Marketing bozorning har qanday o‘zgarishlariga turlanuvchi e’tibor qaratish prinsiplariga asoslanadi. U talab miqdori, iste’molchilar xulq-atvori, yetkazib beruvchilar,
vositachilar, raqobatchilar muammolarining mavjud va bashoratlangan miqdori (kattaligi)ga
nisbatan bozor konyunkturasini tizimli va sinchiklab hisobga olishni bildiradi. Firma
tomonidan xo‘jalik qarorlari qabul qilish markazlarini uzluksiz kelib tushayotgan marketing
ma’lumotlari asosida bozorning holatini his qilib turadigan bo‘limlarga qo‘shib (aralashtirib)
yuborilishi bozorning o‘zgarayotgan talablarini uning ishlab chiqarish, savdo va ilmiy-
tadqiqot faoliyatini tez sezib olish (zudlik bilan e’tibor qaratishi)ga imkon beradi.
Bill Geyts “Fikr tezligidagi biznes” kitobida ta’kidlaydiki, hozirgi zamon informatsion
texnologiyalaridan foydalanish bozordagi vaziyatni bir necha hafta emas, bir necha soat oldin ko‘ra
olib, biznesda bozorda yuqori raqobatbardoshlikni saqlab qolish uchun zarur bo‘ladigan tezlikka
erishish imkonini beradi. Raqobatchilarga nisbatan esa “kim raqobatchilarini unutsa, o‘sha bozorni
unutadi” degan fikrni hamisha unutmaslik kerak. Bugun raqobatchilarni yo‘q qilish emas, hurmat
qilish kerak, chunki u mudrashga emas, o‘ylashga, ijod qilishga, intilishga undaydi.
6.
Marketing korxonaning uzoq muddatli natijaviylikka yo‘naltirilganligini ko‘zda tutadi.
Marketing tadbirlarini rejalashtirish va realizatsiya qilish faoliyatining uzoq davrini talab
qiladi. Avval savdo bozori sinchiklab tahlil qilinadi, keyin mos keluvchi mahsulotlar ishlab
chiqariladi, bozorga joriy etiladi. Ushbu uzoq davr mobaynida korxonalar bozorda
muvaffaqiyat qozonish va kelgusida foyda (daromad) umidida kapital qo‘yadilar va bozor
yangilikni qabul qilgandan keyingina, foyda kelib tusha boshlaydi. Yangi mahsulot haqidagi
g‘oyaning paydo bo‘lishi va uning bozordagi muvaffaqiyatiga qadar yillar o‘tishi mumkin.
7.
Bozorda muvaffaqiyat qozonishni ta’minlovchi marketing prinsiplaridan biri -