1. Marketing konsepsiyasi tushunchasi va uning turlari



Yüklə 16,35 Kb.
səhifə3/6
tarix14.10.2023
ölçüsü16,35 Kb.
#155557
1   2   3   4   5   6
1. Marketing konsepsiyasi tushunchasi va uning turlari-fayllar.org

Javoblar:
1.Tovarni mukammallashtirish kontseptsiyasi Bu ham sotuvchilar tomonidan qo’llaniladigan asosiy usullardan biri. Tovarni mukammallashtirish kontseptsiyasida shunday deyiladi: iste’molchilar sifati yuqori va eng yaxshi ishlatilish xususiyatiga ega bo’lgan tovarni sotib olishni xohlaydi. Demak, korxona doimo tovarni mukammallashtirish ga e’tibor berishi kerak. Masalan, ko‘pgina ishlab chiqaruvchilar agar ular sichqon tutuvchi asbobni mukammallashtirishga erishishsa, ularning yo‘li doim ochiq bo‘lishiga ishonishadi. Ammo ularni oldinda shafqatsiz zarba kutmoqda. Chunki xaridor sichqonni tutishni xohlaydi, ammo o‘sha asbobdan foydalanish unga yoqmasligi mumkin. Bu muammoning echimi ximiyaviy dori va boshqa usullar bo‘lishi mumkin. Undan tashqari agar ishlab chiqaruvchi bu tovarning dizayni, o‘rab-joylanishiga, bahosiga, tovar harakatini qulay taqsimlash va odamlarni shu tovar ularga kerakligini ishontira olish masalalariga e’tibor bermasa, bu tovar bozorda o‘tmay qoladi. Tijorat harakatlarini intensifikatsiya qilish kontseptsiyasi Bu usulni ko‘pgina ishlab chiqaruvchilar qo‘llaydi. Tijorat harakatlarini intensifikatsiya qilish kontseptsiyasini quyidagicha ta’riflanadi: agar korxona sotish va rag‘batlantirish sohasida yaxshi harakat qilmasa, iste’molchilar uning tovarlarini etarli miqdorda sotib olmaydilar. Asosan, bu konsepsiyani past talabga moyil tovarlarga ishlatiladi. Bu tovarlarni xaridor sotib olishni o‘ylamaydi. Masalan, sug‘urta, ensiklopedik lug‘at, go‘r uchastkasi va hokazo. Bu sohalarda faoliyatlar mukammallikka yetkazilgan bo‘lib, turli xil yo‘llar bilan potensial xaridorlarni topish va tovarni «qattiq sotuvi» amalga oshiriladi. Misol keltiramiz: mijoz yoki xaridor demonstratsiya zaliga kirishi bilan sotuvchi «ruhiy qayta ishlash»ni boshlaydi. Xaridorga biron bir model yoqsa, unga bu modelni boshqa bir odam sotib olmoqchi ekanligi va shuning uchun tez bir qarorga kelish kerakligini aytadi. Xaridorga tovarning narxi yoqmasa, sotuvchi boshqaruvchi bilan gaplashib, arzonlashtirishga urinib ko‘rishini taklif qiladi. 10 daqiqadan so‘ng sotuvchi qaytib kelib, bu fikr bahosi boshqaruvchiga yoqmagani, ammo u rozi bo‘lganini aytadi. Bu ishlarning maqsadi - xaridorni joyida sotib olishga majbur qilishdan iborat. Bu konsepsiyani tijoratdan tashqari faoliyatida, ya’ni notijorat faoliyatlarida ham qo‘llaniladi.

Yüklə 16,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin