1. marketing va uni rivojlanishining asosiy bosqichlari ulgurji savdo



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/206
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#177407
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   206
M.A.

bosqichlari 
1. G‘oyalarni shakllantirish. Yangi turdagi 
tovarlarni ishlab chiqarish avvalo, yangilik uchun g‘oyalarni izlab topishdan boshlanadi. Izlanishlar 
tizimli, muntazam firma yo‘nalishiga mos ravishda olib borilishi shart. Bundan tashqari izlanishlar 
olib borilishi kerak. Firma o‘nlab ajoyib g‘oyalarni topishi mumkin, ularning ko‘pchiligi firma 
faoliyatiga mos kelmasligi tufayli qog‘ozlarda qolib ketadi. Firma rahbariyati yangi turdagi tovar 
ishlab chiqarishninig aniq strategiyasiga ega bo‘lishlari lozim. Rahbariyat yangi turdagi tovar ishlab 
chiqarishdan maqsadi nima ekanligini aniq ifodalab berishi kerak. Yangi tovar pul tushumlarini 
oshirish yoki bozorda katta mavqega ega bo‘lish uchun va yana boshqa maqsadlarda yaratilgan 
bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari rahbariyat mavjud tovarlarni takomillashtirish orqali yangi tovar 
yaratish yoki original tovar ishlab chiqarish borasida firma imkoniyatlarini taqsimlay bilishi kerak. 
Yangi mahsulotning bozordagi taqdiri iste’molchining bu mahsulotni qabul qilishga tayyor va 
tayyor emasligiga ham bog‘liq. 
Yangi mahsulotni qabul qilish – mushohada qilish jarayoni bo‘lib, bu jarayon yangi mahsulot 
to‘g‘risida birinchi axborotga ega bo‘lishdan boshlab, toki mahsulotning doimiy iste’molchisiga 
aylangungacha bo‘lgan jarayonni o‘z ichiga oladi. 
Iste’molchilar yangi mahsulotni sinab ko‘rishga tayyorlik darajasiga qarab ham bir-biridan keskin 
farq qiladi. Ba’zilari yangi mahsulotni tezda qabul qilishsa, ba’zilari esa sekinlik bilan qabul qiladi. 


Iste’molchilar yangilikni qanday qabul qilishga tayyor ekanligi darajasiga qarab ularni super 
novator, novator, oddiy iste’molchilar, konservator, super konservator guruhlariga ajratiladi. 
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, yangi tovarlarni ishlab chiqaruvchilar 
birinchi navbatda, supernovator va novatorlarning iqtisodiy, psixologik, demografik va boshqa 
tavsiflarini o‘rganishlari kerak. 
Iste’molchilar yangi turdagi tovar ishlab chiqarishdagi g‘oyalarni topishda ajoyib manba bo‘lib 
xizmat qiladi. Ularning talab va ehtiyojlarini o‘rganish maqsadida mijozlarni anketali so‘roq qilish, 
kelayotgan xat va shikoyatlarni o‘rganish orqali ham aniqlash mumkin. Yangilik bo‘lgan g‘oyalar 
manbayi, albatta olimlar mahsuloti, ularning fikr-mulohazalaridir. Olimlar mavjud tovarni 
mukammallashtirish, takommillashgan variantlarini ishlab chiqish yoki original tovarlarni ishlab 
chiqarish uchun zarur yangi materiallarni kashf etish imkoniyatiga, potensialiga egadirlar. Bundan 
tashqari raqobatchi firmaning xaridor e’tiborini jalb etgan tovarlari xususiyatlarini ham o‘rganish 
kerak. Yangi tovarlar yaratish borasida g‘oyalarni savdo xodimlari, firma dilerlaridan olish mumkin. 
Chunki ular xaridorlar bilan kunda muloqotda bo‘lib, ularning fikr-mulohazalari bilan yaxshi tanish 
bo‘ladilar. 
2. G‘oyalarni tanlash. Avvalgi bosqich, ya’ni g‘oyalarni shakllantirish bosqichida iloji boricha 
ko‘proq g‘oyalar jamlanadi. Keyingi g‘oyalarni tanlash bosqichida esa ularning miqdori 
kamaytiriladi. Bu maqsad yo‘lida birinchi qadam g‘oyalarni tanlashdir. Tanlovning maqsadi 
keraksiz g‘oyalarni iloji boricha oldindan aniqlab, ulardan voz kechishdir. Ko‘pgina firmalarda 
mutaxassislar yangi turdagi tovar g‘oyasini standart blankalarda bayon etib, yangi tovarlar bo‘yicha 
komissiyaga ko‘rib chiqish uchun topshirishlari kerak. Bunday hujjatda tovarning bayoni, shu tovar 
bozori, raqobatchilar haqida ma’lumot, bozorda aynan shu tovarga bo‘lgan ehtiyoj hajmining 
taxminiy hisobkitoblari, tovar narxi, shu tovarni yaratish uchun ketadigan vaqt va sarfxarajatlar, shu 
mahsulotni ishlab chiqarish hujjati va olinadigan foyda miqdori ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. G‘oya 
juda ajoyib bo‘lgan taqdirda ham uni amalga oshirish firma faoliyatiga mos kelishi, uning 
yo‘nalishi, maqsadi resurslariga xos bo‘lishi zarur, aks holda ushbu g‘oya firma uchun zararga 
aylanishi mumkin. Shuning uchun ham ko‘plab firmalar g‘oyalarni baholash va tanlashning maxsus 
tizimlarini ishlab chiqadilar. 

Tovar loyihasini yaratish va uni tekshirish. 

Marketing strategiyasini ishlab chiqish. 

Tovar ishlab chiqarish va sotish imkoniyatlarini tahlil etish. 
Firma rahbariyati tovar loyihasi va marketing strategiyasini ko‘rib chiqib, loyihaning qay darajada 
samaradorligini aniqlashi kerak. Buning uchun rejadagi sotish miqdori, ko‘riladigan foyda va 
zararning ko‘rsatkichlarini tahlil qilish lozim. Agar tahlilning natijalari qoniqarli bo‘lsa, tovarni 
loyihadan to‘g‘ridan to‘g‘ri real tovarga aylantirish jarayoni boshlanadi. 
3.Yangi tovar namunasini yaratish. Agar tovar loyihasi tahlil bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tsa, 
keyingi ilmiy tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlari (ITTKI) bosqichida u real tovarga aylanadi. 
Shu vaqtgacha tovar qog‘ozda, rasmlarda, maketlardagina edi. Bu bosqichda loyihadagi tovarni 
haqiqatdan ham amalga oshirish mumkinmi, yo‘qmi, uni ro‘yobga chiqarish texnik, kommersiya 
nuqtayi nazaridan maqsadga muvofiqmi, yo‘qmi, degan savolga javob olinadi. Bu jarayon «Ishlab 
chiqarishni texnik tayyorlash», deb ataladi va ilmiy-tadqiqot, konstruktorlik (buyumlarni 
loyihalashtirish) va texnologik bosqichlardan iborat bo‘ladi. O‘z navbatida, texnik tayyorlash 


buyumlarning hayotiylik davrini bir qismini o‘z ichiga oladi. Bular: buyumlarni ilmiy-texnik 
jihatdan tayyorlash, ularni ishlab chiqarish va foydalanish. 
4.
Ishlab chiqarishni konstruktorlik tayyorlash yangi mahsulot xillarini loyihalashtirish, 
o‘zlashtirish va ishlab chiqarilayotganlarini takomillashtirib borishdan iborat. U quyidagi 
bosqichlarda olib beriladi: 

Texnik topshirish. 

Texnik takliflar. 

Eskiz loyihasini tuzish. 

Texnik loyihani tuzish. 

Ishchi loyihani aniqlash. 
Yangi xildagi mahsulotlarni yaratish haqidagi batafsil bilimlarni «Ishlab chiqarishni tashkil etish va 
rejalashtirish» fan sohalaridan olish mumkin. Buning uchun maxsus adabiyotlarga murojaat qilish 
zarur. 
4.
Tadqiqotlar va izlanishlar (ITTKI) bo‘limida tovarni loyihalashtirish ishlari bir yoki bir 
necha tajriba namunalarini tayyorlash va texnik hujjatlarni buyurtmachiga topshirish bilan 
tugallanadi. Bu namunalar ushbu talablarga javob berishi kerak: 

Iste’molchilar reklamada e’lon qilingan barcha xususiyatlarni o‘zida mujassam etgan tovar sifatida 
qabul qilishlari kerak. 

U xavfsiz bo‘lib, mo‘tadil sharoitlarda ishonchli ishlashi kerak. 

Uning tannarxi rejalashtirilgan smetadan oshib ketmasligini ta’minlash lozim. 
Loyihadagi tovar namunasini yaratish uchun kunlar, haftalar, oylar, hatto yillar o‘tishi mumkin. 
Yaratilgan namuna barcha zarur xususiyatlarni o‘zida namoyon etishi kerak. Namunalar tayyor 
bo‘lgandan keyin ular sinaladi. Sinovlar laboratoriya, tabiiy sharoitlarda o‘tkaziladi. 
4.
Bozor sharoitida sinov. Tovar laboratoriya sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tsa, 
iste’molchilarning ijobiy fikrlarini olsa, firma uni bozor sharoitida sinash uchun kichik 
partiyada sotuvga chiqaradi. Bu bosqichda tovar va o‘tkazilayotgan marketing strategiyasi 
bozor sharoitlarida sinaladi, bunda xaridor va dilerlarning talablari, istaklari o‘rganiladi. Shu 
orqali bozorda ushbu tovarga bo‘lgan ehtiyoj hajmi aniqlanadi. Tovarning turiga qarab bozor 
sharoitidagi sinovlar ham turlicha bo‘ladi. 


5.
Tijorat maqsadida keng miqyosda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish. Bozor sharoitidagi 
sinovlar natijasida olingan ma’lumotlar firma rahbariyatiga shu turdagi tovarni ishlab 
chiqarish yoki chiqarmaslik to‘g‘risidagi qarorni qabul qilishga yordam beradi. Firma yangi 
turdagi tovar bilan bozorga qachon, qayerga chiqishi, tovarni kimga va qanday taklif etishi 
kerak, degan savollarga javob topishi kerak bo‘ladi. 
Firma har bir yangi turdagi tovar, har bir yangi bozor, hudud uchun alohida marketing rejasini 
tuzishi kerak. 
Turli tashkilot va muassasalar yangi turdagi tovar va xizmatlarni tashkil etish zaruriyatini borgan 
sari ko‘proq tushunmoqdalar. Hozirgi kunda mavjud tovarlarning umri qisqarmoqda, ularning 
o‘rnini yangi turdagi mahsulotlar bilan to‘ldirish ehtiyoji tug‘ilmoqda. 
Ammo yangi tovar muvaffaqiyatsizlikka uchrashi mumkin. Yangilik bilan bog‘liq tavakkalchilik 
xavfi bo‘lsa-da, shu barobarida katta foyda keltirishi ham mumkin. Yangiliklar yaratish borasida 
muvaffaqiyatga erishishning asosi: yangi tovarlar g‘oyasini shakllantirish, jiddiy tadqiqotlar 
o‘tkazish, yangi tovarni ro‘yobga chiqarish bosqichlarida to‘g‘ri qarorlar qabul qilish kabilarga 
bog‘liq. Yangi tovarni yaratish jarayonida firma o‘z maqsadiga muvofiq bo‘lmagan g‘oyalarni o‘z 
vaqtida tark etishi lozim. Hozirgi bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida raqobat borgan sari 
kuchayib bormoqda. Ushbu sharoitda, ya’ni raqobatchilarni yengish, foyda olish uchun doimo yangi 
turdagi tovarlar ishlab chiqish orqaligina iste’molchilarning talablarini qondirish mumkin. Shuning 
uchun ham marketingning eng muhim masalalaridan biri yangi turdagi tovar ishlab chiqish 
strategiyasi puxta o‘rganish, izchillik bilan amalga oshirishni taqozo etadi. 
8.Tovarlarni ishlab chiqarishdan bozorga olib chiqish. 
Moddiy ne’matlarni iste’mol qilish va xizmatlardan foydalanish aholi turmush darajasini ifodalovchi 
asosiy ko‘rsatkichlardan hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich aholining moddiy ne’matlar, to‘lovli va 
to‘lovsiz xizmatlar iste’molini o‘z ichiga oladi. Uni bilish va hisoblash aholining iste’mol fondi, 
ijtimoiy iste’mol fondlaridan to‘lovlar va imtiyozlar, pullik xizmat to‘lovlari va boshqa 
ko‘rsatkichlar o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlikni ta’minlaydi. Aholining iste’mol fondi ko‘rsatkichiga 
nisbatan ular aholi shaxsiy iste’molini qondirilishi haqida to‘liq ma’lumot beradi. 

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin