bo‘lmay qoladi. Bunday tovar ham bozorda kasod bo‘ladi. Yana bir boshqa holatni faraz qilaylik,
g‘oya juda yaxshi o‘ylangan, tovar namunasi sinovlardan yaxshi o‘tgan, marketing hisoblari
bo‘yicha bu mahsulot foyda keltirishi kerak. Lekin natija firma o‘ylagandek bo‘lmaydi. Bunga sabab
ushbu yangi tovar reklamasi yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan, tovarning iste’molchi uchun qiziqarli
bo‘lgan xususiyatlari bo‘rttirib ko‘rsatilgan. Yangi tovarning reklamasi muvaffaqiyatsiz chiqishi,
bozorda kerakli xususiyatlari ko‘rsatila olinmagandan tashqari tovar narxining balandligi ham ushbu
tovarni xaridorgir qilmasligi mumkin. Bundan tashqari yangi turdagi tovarni ishlab chiqarishda
mo‘ljallangandan ortiqroq sarf-xarajat bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida, agar tovar bozorda talab
qilinmasa, ko‘riladigan zarar ham ortishini bildiradi. Ba’zan yangi turdagi tovar ishlab chiqarish
bosqichlari juda silliq ketayotganida, raqobatchi firma undan ham sifatliroq tovar ishlab chiqarib,
zarar keltirishi mumkin. Shunday qilib, firma oldida tanlash uchun ikki yo‘l turadi, bir tomondan,
yangi turdagi tovarlarni ishlab chiqarish o‘ta zarur, ikkinchi tomondan, yangi tovar imkoniyatining
muvaffaqiyati qil ustida turadi. Bunday murakkab va og‘ir masalani hal etish usullaridan biri shuki,
firma yangi turdagi tovarlarni o‘ylab topish, amalga oshirish ishlarini doimo, izchillik bilan, o‘z
maqsadiga yo‘naltirilgan holda olib borishi kerak. Ya’ni firma bozori chaqqon tovarlarni ishlab
chiqarish bilan birga yangi tovarlarni dunyoga keltirish borasida uzluksiz izlanishlar olib borishi
kerak.
Yangi turdagi tovarlarni ishlab chiqarish quyidagi 8 ta bosqichdan o‘tadi:
shakllantirish
9.6-rasm.Yangi tovarni yaratishning asosiy
Dostları ilə paylaş: