mumkinligini atroflicha o‘rganadilar. Korxona uchun tovarni yaratishning mazkur bosqichi – bu
faqat xarajat va kelajakda kutiladigan daromadlardir. Bu yerda marketingning vazifasi potensial
iste’molchilarga yangi g‘oya asosida yaratilajak tovar ular uchun qanday foyda keltirishini
tushuntirib berishdan iborat.
1.
Bozorga kirish bosqichi
. Bu bosqich tovarni tarqatish va uning bozorga kelib tushishi bilan
boshlanadi. Bu bosqichda sotishning astasekin o‘sishi kuzatilsada, tovarni tarqatish
xarajatlari ko‘pligi tufayli foyda hali hosil bo‘lmaydi. Bu yerda marketingning maqsadi aniq,
ya’ni yangi tovar uchun bozorni yaratishdan iborat (ayniqsa, agar bu mutlaq yangi tovar va
unga ehtiyoj hali bozorda namoyon bo‘lmasa). Bu bosqichda raqobatchilar deyarli yo‘q yoki
ular juda kam sonni tashkil etadi. Bu bosqichda deyarli shular novatorlar bo‘lganligi uchun
dastlab reklama aynan iste’molchilarga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak. Bu bosqichda
marketingning asosiy vazifasi birlamchi talabni tez shakllantirish va potensial xaridorlarni
haqiqiy xaridorlarga aylantirishdan iborat. Shuningdek, bu bosqichda sotishni
rag‘batlantirish, reklamani tashkil etish va tovarni taqsimlashning ishonchli kanallarini
shakllantirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: