1. marketing va uni rivojlanishining asosiy bosqichlari ulgurji savdo


Talabning holati va rivojlanishiga ko‘ra marketingning turlari



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/206
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#177407
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   206
M.A.

2.4. Talabning holati va rivojlanishiga ko‘ra marketingning turlari 


Marketingning evolyutsion bosqichida qo‘llanish sohasi, hamda bozordagi talabning xarakteriga 
qarab marketing turlari va shakllari farqlanadi. Marketingning asosiy turlari quyidagilar hisoblanadi: 
1.
Nodifferensial marketing. 
2.
Differensial marketing. 
3.
Mujassamlashgan yoki konsentratsiyalashgan marketing. 
4.
Kommunikativ marketing. 
Nodifferensial marketing – 
1950 – yillarda rivojlanib, bozorni segmentlarga bo‘lishni nazarda 
tutmagan. Maksimum ishlab chiqarish va sotish asosiy tamoyil bo‘lgan va keyinchalik esa tovar-
xaridor -sotish - reklamaga e’tibor qaratildi. 
Differensial marketing –
1960 – yillarda shakllanib, unda bozorni segmentlarga bo‘lib o‘rganish, 
xaridorlar segmetini aniqlash, ularga mos tovar va xizmatlar ishlab chiqarishga katta e’tibor 
qaratildi. 
Segmentlash g‘oyasining rivojlanishi 
konsentrlashgan, ya’ni mujassamlashgan
marketing turini 
vujudga keltirdi. Uning mohiyati bozorning barcha segmentlari uchun emas, balki kam o‘rganilgan 
yangi yo‘nalishlarini aniqlash va shu segment uchun tovar yoki xizmat turini yaratish. Masalan, 
uyali aloqaning paydo bo‘lishi, mobil telefonlarning yaratilishi yangi innovatsion bozor segmentini 
yaratdi. Bu davrda giper raqobat va keskin diversifikatsiya yuzaga keldi. Mobil telefonlar 
assortimenti ko‘payib, yangi uyali kompaniyalar uyali aloqa bozorini shakllantirdi. 
Kompleks marketing 
– Marketing – miks marketingning barcha elementlari — tovar, tovar bahosi, 
iste’molchi, sotuv reklamaning integrallashuvi asosida energetik samaraga erishishni taqozo qiladi. 
Marketing faoliyati iste’molchilarning doimiy yangilanib boradigan talablarini qondiradigan 
raqobatbardosh takliflarni shakllantirish va firma daromadini ta’minlash maqsadida marketing 
funksiyalarini tashkil etuvchi va amalga oshiruvchi jarayon sifatida doimiy to‘ldirib boriladigan 
moliyaviy, moddiy, mehnat va axborot resurslarini talab qiladi. 
Talabning xarakteriga qarab marketingning quyidagi tiplari, ya’ni shakllari mavjud: 

Konversion marketing. 

Rag‘batlantiruvchi marketing. 

Rivojlanuvchi marketing. 



Sinxromarketing. 

Qo‘llab-quvvatlovchi marketing. 

Demarketing. 

Qarama - qarshilik ko‘rsatuvchi marketing. 

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin