1. marketing va uni rivojlanishining asosiy bosqichlari ulgurji savdo



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə172/206
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#177407
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   206
M.A.

QIZIQARLI MARKETING 
Qiziqarli savollar-1
1.
Tijoratda raqobatga qarshi uchta asosiy va qudratli qurol bor: 1) sifat; 2) narx; 3-nima? 
2.
O‘zbekiston qonunchiligida uning to‘rt turi belgilangan — oddiy, qiyosiy, noto‘g‘ri, 
yashirin. 
Savol: gap nima haqida ketmoqda? 
3.
Ushbu pullarni nima birlashtiradi – vona, austral, lira, yuan, to‘g‘rik, afg‘oni? 
4.
Bu ikkala o‘zaro raqobatchi kompaniyaning qishloq xo‘jaligiga hech qanday aloqasi yo‘q. 
Lekin ulardan ikkovi ham o‘z ramzlarida qishloq xo‘jaligining yirik sohalari bilan bog‘liq 


narsalarni o‘zlariga ramz qilib olishgan. Ulardan biri qishloq xo‘jaligi sohalaridan birining 
eng asosiy mahsulotlaridan birini o‘z ramziga tushirgan bo‘lsa, ikkinchisi qishloq 
xo‘jaligining yana bir sohasining asosiy mahsulotini yaratuvchilarini o‘ziga ramz qilib olgan. 
Shu kompaniyalarning nomini ayting. 
5.
Oskar Uayld shunday yozgan: “Jamiyatning pul haqida boylardan ham ko‘proq o‘ylovchi 
faqat bitta sinf bor, bu ulardir”. Savol: ular kimlar? 
6.
Genri Ford “Model-T” deb nomlangan avtomobillarini asosan qora rangga bo‘yab sotgan. 
Savol: nima uchun? 
7.
Genri Ford korxonadagi ishchilarini kam maoshga shukur qilib, sidqidildan ishlashlari uchun 
ularga navbati bilan bir yumushni bajartirgan. Agar o‘sha davrlardagi iqtisodiy holatni 
bilsangiz, aytingchi bu qanday yumush? 
8.
1940- yillarda Ford kompaniyasi avtomobillarga signalizatsiya o‘rnatib sota boshladi. Lekin 
signalizatsiyaga talab sezilarli bo‘lmadi. Buning ikkita asosiy sababi bor edi. Birinchisi-
o‘g‘rilarning kamligi. Fordni bilgan holda 2-sababini siz ayting. 
9.
Genri Ford 1916-yilda o‘z kompaniyasini davlat tasarrufidagi kompaniya, deb e’lon qiladi. 
Savol: shundan so‘ng kompaniya qanday texnikalar ishlab chiqargan? 
10.
Savolda ortiqchasini toping: aka-uka Lumyerlar, Genri Ford, Tomas Edison, Aleksandr Bell, 
Alfred Nobel. 
Javoblar:
1.Reklama. 2. Reklama. 
3.
VALUTA izoh: bosh harflar o‘qilsin. 
4.
UMS-tuxum, BEELINE- asalari! 
5.
Kambag‘allar! 
6.
U arzon narxdagi mashinalar ishlab chiqarishga intilgan. Qora rang eng arzon rang 
hisoblangan. 
7.
Deraza oynasini arttirgan. Chunki ishsizlar eshik oldida qator bo‘lib turishgan. 
8.
Signalizatsiya mashinani qimmatlashtirgan. 
9.
Harbiy texnikalar. 
10.
Genre Ford. Qolganlar ixtirochilar. Ford esa avtomobil targ‘ibotchisi. 



Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin