1. marketing va uni rivojlanishining asosiy bosqichlari ulgurji savdo



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə144/206
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#177407
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   206
M.A.

Buyurtmalarga ishlov berish.
Mijozdan buyurtma olib, buyurtmalar bo‘limi to‘lov xujjatlarini 
tayyorlaydi va ularni firmaning turli bo‘limlariga tarqatadi. Mavjud bo‘lmagan mahsulotlar qarzga 
yoziladi. Yuklangan (tushirilgan) buyumlar yuklarni tushurilganlik to‘lov hujjatlari bilan kuzatiladi. 
Bu hujjatlarning nusxasi firmaning turli bo‘limlariga yuboriladi. Kompyuterlashtirish “buyurtma – 
yuklash – (tushirish) – hisobni rasmiylashtirish” siklini tezlashtiradi. 
Omborga joylashtirish
. Ishlab chiqaruvchining sikli va iste’mol bir biri bilan kamdan kam mos 
tushadi va tovarlarni saqlashga to‘g‘ri keladi. Shaxobchalarning soni haqidagi qarorlarni, 
iste’molchilar uchun servis darajalari va taqsimlash bo‘yicha xarajatlar muomalalarini o‘zaro 
bog‘lab, qabul qilish kerak. Firma xususiy omborlariga ega bo‘ladi yoki umumiy foydalanish 
omborlaridan ijaraga joy olishi mumkin. Zamonaviy omborlar yuklarni qayta ishlashning 
mukammal tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, markaziy EHM nazorati ostida ishlaydi. Bunday 
omborlarda ishlab chiqarish jarohatlari, ish kuchiga haq to‘lash xarajatlari, tovarlarni talon–taroj 
qilish va ishdan chiqarish holatlari kam, zaxiralarni boshqarish tizimi ancha mukammallashgan. 
Tovar–moddiy zaxiralar
. Tovar–moddiy zaxiralar darajasi haqidagi qarorlar – xaridorlar talablarini 
qondirishga ta’sir etuvchi tovarlar harakati sohasidagi yana bitta qaror. Bozor ishtirokchisi firma 
mijozlarining hamma buyurtmalarini bajarish uchun yetarli tovar zaxiralariga ega bo‘lishni 
xohlaydi. Biroq firma uchun bunchalik ko‘p zaxirani saqlash rentabelli emas. Mijozlar uchun servis 
darajasini oshirish davomida tovar–moddiy zaxiralarini saqlash xarajatlari jiddiy o‘sadi. Rahbariyat, 
tovar zaxiralarini ortishini oqlash uchun savdo va daromadlar yetarlicha o‘sish – o‘smasligini bilishi 
kerak bo‘ladi. Faqat shundan keyin qo‘shimcha partiya tovarlarni qanchalik darajada buyurtma 
qilish masalasi hal qilinishi mumkin bo‘ladi. Masalan, “Toyota” firmasi mahsulotlari tannarxini 
pasaytirish omillaridan biri butun dunyoga mashhur “jit” (just in time - aniq o‘z vaqtida) tizimini 
qo‘llashdir. Bu ishlab chiqarishning ombordan foydalanmaydigan, uncha katta partiyalarda 
bo‘lmagan “kanban” signali bo‘yicha tizimi. “Jit” –bu komplektlovchi mahsulotlar omborlarini 
bartaraf qilish uchun kurash va ishlab chiqaruvchi hamda yetkazib beruvchilar tomonidan ideal 
darajada qo‘yilgan ta’minot. “Toyota” omborining “chidamlilik zaxirasi” o‘rtacha 2-3 soat, 
tarmoqlar qatoriga ko‘ra sal yuqoriroq– maksimum 0,5 kun. Tartibsiz omborga joylashtirish va 
istagancha saqlab turish, bu tashlab yuborilgan pullar, vaqt va oqilona foydalanilmagan maydon. 
“Toyota”ning prinsipi ana shunday. 

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin