1. marketing va uni rivojlanishining asosiy bosqichlari ulgurji savdo



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/206
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#177407
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   206
M.A.

Tovarning sifati: 
Texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar 
Tayyorlash texnologiyasi 
Ishonchlilik va uzoq vaqt davomida ishlatilishi 
Mo‘ljallangan maqsadga mos kelishi 
Tashishga va saqlashga yaroqliligi 
Ekologik xususiyatlari 
Ergonomik xususiyatlari 
Estetik xususiyatlari 
Xavfsizlik ko‘rsatkichlari 
9.3 -rasm. Tovarning sifati 


Bozor tizimi iste’molchilar xohishini korxonalar va resurs yetkazib beruvchilarga topshiradi va 
ulardan qoniqarli javob olishni kutadi. 
Oddiy bozorda tovar ishlab chiqaruvchi korxonaning bozor va butun xo‘jalik siyosati bo‘yicha 
taqdirini belgilaydi. Shu sababli ham tovarni yaratish, ishlab chiqarish, takomillashtirish, sotish, 
sotilgandan keyingi xizmat ko‘rsatish, reklama tadbirlarini ishlab chiqish shubhasiz, tovar ishlab 
chiqaruvchining butun faoliyatida markaziy o‘rinni egallaydi. Mana shu kompleks tadbirlar tovar 
siyosati, deb ataladi. Aynan shu sababli ishlab chiqaruvchida iste’molga qaratilgan sifatli tovar 
bo‘lmasa, unda hech narsa yo‘q! – bu marketingning qat’iy qoidasi hisoblanadi. 
9.4.-rasm.Tovar siyosati 
9.2. Tovarlarning “hayotiylik davri” va ularning asosiy bo‘ginlari 
Tovarning hayotiylik davri – tovarning bozorda paydo bo‘lgan davridan boshlab, to uning sotilmay 
qolishigacha bo‘lgan vaqt oralig‘idir. Tovarning hayotiylik davri konsepsiyasi har qanday tovar 
qanchalik darajada mukammal bo‘lmasin, bu tovar bozordan ertamikechmi undan ham 
mukammalroq tovar tomonidan siqib chiqarilishiga asoslanadi. Amaliy faoliyatda tovarning 
hayotiylik davri diapazoni ancha keng bo‘lib, u bir kunlik tovardan bozorda o‘z o‘rnini uzoq vaqt 
davomida saqlab qoluvchi tovargacha bo‘lishi mumkin. 
Tovarning hayotiylik davrini tariflashda 2 xil nuqtayi nazar mavjud: 


1.
Menejmentda – tovarni ishlab chiqarishdan to uning iste’moligacha bo‘lgan davr tushuniladi. 
Tasavvur (g‘oya-idea), dizayn (sinov), ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish. 
2.
Marketingda tovar o‘z xaridorini topa olishi mumkin bo‘lgan o‘zining ma’lum hayotiylik 
davri tushuniladi. 
Tovarning hayotilik davrini boshqarish tizimi
 –
korxonalar uchun hozirgi global bozorlardagi kuchli 
raqobat ichida tirik qolish uchun yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishga intilishga undaydi. Har bir 
korxona o‘z mijozlari va mol yetkazib beruvchi hamkorlariga oid ma’lumotlarni, ular bilan aloqa va 
munosabatlarni boshqara olishi kerak. Menejment – tovarning hayotiylik davrini boshqaradi, 
bozorga kirish vaqtini kamaytiradi, mahsulot sifatini oshiradi, boshlang‘ich mahsulot chiqarish 
tannarxini kamaytiradi, oldindan o‘z xaridorini topadi, mahsulot shaklini yaxshilashga yordam 
beradi, isrofgarchilikni kamaytiradi. 
Tovarning hayotiylik davri konsepsiyasi ilk bor amerikalik marketolog T.Levitt tomonidan 1965–
yilda tariflangan edi. Ushbu nazariyaning mohiyati shundan iboratki, tovar o‘ziga xos tirik organizm 
kabi hayotiylik davrini o‘taydi. Ma’lumki, tirik organizm rivojlanish, keyin tug‘ilish, so‘ngra 
yetuklik, qarilik bosqichlarini o‘tib, o‘z yashash davrini o‘lim bilan tugatadi. Shunga o‘xshash tovar 
hayotiylik davri jarayonida ishlab chiqarish, bozorga chiqish, o‘sish, yetuklik va chiqish kabi 
bosqichlarni o‘taydi.Tovarning tipik hayotiylik davrini 9.5 - rasmda ko‘rsatilgan egri chiziqlar bilan 
tasvirlash mumkin. 
Tovarning hayotiylik davri bosqichlari quyidagicha: 
1.Kirish. 2.O‘sish. 3.Voyaga yetish. 4.Pasayish. 

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin