•
Yashirin savol barcha mumkin bo‘lgan barcha javob variantlarini o‘z ichiga oladi,
so‘ralayotgan ulardan birini tanlab oladi.
•
Axborot pochta yoki intervyu olish yo‘li bilan ham to‘planishi mumkin.
•
Birlamchi axborotlarning keng tarqalgan usullari bu savolnomalar tarqatib iste’molchilarning
tovar va xizmat turlari haqidagi fikrini bilish, kuzatuv ma’lumotlari,
tajriba va laboratoriya
kuzatuvlaridir.
Savolnomalar orqali so‘roq va intervyu olishjuda keng tarqalgan. Bu usullar bilan birlamchi
axborotlarni to‘plash qimmatga tushadi. Shuning uchun bunday axborotlarni yirik firma,
korporatsiyalar, kompaniyalar o‘z faoliyatlarining strategik rejalarini tuzish maqsadida o‘tkazadilar.
Shuni ta’kidlash joizki, marketing tadqiqotlari juda ko‘p vaqt va sarfxarajat talab etuvchi jarayon
bo‘lib, hozirda firmalar raqobatbardosh bo‘lishini ta’minlash, bozor ulushini egallash, tashqi
bozorlarni o‘rganish orqali eksport faoliyatini rivojlantirish uchun tadqiqotlar o‘tkazishga
qiziqadilar. Samarali o‘tkazilgan
tadqiqotlar natijasi albatta, o‘z foydasini beradi va tez orada
xarajatlar qoplanadi.
•
Birlamchi axborot ochiq dala marketing tadqiqotlari, deb nomlangan kuzatuv, tekshiruv,
tajriba va imitatsiya yo‘li bilan olinadi.
Kuzatuv
– tanlab olingan insonlar guruhi xatti-harakatini turli vaziyatlarda ularning amallarini
yozib borish orqali birlamchi axborotlarni yig‘ish
hisoblanadi, masalan xaridorlarning do‘kondagi
xatti-harakatlari.
Dostları ilə paylaş: