tajriba o‘tkazish
ham o‘ziga xos qiziqarli va muhim hisoblanadi. Tajriba orqali
ko‘p qiziqarli marketing ma’lumotlarini, omillarning bir-biriga bog‘liqligini aniqlash mumkin.
Masalan, reklama vositalarining xaridorlar strukturasiga ta’siri, narx – navoning bozor
konyunkturasiga ta’siri kabi ko‘rsatkichlar o‘rganiladi.
Ochiq tajriba shundan iboratki, o‘rganilayotgan obyekt tajribaning maqsadidan xabardor bo‘ladi va
aksincha, tadqiqot maqsadi noaniq bo‘lganda o‘rganilayotgan obyekt nima maqsadda uni so‘roq
qilayotganlarini bilmaydi. Amaliyotda marketing maqsadlariga erishish uchun turli tajribalar
o‘tkaziladi. Test savollar o‘tkazish joyiga, obyektiga, shaxsiga, muddatiga, hajmiga, test
qilinayotganlarning soniga qarab tizimlashtiriladi. Yig‘ilgan ma’lumotlar tahlil qilinadi va
umumlashtiriladi. Tartibga solingan test savollari masalan, ish haqi miqdoriga qarab xaridorlarning
sotib olish qobiliyatini, xarid qilish xulq-atvorini o‘rganish kabi savollar bilan axborotlar yig‘iladi.
Marketing tadqiqotlari natijasida olingan axborotlar ishlanadi, umumlashtiriladi, interpretatsiya
qilinadi. Axborotlarni qayta ishlash uchun yozma va tahlil uslublari ishlatiladi. Marketingda tahliliy
uslublardan – trendlar tahlili, chiziqsiz regressiya va korrelyatsiya uslubi, diskreminant tahlil, klaster
tahlili, omilli tahlil, miqdoriy va sifat tahlillari kabilar qo‘llaniladi.
3.4. Marketing axborotlarining asosiy elementlari
Marketing bo‘yicha adabiyotlarda bozorni o‘rganish, marketing tadqiqotlari, sotuv jarayonini tadqiq
etish kabi tushunchalar ko‘p uchraydi. Bular bir-biriga o‘xshash sinonim tushunchalarga bo‘lib,
gohida ularni chalkashtirib yuborishadi. Bular ichida
marketing tadqiqotlari
juda keng tushuncha
bo‘lib, u firma marketing qarorini qabul qilishi uchun axborot yig‘ish, uni tizimga solish, tahlil etish
umumlashtirish asosida marketing qarorlarini qabul qilish va biznes faoliyatini asoslashdan iborat.
Bozorni o‘rganish esa tizimli va uslubiy jihatdan joriy holatda bozorni izlash, uni o‘rganish va unda
qanday harakat qilish kerakligini hal qilishdir. Firmalar faoliyatida har qanday qaror qabul qilish
jarayoni turli omillarga, tashqi va ichki ta’sir kuchlariga bog‘liq. Marketing faoliyati qarorlari ham
juda ko‘p axborot manbalarini tahlil qilish asosida qabul qilinadi. Shuning uchun marketolog
samarali marketing qarorlarini qabul qilishi uchun marketingga oid terminlarning tub mohiyatini
bilishi va har birining maqsadidan kelib chiqqan holda tahlillarga asoslanishi kerak.
Har bir marketing tadqiqoti u iste’molchini o‘rganishga yoki bozorni o‘rganishga yo‘naltirilgan
bo‘lishidan qatiy nazar uning o‘ziga xos usullari, izlanish sxemasi, axborotlar bankiga ega bo‘lishi
kerak. Masalan, iste’molchilar haqidagi ma’lumotlar ular yoshi, jinsi, millati, ish faoliyati,
moliyaviy ta’minlanganligi va h.k.
F. Kotler marketing tadqiqotlari o‘tkazish usullarining shakllanishini, vaqt o‘tishi bilan ularning
rivojlanishini va zamonaviy iqtisodiymatematik usullar bilan amalga oshirilish evolyutsiyasini
ko‘rsatib o‘tgan (1974 y.).
Tadqiqot maqsadi – muammo aniqlangandan so‘ng tegishli axborotlarni masalan, bozor ulushi,
bozor konyunkturasi, raqobatchilar potensiali va boshqalar haqida ma’lumotlar yig‘iladi. Har qanday
marketing tadqiqotiga ijodiy yondashish kerak. Ma’lumotlar ba’zasida har bir ko‘rsatkich bir-biriga
bog‘liq bo‘lib, o‘zgaruvchi va o‘zgarmas kattaliklarni tahlil qilishda ularga ta’sir etuvchi tashqi omil
kuchlarini to‘g‘ri aniqlash muhim ahamiyatga ega. Tadqiqot tarkibini to‘g‘ri belgilash, ketma-
ketlikka rioya qilish zarur.
Marketing faoliyatinig asosiy elementi (marketing tadqiqoti bo‘lganligi uchun) optimal tuzilgan
dizayn, zarur axborotlar bazasini yaratish, axborotlar tizimi, internetdan foydalanish tadqiqot
samarasini kafolatlovchi muhim omildir.
Marketing tadqiqotlari bu – axborot mavhumligini, tijorat riskini kamaytirish va marketing qarorlari
qabul qilish maqsadida marketing faoliyatining turli jabhalari bo‘yicha ma’lumotlarni muntazam
yig‘ib borish, aks ettirish va tahlil qilishdir.
Marketing tadqiqotlari maqsadlarini “Mazkur muammoni hal qilish uchun qanday axborot zarur”
degan savolning javoblari tadqiqoti aniqlab beradi.
Tadqiqot maqsadlari va usullariga qarab marketing tadqiqotlari quyidagi turlarga ajratiladi:
o‘rganish (razvedka), tariflash, sabablarni aniqlash.
O‘rganish (razvedka) tadqiqoti – ilgari surilayotgan muammoni va taxminlarni yaxshiroq aniqlash
uchun zarur bo‘lgan birlamchi axborotni yig‘ish maqsadida olib boriladi. Masalan, sotuvning past
darajasiga sabab yomon reklama, deb taxmin qilingan, ammo o‘rganish tadqiqoti yetarli darajada
bo‘lmagan sotuvning asosiy sababi tovar taqsimlash tizimining yomon ishlashi ekanligini, uni
marketing tadqiqotlarining keyingi bosqichlarida yanada batafsilroq o‘rganish lozimligini ko‘rsatdi.
Tariflovchi tadqiqot – marketing muammolarini tariflashga yo‘naltirilgan, masalan, demografik
holat, kompaniya mahsulotiga iste’molchilarning munosabati kabi. Bunday turdagi tadqiqotlarni olib
borishda odatda kim, nima, qayerda, qachon va qanday, degan so‘zlardan boshlanuvchi savollarga
javob izlanadi. Masalan, firma mahsuloti iste’molchilari kim ekanligi aniqlanadi. Firma mahsulotini
qayerda xarid qilishadi? Ushbu mahsulotni xaridorlar qachon faol xarid qilishadi? Sotib olingan
mahsulotdan qanday foydalaniladi?
Sabablarni aniqlashga yo‘naltirilgan tadqiqotlar – sabab-oqibat aloqalariga tegishli taxminlarni
tekshirish uchun olib boriladi. Mazkur tadqiqot asosida biror-bir hodisani “agar X bo‘lsa, unda Y
bo‘ladi” ko‘rinishdagi mantiqiy bog‘lanish asosida tushunishga intilish yotadi. Sabab-oqibat
bog‘lanishi maxsus tajribalar o‘tkazish yo‘li bilan aniqlanishi mumkin. Tajribalar o‘tkazishda
mustaqil o‘zgaruvchilar (narxlar, reklama xarajatlari va h.k.) almashtiriladi va bu o‘zgarishlarga
bog‘liq o‘zgaruvchilar (sotuv hajmi, bozor ulushi ko‘rsatkichi va h.k.) qanday javob qaytarishi
aniqlanadi.
Marketing tadqiqotlari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi:
•
bozorni o‘rganish (uning hajmi, dinamikasi, rivojlanish yo‘nalishi);
•
iste’molchilar xatti-harakatini o‘rganish;
•
raqobatchilar faoliyatini o‘rganish;
•
talablarni qondirish bo‘yicha firma ichki imkoniyatlarini o‘rganish;
•
marketing majmuasi unsurlarini o‘rganish (tovar, baho, sotuv, reklama);
•
marketing faoliyati huquqiy jabhalarini o‘rganish.
Ko‘rinib turibdiki, “bozorni o‘rganish” tushunchasi umuman marketing faoliyatining asosiy
jabhalarini aniqlab bersa ham “marketing tadqiqotlari” tushunchasi “bozorni o‘rganish”
tushunchasidan ancha kengroq. Ko‘pchilik yirik chet el firmalari (80 foiz atrofida) o‘z xususiy
marketing tadqiqoti bo‘limlariga ega. Bunday bo‘limlar tarkibida sotsiologlar, psixologlar,
statistiklar, dasturchilar va boshqa shu kabi xodimlar xizmat qiladilar.
Vazifalarni belgilash. Firma oldida turgan
muammolarni aniqlash
Marketing izlanish maqsadlarini aniqlash
Potensial axborot manbalarini
belgilash
Axborot to‘plash va klassifikatsi
yalash
To‘plangan ma’lumotlarni tahlil etish
Dostları ilə paylaş: |