tsivilizatsiya, industrial tsivilizatsiya va postindustrial (informatsion) tsivilizatsiyalarga bo’linadi. (U. Rostou, D. Bell, E. Toffler)
Insoniyat bosib o’tgan tarixiy taraqqiyot yo’lini tsiviliza-tsiyaning yuqoridagi bosqichlari asosida talqin etishni amerikalik faylasuf, sotsiolog E. Toffler o’zining «Uchinchi to’lqin» asarida yaqqol e‘tirof etadi. Bu asarda insoniyat tsivilizatsiyasining dastlabki bosqichi dehqonchilik madaniyatining shakllanishi bilan bog’liq. Tsivilizatsiyaning bu bosqichida jismoniy mehnat aqliy
mehnatdan ustuvorlik qiladi, ijtimoiy munosabatlar shakllanish davri bilan, inso- niyatning mifologik va diniy dunyoqarashi shakllanishi bilan bog’liq. Tsiviliza- tsiyaning ikkinchi bosqichi industrial tsivilizatsiya deb atalib, ishlab chiqarish jarayonining o’zgarishi, fan – texnika yutuqlarining xalq xo’jaligida qo’llanishi bilan xarakterlanadi. Bu bosqichda kishilar faoliyati ilmiy dunyoqarashga asoslanadi.
Tsivilizatsiyaning uchinchi bosqichini O. Toffler informa-tsion tsiviliza- tsiya deb ataydi. Bu bosqichda fan va texnika taraq-qiyotining barcha bosqichlari inson hayotiga kirib keladi. Bu davr kompleks avtomatizatsiya davri sifatida xarakterlanadi.
  • Lokal – tarixiy yondashuv. Bunda tsivilizatsiya tushun-chasi o’ziga xos ijtimoiy–madaniy fenomen sifatida talqin qi-linadi (M. Danilevskiy, O. Shpengler, A.Toynbi).

  • Albatta, sivilizatsiyaning bunday ko’p variantlarda ta‘rif-lanishi bejiz emas. Ular tarixiy jarayonning turli tomonlarini ifodalaydi. Biroq ushbu variantlarning kamchiligi shundaki, ularning barchasi tarixiy jarayonning u yoki bu jihatini bo’rtirib ko’rsatadi.
    Falsafiy fikrlar taraqqiyotida tsivilizatsiya va madaniyat tushunchalarini aloqadorligini taxlil qiluvchi ko’plab nazariyalar yuzaga keldi. Masalan, O. Shpengler, N. Berdyaev tsivilizatsiya bilan madaniyatni bir-biriga qarama-qarshi tushuncha sifatida tahlil qilinadi. O. Shpenglerning fikriga ko’ra, «tsivilizatsiya – bu texnomexanik omillarning sistemasi bo’lib, har qanday mada-niyatning intihosidir». «Madaniyat bo’lsa o’zining ichki imko-niyatlarini ishlatib, inkor bo’lib tsivilizatsiyaga aylanadi», deb qaraydi.
    A.Toynbi esa O.Shpenglerdan farqli tarzda tsivilizatsiya bilan madaniyat- ning aloqadorligini inkor etmaydi.U tsiviliza-tsiyani aniq jamiyatning ijtimoiy madaniy shakli (qadimgi Misr, qadimgi Vavilon, qadimgi arab tsivilizatsiyalari) deb hisoblaydi.

Madaniyat bilan tsivilizatsiyaning aloqadorligi haqidagi mulohazani A.Veber qarashlarida ham ko’rish mumkin. Uning fikriga ko’ra, madaniyat bilan tsivilizatsiya biri-ikkinchisiga aloqador tushunchalardir, ya‘ni tsivilizatsiya kishilik jamiyatining aniq bosqichini ifodalasa, madaniyat tsivilizatsiyaning sifatiy tomonini ifodalaydi.
Yuqoridagi fikr va mulohazalardan quyidagi xulosalar chiqadi:
  • Tsivilizatsiya deganda inson tomonidan tabiatning mada-niylashtirilishi, o’zlashtirilishi, o’zgarish vositalari, mada-niyatning mavjud bo’lishini ta‘minlaydigan ijtimoiy munosa-batlar yig’indisi tushuniladi. Tsivilizatsiya tushunchasiga ana shunday ta‘rif berilganda, ijtimoiy taraqqiyotga tsiviliza-tsion yondashuv formatsion yondashuvdan mazmunliroq ekanligi ma‘lum bo’ladi. Chunki tsivilizatsiya umumsayyoraviy xarakterga ega bo’lsa, formatsiya lokal xarakter kasb etadi. Jamiyatdagi formatsion tafovutlar yaxlit tsivilizatsiya ichidagi tafovut-lardir. Boz ustiga, formatsiya jamiyatdagi iqtisodiy ko’rsat-kichlarning ustuvorligini e‘tirof etadi, tsivilizatsiya esa jamiyatni yaxlit reallik sifatida tadqiq etish imkonini berdi.
  • Masalaga bunday yondashish ko’pgina zamonaviy muammo-larning tabiatini aniqlash va bartaraf etish yo’llarini topish uchun zamin yaratadi. Xususan, bugungi kunda ko’plab umumbashariy muammolar yuzaga keldiki, ularni bartaraf qilish jamiyatga yaxlit reallik sifatida yondashishni talab etadi. Umumsayyoraviy jamiyatgina umumbashariy muammoni hal etishga qodir. Buning uchun esa jamiyat taraqqiyotiga tsivili-zatsion yondashuvga asoslanishimiz shart.
  • Tsivilizatsiya tushunchasiga turli ta‘rif berilishining asosiy sababi shundan iboratki, ushbu tushuncha jamiyat taraqqiyotining mehnat taqsimoti, ishlab chiqarish, ijtimoiy munosabatlar, siyosiy fenomenlar, ma‘naviy realliklar bilan bog’liq ko’plab xususiyatlarni ifodalaydi.
  • Jamiyat taraqqiyotining tsivilizatsion yondashuv pozitsiya-sidan talqin etilishi ijtimoiy progressni har tomonlama ifodalash, bugungi kundagi dolzarb muammolarning yechimlarini izlab topish imkonini beradi.
  • QADRIYATLAR. MILLIY VA UMUMINSONIY QADRIYATLAR MUSHTARAKLIGI

  • Qadriyatlar tushunchasi nihoyatda xilma-xil ma‘noda turli soxalarda qo’l- laniladi. Qadriyatlar to’grisidani fan bu aksio-logiyadir. Bu atama ilmiy bilimlar soxasiga o’tgan asrning ik-kinchi yarmida nemis aksiologii E.Gertman va frantsuz olimi P.Lapi tomonidan kiritilgan. Garbda bu atama grekcha «qadriyat» va «fan»,
    «ta‘limot» tushunchalariga asoslanadi. qadriyatni aksiologik nuqtai–nazardan
    talqin qilish, uning kategoriya sifatidagi mazmuni, ob‘ektiv asosi va sub‘ektiv jihatlari, namoyon bo’lish shakllari va xususiyatlarini o’rganishga imkon beradi.
    Qadriyat kategoriyasi buyum yoki narsalarning iqtisodiy qimmatini ifodalaydigan tushunchadan farq qiladi. qadriyatlar inson uchun biror ahamiyatga ega bo’lgan vokelikning shakllari, narsalar, voqealar, jarayonlar, holatlar, sifatlar, talab va tartiblar qadrini ifodalash uchun ishlatiladigan kategoriyadir.
    Ma‘naviy madaniyat yoxud «ma‘naviyat»ning маg’зиni (ядросиni) qad- riyatlar атшкил эатди. Qadriyat alloqanday hodisa, voqea yokinarsaning o’ziga xos xususiyati yokixossasi emas, balki uning mohiyati, o’z navbatida borlikning у yokibu ob‘ektining yashashi, mavjud bo’lib turishi uchun tom ma‘nodagi zaruriy shartidir. qadriyatlar inson bisotida turli - tuman ehtiyojlarning va his - tuyg’u- larning mavjudligidan dalolat beradi, atrofida sodir bo’layotgan voqealarni, hodisa- larni turlicha baholashlari uchun zamin yaratadi. Chunonchi birovlar uchun o’at qadrli, o’at muhim ahamiyatga ega bo’lgan, у yokibu hodisa, boshqa birovlar uchun qadrsiz, sariq chaqalik ahamiyatsiz bo’lishи mumkin. Xuddi шuning uchun ham qadriyatlarni oddiy qilib ijobiy yoki salbiy (ahamiyatsiz, ahamiyat kamroq, qadr-qimmat sezilmaydigan), absalyut va nisbiy, ob‘ektiv va sub‘ektiv qadriyat- larga bo’lish mumkin. Mazmuniga qarab mantiqiy, etik, estetik va narsalar qad-

riyatlariga bo’lish mumkin. Shuningdek, qadriyatlarni haqi-qatni, ezgulikni, go’- zallikni ulug’lovchi qadriyatlarga ajratiш mumkin.
Qadriyatlar jamiyat ijtimoiy - iqtisodiy, madaniy -ma‘naviy rataqqiyotining mahsulidir. Shuning uchun ham qadriyatlarda zamonning ruhi, imkoniyatlari, o’sha zamonda yashagan odamlarning orzu - umidlari, isatklari, atlab va ehtiyojlari o’z ifodasini topadi. Zamonlar o’tishi bilan qadriyatlarning mazmuni va ma‘nosi o’zgarib boradi. Xuddi shuning uchun ham qadriyatlarning atrbiyaviy ahamiyatga baho berganda konkret atrixiy shart - sharoitlarni doimo nazarda tutmoq zarur.
Qadriyatlar insonning orzulari - istаklari, niyatlari -umidlari, bir so’z bilan aytganda ideal sifatida namoyon bo’ladi. Xuddi shuning uchun ham buyuk nemis faylasuflari V.Vindelьband, G.Rikkert at‘kidlaganidek, qadriyatlar hech qachon ob‘ektga ham, sub‘ektga ham bog’liq bo’lmagan musatqil olamni vujudga kel- tiradi. Bu olam makon va zamon qonunlaridan ustun turadi. Shuningdek, inso- niyatning buyuk ma‘naviy xazinasi bo’lgan qadriyatlar hech qachon o’zgarmaydi, balki M.SHeler, N.Gartman aytganidek, insonning qadriyatlar haqidagi atsav- vurlari o’zgaradi. Butun olam qadriyatlar bilan to’lib - toshgan bo’ladi va borliqqa hamisha yangi ma‘no ato eatdi. Shuning uchun ham, butun voqelik qadriyatlarning
«o’ziga xos namoyishi»dan iboratdir.
Hozirgi zamon Qadriyatshunos olimlarining fikriga ko’ra, qadriyatlarning ham o’ziga xos qonunlari bor. Bu qonunlar inson irodasiga bo’y so’nmaydi. qadriyatlar ob‘ektiv olamning sub‘ektiv in‘ikosi bo’lgani uchun, kishilarning amaliy faoliyatiga o’z at‘sirini o’tkazadi. Hatto odamlar turmush atrzini o’zgartiradi. Xuddi shuning uchun ham, kishilar o’zlarining turmush atrzlarini insoniyat yaratgan qadriyatlar atlablariga qarab o’zgartirib boradilar.
Sharq muatfakkirlari Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino qadriyatlar haqida fikr - mulohaza yuritganlarida, eng avvalo, insonning ma‘naviy - ahloqiy fazilatlari, xislat-lari, xosiyatlarini, insonning ruhiy - ma‘naviy kamoloti uchun yordam beradigan buyuk xazinasini tushunganlar. Musulmon Sharqi mamlakat-
larida keng atrqalgan diniy-falsafiy at‘limot - atsavvuf namoyondalari ham, qadriyatlar deganda insonning qadr - qimmati, uning ruhiy - ma‘naviy yetukligiga qarab belgilanmog’i lozimligini qayat - qayat atkrorladilar. Xususan, atsavvufning eng yirik oqimlaridan biri Kubraviyada at‘kidlanishicha, insonning ruhiy - ma‘naviy yetukligini ifodalovchiasosiy mezonlar: atvba, zuhd, atvakkul, qanoat, uzlat, atvajjuh, sabr, muroqaba, zikr, rizo hisoblansa, atsavvufning boshqa bir oqimi - Naqshbandiyada qayd etilishicha, insonning ruhiy - ma‘naviy kamolatini ifodalovchimezonlar: Xush dar dam, nazar bir qadam, safar dar vaatn, xilvat dar anjuman, yodkard, bozgasht, nigohdosht, vuqufi adadiy, vuqufi zamoniy, vuqufi qalbiy hisoblanadi. Atsavvuf falsafasining buyuk na-moyondalari Najmiddin Kubro, Ahmad Яssaviy, Abduholiq g’ij-duvoniy, Aziziddin Nasafiy, Bohouddin Naqshbandiy, Hoja Ahror Valiy kabilar inson ma‘naviy qadriyatlarining asosida poklik, hayo, sabr - bardosh, qanoat, chidam, beozorlik, hokisorlik kabi insoniy xislatlarni qo’yishgan. Yuqoridagi fikr-mulo-hazalardan ko’rinib turibdiki, qadri-yatlar ichida eng ulug’i, eng a‘losi insondir. Xuddi shuning uchun ham insonning ongi va faoliyatiga bog’liq bo’lmagan, undan atshqarida turgan bironat Qadriyat bo’lishi mumkin emas. Shunday ekan, qadriyatlar o’z mohiyati, mazmuniga qarab inson aql – zakovatini, axloq-odo-bini, mehnatga halol, vijdonan munosabatini, go’zal did va jismoniy kamolotni ulug’lovchi, turlarga bo’linmog’i darkor.
Qadriyatlarni jamiyat, millat hayotidagio’rni, ijtimoiy xarakteriga qarab milliy va umuminsoniy, sinfiy yokidiniy, shuningdek kishilarning yoshi, pro- fessional xususiyatlariga xos qadriyatlarga bo’lish mumkin.
Insonning qadr - qimmati, sha‘ni, or - nomusi, milliy g’ururi - milliy qadriyatlar bilan bevosiat bog’liq. Milliy qadriyatlar, har bir millatning o’ziga xos xususiyatlari, xossalari, belgilari, alomatlarini ifodalovchifalsafiy tushunchabo’lib, o’sha millat bosib o’tgan ijtimoiy rataqqiyot jarayonida shakl-langan milliy madaniy meros xazinasiga qo’shgan hissasini, ulushini ifodalaydi. Xuddi shu mil- liy o’ziga xoslik, o’ziga moslik, millat madaniyatida, adabiyotida, san‘atida, tilida,
dinida, atrixiy xotirasida, yashash ishlash va fikrlash atrzida, urf-odatlarida, rasm - rusumlarida, bayramu - sayillarida o’z ifodasini topadi. Milliy qadriyatlar milliy ma‘naviy madaniyat ifodasi bo’lib, har bir millatning insoniylik xazinasiga qo’shgan munosib hissasining hosilasidir.
Milliy qadriyatlarning negizini urf - odatlar, rasm -rusumlar, bayramu- sayillar atshkil eatdi. o’zbek milliy qadri-yatlari mazmunida insonparvarlik g’oy- alari yoatdi. Uzoq atrix davomida o’zbeklarning o’zaro munosabatlarida, kundalik turmush atrzida o’zaro hamkorlik va hamdardlik, vafodorlik va o’zaro hurmat, biri
- biriga suyanish va yaxshi qo’shnichilik, bolajonlik va oat - onaga hurmat, mehr - oqibat va sadoqat har tomonlama e‘zozlanib kelinadi. Milliy qadriyatlar o’sha mil- latga mansub har bir kishi tomonidan yaratilgan, insoniylik, odamiylikka xos fazi- latlar, xislatlar, xosiyatlarni milliy - madaniy meros xazinasiga qo’shgan hissasini ifodalovchi buyuk ko’rsatkichdir.
Milliy qadriyatlar, shubhasiz, millatning ravnaqi yokiinqirozi bilan bevosiat bog’liq bo’ladi. Boshqacha aytganimizda milliy qadriyatlar millatning o’tmishi va buguni bilan bog’liq. Shuning uchun ham, «milliy qadriyatlar millat rivojlanishi bilan rivojlanadi, inqirozga uchrashi bilan qadrsizlanadi. Shuning uchun ham, millat - o’zining qadriyatlarini vujudga keltirib, ularning yangi - yangi qirralarini va jihatlarini sayqallashtirib, rataqqiyot jarayonida atkomillashtirib turi-shi ma‘nosida o’z qadriyatlarining haqiqiy egasi, makon va zamondagi ilgarilanma harakatdan iborat o’zgarishlar jarayonida ularni o’tmishdan kelajakka atmon yetkazib boradigan eng asosiy ob‘ektdir» .
Milliy qadriyatlarni tiklash - ularga hozirgi zamon цivilizaцiyasi atlablariga mos yangi mazmun ato etish demakdir. Xuddi shuning uchun ham, O’zbekiston davlat musatqilligiga erishishi bilan mamlakatimizga hozirgi zamon цivilizaцiyasi atlablariga javob beruvchi umuminsoniy demokratik Qadriyatlar xalqimiz turmush atrziga kirib kela boshladi. Inson haq - huquqlariga rioya qilish, atdbirkorlik erkinligi, matbuot erkinligi, ana shular jumlasidan edi. «Ushbu demokratik qad- riyatlar jamiyatimiz uchun muhim ahamiyatga egaligi haqida gapirar ekanmiz, bu
qadriyatlar atrixiy jihatdan ham, etnik - madaniy jihatdan ham xalqimizning o’ziga xos xususiyatlariga zid emasligini qayat-qayat at‘kidlashni isatrdik».
Umuminsoniy demokratik qadriyatlarning eng muhimi - inson haq – hu- quqlari va erkinliklarini har tomonlama himoya qilishdir. Insoniyat atrixida Buyuk franцuz revolyuцiyasi (1789) qabul qilgan «Inson va grajdanlar huquqlari dekloratцiyasi», 1948 yilning 10 dekabrida BMT Bosh Assambeliyasi atsdiqlagan
«Inson huquqlarining eng umumiy dekloratцiyasi» - inson haq - huquqlari va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan atrixiy hujjatlar edi. O’zbekiston davlat musatqilligiga erishishi bilan musatbid tuzum sharoitida oyoq osti qilingan inson haq - huquqlari va erkinliklarini tiklash, uni himoya qilishga kirishdi. Insonning asosiy xuquqlari va erkinliklari O’zbekiston Respublikasi Asosiy qonuni – Kons- tituцiyaning umumiy qoidalari va olti bobdan iborat ikkinchi bo’limida xuquqiy jihatdan musathkamlandi. Shuningdek, demokratiya, barqarorlik, oshkoralik, tinchlik, hamkorlik kabi Umuminsoniy qadlriyatlarning rivoj topishi uchun ham imkon yaratildi.
Milliy va umuminsoniy qadriyatlarning uyg’unlashib borayotganligini, musatqillik yillarida O’zbekistonda vujudga kelgan - fuqarolarni tinch, totuv yashashga, barqarorlikka intilishida ham yaqqol ko’rish mumkin. Endilikda tinchlik, millatlararo totuvlik, barqarorlik O’zbekistonda yashovchi barcha xalq-larni, millatlarni, elatlarning buyuk ijtimoiy-siyosiy Qadriyatiga aylanmoqda. Ja-hon цivilizaцiyasining atlablariga mos tushuvchi bunday qadriyatlarni shakllani-shida va rivojlanishida, kishilar turmush atrzida musathkam o’rnashib olishida mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bir qator xayrli tad-birlar turtki bermoqda.
Yuqoridagi fikrlarimizdan quyidagi xulosalar kelib chiqadi:
Qadriyat alloqanday hodisa, voqea yoki narsaning o’ziga xos xususiyati yoki xossasi emas, balki uning mohiyati, o’z navbatida borlikning u yoki bu ob‘ektining yashashi, mavjud bo’lib turishi uchun tom ma‘nodagi zaruriy shartidir.
  • qadriyatlarni jamiyat, millat hayotidagi o’rni, ijtimoiy xarakteriga qarab milliy va umuminsoniy, sinfiy yoki diniy, shuningdek kishilarning yoshi, pro- fessional xususiyatlariga xos qadriyatlarga bo’lish mumkin.
  • Milliy qadriyatlar, har bir millatning o’ziga xos xususiyatlari, xossalari, belgilari, alomatlarini ifodalovchi falsafiy tushunchabo’lib, o’sha millat bosib o’tgan ijtimoiy rataqqiyot jarayonida shakllangan milliy madaniy meros xazinasiga qo’shgan hissasini, ulushini ifodalaydi. Umuminsoniy qadriyatlar esa barcha millat vakillariga xos bo’lgan qadriyatlarni ifodalaydi.

Adabiyotlar:
1.Falsafa. Q. Nazarov tahriri ostida. Toshkent, 2005,
221-228-betlar.
  • Filosofiya. Pod red. V. P. Koxanovskogo. Rostov-na-Donu, 1999, s. 419-465.
  • Falsafa. E. Yusupov tahriri ostida. Toshkent, 1999, 401-412-betlar.
  • Osnovo’ filosofii. Pod red. M. Axmedovoy i V.Xana. Tashkent,1998, s. 281-288. 5.Rahimov I. Falsafa. Qisqacha konspekt. Toshkent, 1998, 113-115-betlar.

  • 6.Spirkin A. G. Filosofiya. Moskva, 1998, s. 414-453, 473-477.

Yüklə 79,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin