1. Makroiqtisodiyot fanining predmeti, uslubi va vazifalari Ehtiyojlar va resurslar. Iqtisodning asosiy masalalari


chizma. “Resurslar-tovarlar va xizmatlar” hamda “daromadlar – xarajatlar”ning davlat aralashuvi mavjud iqtisodiyotdagi doiraviy aylanishi modeli



Yüklə 64,24 Kb.
səhifə6/7
tarix07.01.2024
ölçüsü64,24 Kb.
#207579
1   2   3   4   5   6   7
Makroiqtisodiyot faniga kirish

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Xulosa

chizma. “Resurslar-tovarlar va xizmatlar” hamda “daromadlar – xarajatlar”ning davlat aralashuvi mavjud iqtisodiyotdagi doiraviy aylanishi modeli


Bunda:
1-Yer, mehnat, kapital. 9-Iste’mol xarajatlari.
2-Resurslar. 10-Sotishdan tushgan daromad.
3-Tovar va xizmatlar. 11-Resurs xarajatlari.
4-Tovar va xizmatlar. 12-Soliqlar.
5-Resurslar. 13-Soliqlar.
6-Tovar va xizmatlar 14-Xarajatlar.
7-Transfertlar. 15-Xarajatlar.
8-Pul daromadlar (ish haqi, 16-Subsidiyalar.
renta, foiz, foyda)
Bunday iqtisodiyotda resurslar - tovarlar va xizmatlar, daromadlar- xarajatlarning uzluksiz harakati ham bozor mexanizmlari orqali, ham davlat aralashuvi bilan ta’minlanadi. Bunda hukumat ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarning harakatini bevosita boshqarmaydi, balki resurslar va tovarlar bozorlarida qatnashish orqali ularning iqtisodiy faoliyatiga qulay sharoitlar yaratadi. Davlat korxonalar va uy xo’jaliklarini soliqqa tortish bilan birga korxonalarga subsidiyalar berish, aholiga transfert to’lash orqali ularning ishlab chiqarish imkoniyatlari va xaridga qodir talablariga ta’sir etadi. Ayni paytda davlat resurslar bozoridan hamda tovarlar va xizmatlar bozorida sotib oluvchi sifatida ishtirok etadi. Davlat o’z ishtiroki bilan firmalarning ishlab chiqarish hajmlari va uy xo’jaliklarining tovarlar va xizmatlar xarid qilish miqdolari to’g’risidagi qarorlari o’zaro mos kelmagan hollarda ro’y beradigan iqtisodiy tebranishlarni tartibga solib turadi. Ochiq iqtisodiyot sharoitida doiraviy oqimlar modeli yanada murakkablashadi. Endi unda to’rtinchi makroiqtisodiy sub’ekt- tashqi dunyo ham paydo bo’ladi. Chet el investitsiyalarinig kiritilishi va xorijga investitsiya qilish, eksport va import operatsiyalari shu jumladan moliyaviy bozor orqali jamg’armalarning investitsiyalarga oqib o’tishi va moliyaviy mablag’larning qayta taqsimlanishini e’tiborga olsak ko’rib o’tilgan model mukammal emasligiga iqror bo’lamiz. Ammo shu ko’rinishda ham bu model makroiqtisodiy jarayonlarni yaxlit holda tasavvur qilishga imkon beradi. Doiraviy oqimlar modelidan chiqariladigan xulosa shuki, davlat, firmalar, uy xo’jaliklari va tashqi dunyoning yalpi xarajatlari yalpi ishlab chiqarish hajmiga teng bo’lishi resurslar, tovarlar va xizmatlar oqimlari (ya’ni real oqim) bilan daromadlar va xarajatlar oqimlari ( ya’ni pul oqimlari) o’zaro teng bo’lishining asosiy shartidir Yalpi xarajatlar hajmining oshishi ishlab chiqarish hajmlari va ish bilan bandlilik darajasining o’sishiga olib keladi . Bu esa o’z navbatida yalpi daromadlarning oshishiga sabab bo’ladi. Kattaroq hajmdagi yalpi daromadlar unga mos hajmdagi yalpi xarajatlarni belgilab beradi. Sabab oqibat bog’lanishlari o’rin almashishi tufayli doiraviy oqimlar modeli doiraviy aylanish ko’rinishini oladi. Iqtisodiyot barqaror rivojlanib borishi uchun yalpi xarajatlar to’xtovsiz o’sib borishi shart.

Xulosa


Bozor tizimida noyob ne’matlar muammosi quyidagi ikkita tamoyillar asosida echiladi:

  • optimallashtirish tamoyili - har bir faoliyatdan va resurslardan foydalanishdan maksimal foyda olish;

  • alternativ xarajatlar tamoyili - noyob resurslardan foydalanish yo’nalishlarining barchasidan olinadigan foyda va xarajatlarni solishtirish orqali.

Iqtisodiy sub’ektlar ratsional harakat qilish tamoyiliga ko’ra o’z maqsadlariga erishishi uchun xo’jalik faoliyatida faol qatnashadilar, buning asosiy mohiyati shundan iboratki, iqtisodiy sub’ektlar berilgan resurslardan foydalanishdan olinadigan natijalarni maksimallashtiradi yoki ma’lum natijalarni olish uchun xarajatlarni kamaytiradi.
Jamiyatda vujudga keladigan yana bir muammo - bu iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilar faoliyatini muvofiqlashtirishdir:

  1. ishlab chiqaruvchilar faoliyatini (kim qaysi mahsulotdan qancha ishlab chiqaradi) muvofiqlashtirish;

  2. iste’molchilar faoliyatini (kim, qaysi mahsulotdan, qancha iste’mol qiladi) muvofiqlashtirish;

  3. ishlab chiqarish va iste’mol qilish bo’yicha qabul qilingan qarorlarni muvofiqlashtirish.

Modeldan foydalanishning afzalligi shundan iboratki, u muammoning ikkinchi darajali tomonlarini e’tiborga olmaydi. Modelda ikki turdagi o’zgaruvchilar ishlatiladi: ekzogen va endogen. Ekzogen o’zgaruvchilar tashqi o’zgaruvchilar bo’lib, ular oldindan beriladi va modelga kiritiladi. Endogen o’zgaruvchilar model ichida, hisob-kitoblar asosida shakllanadi. Tovarlar aylanmasida iqtisodiyot ikki sektorga bo’linadi: uy xo’jaliklari va firmalar. Uy xo’jaliklari o’z resurslarini (ishchi kuchi, kapital va erni) firmalarga sotib daromad oladilar va bu daromadlarini firmalardan tovarlar va xizmatlar olishga ishlatadilar. Firmalar o’zlarining tovar va xizmatlarini sotib undan tushgan daromadni uy xo’jaliklaridan resurslarni sotib olishga ishlatadilar.

Yüklə 64,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin