1. marketing va uni rivojlanishining asosiy bosqichlari ulgurji savdo



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/206
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#177407
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   206
M.A.

Maqsadlar iyeraxiyasi 
Maqsadlar ko‘rsatkichlari 
Bozorni egallash 
Bozor ulushi, tovar aylanmasi, uning ahamiyati va roli, yangi 
bozorlarni egallash (qamrash). 
Rentabellik 
Foyda, aylanmaning rentabelligi, o‘z kapitalining rentabelligi, 
umumiy kapital rentabelligi 
Moliyaviy barqarorlik 
Kredit qobiliyati, likvidlilik, o‘z-o‘zini moliyalash darajasi, kapital 
tarkibi 
Ijtimoiy maqsadlar 
O‘z ishidan qoniqish, daromad va ijtimoiy himoya 
darajasi, ijtimoiy integratsiya, shaxsning rivojlanishi 
Bozordagi mavqeyi 
Mustaqillik, imij, siyosiy muhitga munosabat, jamoa e’tirofi 
«Kompaniyaning ishi = mijozlarning kutishlariga» 
Umumlashtirishning ancha past darajasida firmaning ancha aniqroq miqdoriy va sifatga oid 
maqsadlari haqida gapirish mumkin. Sifatga oid maqsadlar orasida firma nufuzining o‘sishiga olib 
keladigan, uning ijtimoiy ta’sirini (vaznini ) kuchaytiradigan quyidagi maqsadlar muhim 
hisoblanadi: 



iqtisodiy maqsadlar va o‘z mamlakatida ham, import qilinadigan mamlakatlarda ham ularga 
erishuvi; 

bandlikka, mehnat bozoriga ijobiy ta’sir etish; 

ta’lim, madaniy, sport va boshqa aksiyalarni qo‘llab-quvvatlash. 
Firmaning miqdoriy maqsadlari: 

foyda (daromad) hajmi; 

pul va natural ko‘rinishda ifodalanuvchi savdo hajmi; 

bitta ishlovchi hisobiga mehnat siyosati (MS); 
-bozor ulushining o‘zgarishi, firma tovarlari bilan bozorni egallashi. 
Marketingning asosiy deklaratsion maqsadi inson talablarining qondirilishini hisobga olib, 
«Marketing tizimining haqiqiy maqsadi nima?» degan savolga ehtimol tutilgan javobning to‘rt 
muqobil variantlarini ko‘zda tutish mumkin: 

maksimal darajada yuqori iste’molga erishish; 

maksimal darajadagi iste’mol qimmatliklarini ko‘rsatish (iste’molchi tovardan oladigan va 
unga sotib olishdagi xarajat orasidagi foydani taqqoslash); 

maksimal darajada keng tanlov imkonini yaratish; - hayot tarzi sifatini maksimal darajada 
oshirish. 
Hayot tarzi sifati uchta tarkibiy qismdan tashkil topadi: 
1.
Tovarning miqdori, sifati, assortimenti (turi), qulayligi va qiymati. 
2.
Inson yashaydigan tabiiy muhitning sifati, insonning madaniy muhiti sifati unumdorligi. 
3.
Bozorning firma tovarlari bilan shug‘ullanuvchi ulushi o‘zgarishi. 
Bozorni soddalashtirish va miqdoriy maqsadlar ahamiyatiga qarab, tartibga solish uchun tijorat 


doiralarida «firma maqsadini tanlash – bu bugungi foydaning yuqori ulushi bilan ertangi bozorning 
yuqori ulushi orasidagi tanlovdir». 
Marketingning funksional jihatdan ko‘p ma’noliligi uning tadbirkorlik faoliyatidagi ahamiyati bu 
masalalarni hal qilishni yanada murakkablashtiradi. 
Marketingning funksiyasi ishlab chiqarish, kadrlar, moddiy-texnik ta’minlash va logistika, 
moliyaviy, buxgalteriya hisobi va boshqa funksiyalar bilan bir qatorda tadbirkorlik funksiyasi 
sifatida ham nomoyon bo‘ladi va o‘zida marketing faoliyati jarayonida amalga oshiriladigan alohida 
yoki kompleks turdagi ixtisoslashtirilgan turlarni aks ettiradi. 
Marketing funksiyasining boshqa firmalar funksiyalaridan farqi shundaki, uning funksiyasi firma va 
uning mijozlari, iste’molchilari orasida almashuv jarayonlarini tashkil etishga mo‘ljallangan. Shu 
munosabat bilan marketingning funksiyasi doimiy o‘zgarib turadigan talabga mos holda talabni 
yaratish, shakllantirish va rivojlantirishga mas’ul hisoblanadi. 
Marketing funksiyasining klassik tushunchasida mahsulotni sotish (o‘tkazish) va realizatsiya qilish 
jarayonlariga yordamlashish harakatlari ham kiradi. 
Yuqorida keltirib o‘tilgan marketing konsepsiyalarini amalga oshirish uchun marketingning bir 
qancha funksiyalari bajarilishi kerak. 
Bu funksiyalar firmaning boshqa funksiyalari bilan bir qatorda bajariladi. Marketing funksiyasi 
ko‘proq tadbirkorlik funksiyasi sifatida shakllanib, ma’lum bir maqsadga yo‘naltirilgan vazifalarni 
bajarish uchun tadbirlar majmuasidan iborat. Marketingning funksiyalari marketing tizimidagi 
almashuv vositasida xaridorlarning talablarini qondirish bilan bog‘liq faoliyat (tadbirlar)larning 
ma’lum turlaridir. 
Marketingning analitik (informatsion) funksiyasi – uchta eng muhim yo‘nalish bo‘yicha keng 
ko‘lamli marketing tadqiqotlari o‘tkazish: 
1.
bozor konyunkturasini kompleks tadqiq etish va uni bashoratlash, iste’molchilarni o‘rganish 
va segmentatsiya o‘tkazish, tovarning iste’mol xossalarini tahlil qilish, raqobatchilar, ish 
bo‘yicha sheriklar pozitsiyalarini tahlil qilish; 
2.
firmaning ishlab chiqarish – savdo (o‘tkazish) imkoniyatlari tahlili – tovar assortimenti, 
ishlab chiqarish quvvati, moddiy-texnik ta’minlash tizimi, kompaniyaning ilmiy-texnik va 
kadrlar potensiali, uning moliyaviy imkoniyatlari, savdo va tovarning bozorda harakatlanishi 
tizimlari tahlili; 
3.
olingan informatsiyalar asosida SWOT – tahlil o‘tkazish – korxonaning kuchli va kuchsiz 
tomonlarini, imkoniyatlar va tahlillarini va marketing maqsadlari shakllanishini va ularga 
erishish strategiyalarini baholash. 
Marketingning analitik funksiyasi informatsiyalarni yig‘ish va ularga ishlov berishning keng va 
amalda harakatlanuvchi tizimi mavjud bo‘lgandagina realizatsiya qilinishi mumkin. Odatda bozorni 


doimiy kuzatish ba’zi-ba’zida o‘tkaziladigan maqsadga yo‘naltirilgan tadqiqotlar (masalan, 
reklamalarning sotish hajmiga ta’sirini aniqlash) bilan qo‘shib olib boriladi. Ko‘pchilik firmalarda 
ushbu informatsion ishlarning katta qismi maxsus bo‘limlar tomonidan o‘tkaziladi yoki mustaqil 
tadqiqot institutlariga topshiriladi. 
Rejalashtirish funksiyasi kompaniyaning mos keluvchi bo‘limlari tomonidan tovar, narx, savdo, 
kommunikatsion va kadrlar siyosati rejalarini ishlab chiqishi va marketing dasturlarini tuzishini 
bildiradi. 
Marketingning ishlab chiqarish – savdo funksiyasi marketing faoliyatini amaliy jihatdan amalga 
oshirilishni ko‘zda tutadi: 
1.
tovarlar siyosati (mahsulotning ma’lum turini ishlab chiqarish, yangi tovarlar ishlab 
chiqarish, tovar sotilgandan keyingi xizmat ko‘rsatish, uskunalarni yangilash va b.); 
2.
maqsadli siyosatlar (tovar birligi uchun narx darajasini va tovarning hayot sikli davriga ko‘ra 
bog‘liq ravishda narxlar dinamikasini belgilash, firma narxini bozorning har bir 
segmentidagi raqobatchilar narxiga nisbatini aniqlash va b.); 
3.
savdo siyosatlari (savdo vositalarini yaratish, bozorga chiqish vaqtini belgilash, tovarni 
harakatlanish tizimini belgilash va b.); 
4.
kommunikatsion siyosatlar (bozorda tovarning harakatlanishi bo‘yicha choralarni amalga 
oshirish: reklama kompaniyalarini o‘tkazish, vositachilar va iste’molchilarga mos keluvchi 
imtiyoz va chegirmalar berish (ko‘rsatish), mahsulot sotish bilan shug‘ullanuvchi o‘z 
xodimlarini rag‘batlantirish, ko‘rgazma va yarmarkalarda ishtirok etish va b.); 
5.
kadrlar siyosati (kadrlar tanlash (yig‘ish), xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash
xodimlar motivatsiyasi bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish va b. 
Marketingning nazorat funksiyasi hamma marketing ishlari davomida amalga oshiriladi: 
mablag‘larni asossiz sarflanishidan qochish uchun marketing tadbirlarining ehtimoliy 
samaradorligini oldindan baholash maqsadida – navbatdagi marketing dasturining boshlang‘ich 
bosqichida, marketing dasturlarini realizatsiya qilish jarayonida – rejalashtirilgan marketing chora-
tadbirlari va ularning kompleksliligingi amalga oshirish uchun joriy nazorat, bu maqsadga erishish 
uchun marketing strategiyasi va taktikasiga ma’lum asoslangan tuzatishlar kiritish imkonini beradi. 
Shunday qilib, marketing funksiyasining tahlili marketingni boshqarishning hamma jarayoni izchil 
amalga oshiriladigan bosqich ko‘rinishda tasavvur qilish imkonini beradi. 
Marketing funksiyalarini kim bajaradi


Ishlab chiqaruvchilar 



Iste’molchilar 

Marketing mutaxassislari 
Marketing funksiyalarining firma funksiyalaridan farqi shundaki, u asosan firma mahsulotini 
mijozlar bilan ayirboshlash vazifasiga yo‘naltirilgan. Keng ma’noda marketing funksiyasi firma 
mahsulotiga bozorda talabni shakllantirish va xaridorlarni ko‘proq o‘ziga jalb qilishdan iborat. 
Potensial talabni o‘rganish va yangi taklif bilan bozorga chiqish firmaning kundalik faoliyatining bir 
qismidir. Firmalarda marketing funksiyasi bilan marketing faoliyatining funksiyalari chambarchas 
bog‘liq. MARKETING funksiyasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi. 

Marketing tadqiqotlari. 

Rejalashtirish. 

Narxni shakllantirish. 

Tovarni taqsimlash. 

Tovarni harakatga keltirish. 
2.2 - jadval Marketing funksiyasi tarkibi 

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin