1. marketing va uni rivojlanishining asosiy bosqichlari ulgurji savdo



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/206
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#177407
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   206
M.A.

3.3. Axborotlarni to‘plash uslublari 
Ma’lumotlarni yig‘ish odatda, o‘qitilgan, o‘rgatilgan dala tadqiqotlarini o‘tkazuvchi intervyuchilar 
tomonidan amalga oshiriladi. 1910– yildan boshlab eng oddiy marketing axborot yig‘ish usullari 
qo‘llanilgan. Iste’molchilarni do‘konlarda, kassalar oldida so‘roqqa tutib tovar, uning narxi, sifati 
haqidagi oddiy savollar bilan ularning fikri aniqlanar edi. Hozirda savolnomalar juda keng 
miqyosdagi savollarni o‘z ichiga olib, ular natijalari kompyuter dasturlari yordamida ishlanib qisqa 
vaqt ichida xulosalar chiqarishga imkon yaratadi. So‘rovnomalar o‘tkazishda so‘rovga tutishning 
taktikasiga alohida e’tibor qaratiladi. So‘rovga tutiladigan xaridor yoki iste’molchilarni 
segmentlarga bo‘lib, ya’ni faoliyat turiga qarab guruhlarga bo‘lish, millatiga, jinsi, yoshi va boshqa 
ko‘rsatkichlariga qarab savollarni va anketa so‘rov jarayonini o‘tkazish yaxshi samara beradi. 
So‘rovnomalarni tarqatish va natijalarni yig‘ishda quyidagilarga rioya qilinsa yaxshi natija beradi: 
Tadbirni tayyorlash 
(axborot hajmini aniqlash, oldindan tadqiq qilish, so‘roq rejasini tuzish). 
So‘roq anketasini tayyorlash 
(test savollarni tuzish, testlarni tarqatib, kuzatuv o‘tkazish). 
So‘rovnoma o‘tkazish usulini tanlash 
(ommaviy yoki tanlanma guruhlar ichida so‘rovnoma 
o‘tkazish, qaysi iste’molchilar guruhida so‘rovnomani o‘tkazish). 
Kuzatuv va tekshiruv usullari
ni amalga oshirishning asosiy vositasi bo‘lib anketa (savolnoma) 
o‘tkazish va mexanik qurilmalar, masalan, odamlar sonini hisoblagichlar, kino, videokameralar 
hisoblanadi. 
Savolnoma – biron-bir ma’lumot olish uchun yaratilgan so‘rov varaqasidir. Savolnoma odatda uch 
qismdan: kirish, rekvizit qismi va asosiy qismdan iborat bo‘ladi. 
Kirish qismining asosiy vazifasi – so‘ralayotganlarni so‘rovda ishtirok etishga ko‘ndirishdir. Unda 
olib borilayotgan so‘rovning maqsadi va so‘ralayotgan shaxs so‘rovda ishtirok etib qanday foyda 
olishi ko‘rsatilishi lozim. 
Rekvizit qismida so‘ralayotgan shaxsga tegishli axborot: yoshi, jinsi, kasbi, oilaviy holati va h.k. 
keltiriladi. 
Asosiy qismidagi savollarning mazmuni tadqiqotchilar qo‘yilgan savollarga olingan javoblar 
natijasida aynan nimalarni bilishni istayotganligiga bog‘liq. Quyidagi savol turlarini ajratib 
ko‘rsatish mumkin: 

Ochiq savol so‘ralayotganga o‘z so‘zlari bilan javob berish, o‘zini erkin tutish imkonini 
beradi. 



Yashirin savol barcha mumkin bo‘lgan barcha javob variantlarini o‘z ichiga oladi, 
so‘ralayotgan ulardan birini tanlab oladi. 

Axborot pochta yoki intervyu olish yo‘li bilan ham to‘planishi mumkin. 

Birlamchi axborotlarning keng tarqalgan usullari bu savolnomalar tarqatib iste’molchilarning 
tovar va xizmat turlari haqidagi fikrini bilish, kuzatuv ma’lumotlari, tajriba va laboratoriya 
kuzatuvlaridir. 
Savolnomalar orqali so‘roq va intervyu olishjuda keng tarqalgan. Bu usullar bilan birlamchi 
axborotlarni to‘plash qimmatga tushadi. Shuning uchun bunday axborotlarni yirik firma, 
korporatsiyalar, kompaniyalar o‘z faoliyatlarining strategik rejalarini tuzish maqsadida o‘tkazadilar. 
Shuni ta’kidlash joizki, marketing tadqiqotlari juda ko‘p vaqt va sarfxarajat talab etuvchi jarayon 
bo‘lib, hozirda firmalar raqobatbardosh bo‘lishini ta’minlash, bozor ulushini egallash, tashqi 
bozorlarni o‘rganish orqali eksport faoliyatini rivojlantirish uchun tadqiqotlar o‘tkazishga 
qiziqadilar. Samarali o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasi albatta, o‘z foydasini beradi va tez orada 
xarajatlar qoplanadi. 

Birlamchi axborot ochiq dala marketing tadqiqotlari, deb nomlangan kuzatuv, tekshiruv, 
tajriba va imitatsiya yo‘li bilan olinadi. 
Kuzatuv
– tanlab olingan insonlar guruhi xatti-harakatini turli vaziyatlarda ularning amallarini 
yozib borish orqali birlamchi axborotlarni yig‘ish hisoblanadi, masalan xaridorlarning do‘kondagi 
xatti-harakatlari. 

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin