−
sintez va tahlil, maqsadga yo‘naltirish, tarkiblashtirish usullarini qo‘llash;
−
qarorlar variantini solishtirish shartlarini ta’minlash;
−
qabul qilingan qarorni huquqiy muhofazalash;
−
qarorlarning ko‘p variantli yechimlarini topish;
−
yangi informatsion texnologiyalardan foydalanish;
−
qarorlar natijalariga javobgarlikni kuchaytirish va rag‘batlantirishni yo‘lga qo‘yish.
Alternativ yechimlar mavjud bo‘lgan hollarda ularni solishtirish va eng maqbul yechimni qabul
qilish kerak. Alternativ marketing qarorlarini solishtirishda quyidagi omillarga e’tibor berish lozim:
−
Vaqt.
−
Obyekt sifati.
−
Ishlab chiqarish va sotish hajmi.
−
Mahsulotning o‘zlashtirilganlik darajasi.
−
Qaror qabul qilish uchun ma’lumot va axborotlar olish usuli.
−
Qarorni qo‘llash shart — sharoitlariga.
−
Inflatsiya darajasiga.
−
Tavakkalchilik va noaniqlik.
Marketing qarorlarining alternative variantlarini solishtirishda quyidagi qoidalarga albatta e’tibor
berish kerak:
−
Alternativ variantlar 3 ta dan kam bo‘lmasligi kerak.
−
Yechimning bazaviy varianti sifatida vaqt bo‘yicha eng kech qabul qilingan yechim varianti qabul
qilinishi kerak. Qolgan yechim variantlari koeffitsiyentlar yordamida bazaviyga yaqinlashtiriladi,
ya’ni korrektirovka qilinadi.
−
Alternativ yechimlar marketing qarorlari samaradorligini ta’minlashi zarur.
−
Qaror qabul qilish jarayonining yuqori samaradorliligini ta’minlash uchun keng axborot
ma’lumotlaridan foydalanish lozim.
Dostları ilə paylaş: