1. marketing va uni rivojlanishining asosiy bosqichlari ulgurji savdo



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/206
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#177407
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   206
M.A.

AXBOROT (ingl. news) — 
taqdim etilishi shaklidan qat’iy nazar shaxs ma’lum xos matnda aniq 
ma’noga ega bo‘lgan voqea, hodisa, jarayonlar, dalil, bilim, tushunchalar va taqdimot kabi obyektlar 
haqidagi ma’lumotlardir. Shunday ekan, axborotdan foydalanish ko‘lamlari jamiyat rivojlanishi 
darajasini belgilaydi. Marketing faoliyatiga xos bo‘lgan barcha axborotlar, ma’lumotlar tadqiqotlar 
uchun muhim qurol sifatida shakllanadi. Ularni tashkil etish, muayyan tartibga solish va 
uzluksizligini ta’minlash zarur bo‘ladi. Marketing axboroti yaxlit tizim sifatida namoyon bo‘ladi va 
rivojlanib boradi. 
Marketingni boshqarish bozorni barcha tashkil etuvchilarni (qismlarini) (xaridorlar, ularning talabi, 
tovarlar, narxlar, raqobatchilar) tahlil qilishdan va baholashdan boshlanadi. Maqsad – olingan 
axborot asosida firmaning bozorda o‘zini qanday tutishi kerakligini ishlab chiqish. Axborotning 
bozordan ishlab chiqaruvchilar tomon harakatlanishi marketing tadqiqotlari jarayonining mazmunini 
tashkil qiladi. Keyinchalik ishlab chiqaruvchilar va bozorlar o‘rtasidagi axborot almashinuvi 
marketing kommunikatsiyalarining turlicha – reklama, shaxsiy sotuv, «Public Relationss» kabi 
shakllarida davom etadi. 
Tijorat dunyosi – murakkab hodisa. Tadbirkor qanchalik boy tajribaga qanchalik beqiyos 
intuitsiyaga ega bo‘lmasin har qanday holatda ham unga dinamik tarzda rivojlanib borayotgan tovar 
va xizmatlar bozori to‘g‘risida to‘liq va obyektiv axborot zarur bo‘ladi. Kim marketing axborotiga 
egalik qilsa, o‘sha bozorda muvaffaqiyatga erishadi. 
Uzoq vaqt va katta mablag‘ talab qiladigan menejerlar tomonidan yangi tovar ishlab chiqarish, uni 
bozorga olib chiqish, raqobatbardoshligini kuzatish va nihoyat, ishlab chiqarishni to‘xtatish 
to‘g‘risida qaror qabul qilish jarayoni odatda, ishonchli va o‘z vaqtida taqdim etilgan marketing 
axborotiga asoslanadi. Zamonaviy marketing axborotga tayanadi. 
Marketing faoliyati ikki oqim bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, birinchi oqim-firma faoliyati natijalari 
to‘g‘risida axborot, ikkinchisi bozor va atrof-muhit to‘g‘risidagi axborot oqimidir. Marketing 
faoliyati ana shu ikki oqimga ta’sir ko‘rsatib, iste’molchilar talabini maksimal darajada qondirish va 
firmalar foydasini ta’minlashga qaratilgan. 
Bozor holati va dinamikasi to‘g‘risidagi tezkor axborotga bozor subyektlarining 85 foizi, bozorda 
yuzaga kelayotgan holatlar (raqobatchi kompaniyalar xatti-harakati, iste’molchilar talablarining 


o‘zgarishi, bo‘lajak xaridorlarning yangi tovarlarga bo‘lgan munosabati) to‘g‘risida esa 70 foizi 
ehtiyoj sezadilar. Tijoratchilarning 85 foizi fikriga ko‘ra marketing axborotlarini har hafta va o‘n 
kunda olish davriyligi eng maqbul hisoblanadi. 
Rivojlangan bozor iqtisodiyoti mamlakatlarida marketing axboroti faoliyati bilan hududiy axborot-
marketing markazlari, ekspertlar guruhlari, marketing bo‘limlari mutaxassislari shug‘ullanadilar. 

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin