1. marketing va uni rivojlanishining asosiy bosqichlari ulgurji savdo


Axborot turlari va ularni turkumlash



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/206
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#177407
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   206
M.A.

3.2. Axborot turlari va ularni turkumlash 
Marketing tadqiqotlarini muvaffaqiyatli olib borish uchun birlamchi va ikkilamchi marketing 
axborotlarining optimal mosligi talab qilinadi. Marketolog tadqiqotchi X.Meffert axborot 
manbalarini tanlash matritsasini taklif etdi. Bu matritsada ichki va tashqi axborotlarni tadqiqot 
obyektiga qarab qo‘llanish chastotasi berilgan va ular ikki turga bo‘linadi: 
- birlamchi axborotlar; - ikkilamchi axborotlar. 
Iqtisodiy amaliyotda qo‘llaniladigan marketing axboroti quyidagi mezonlar bo‘yicha tasniflanishi 
mumkin: 
Ikkilamchi axborot – bu tadqiq etilayotgan muammo bilan bog‘liq bo‘lmagan, avval boshqa 
maqsadlarda to‘plangan ma’lumotlar.Uni kabinet tadqiqotlari, deb nomlangan ichki va tashqi 
manbalardan olinadi. Ikkilamchi axborotlar ichki manbalar, ya’ni mavjud axborotlar bo‘lib, ular 


firma faoliyatiga tegishli statistik ma’lumotlar, tovar aylanmasi, sotuv hajmi, import, eksport hajmi
reklamaga xarajatlar, ishlab chiqarish hajmi, moddiy-texnika bazasi quvvati, asosiy fondlar, budjet 
hisobotlari, tashkilotning savdo xodimlari yuborgan ma’lumotlar, iste’molchilar reklamatsiyalari 
sharxi, ishlab chiqarish rejalari va boshqalardan iborat bo‘ladi. Bu axborotlar ichki ikkilamchi 
axborotlarga kiradi. 
Tashqi ikkilamchi axborotlar esa quyidagi tashqi manbalardan olinadi: 
xalqaro tashkilotlar, hukumatlar, rasmiy statistika, maxsus adabiyotlar, ommaviy axborot 
vositalari, ilmiy tadqiqotlar, davriy matbuot, milliy va xalqaro rasmiy nashr manbalari (jurnallar, 
statistik to‘plamlar, byulletenlar, Davlat organlari nashrlari, vazirliklar yillik hisobotlari, hokimiyat 
va boshqa ma’muriy organlarning rasmiy ma’lumotlari, savdo-sanoat palatasi nashrlari va statistik 
ma’lumotlari, yillik statistik to‘plamlar, tarmoq firmalari va qo‘shma korxonalar axborotlari, maxsus 
kitoblar, jurnal va gazeta ma’lumotlari, ilmiy-tadqiqot inistitutlari, loyiha institutlari xalqaro 
simpoziumlar materiallari asosidagi nashrlar, narxlar ro‘yxati (price list), kataloglar va bukletlar, 
internet resurslarining mazmuni tahlilidan olingan va h.k. ma’lumotlar hisoblanadi. 
Tashqi axborotlarni rasmiy chop etilgan, barcha foydalanishi mumkin bo‘lgan va sindikativ 
ma’lumotlar, deb ataluvchi keng omma foydalana olmaydigan va ayrim tashkilotlar tomonidan chop 
etiladigan turlarga bo‘lish mumkin. Bunday axborot pulga sotib olinadi. Masalan, axborot-maslahat 
tashkiloti har oyda ma’lum bir tarmoq mahsuloti uchun bozor holatini baholab beradi. Bu 
axborotlarning qanchalik muhim ekanligini to‘g‘ri tanlash, turli maqsadga yo‘naltirilgan axborotlar 
aniq bir masalani hal etishga xizmat qilsa va undan kutilgan maqsadga erishilsa tegishli axborotni 
olish lozim. Ikkilamchi axborot afzalliklariga materiallarga tez va oson erishish, ularning nisbatan 
arzonligi, bir necha axborot manbalaridan birini tanlash imkoniyatini kiritish mumkin. Ammo 
ikkilamchi axborotlar kamchiliklarini ham aytib o‘tish lozim: ular eskirib qolgan, yetarli darajada 
ishonchli va to‘liq bo‘lmasligi mumkin. 
Ikkilamchi tadqiqotlarning afzalliklari quyidagilardan iborat: 

birlamchi axborotlarni dala tadqiqotlari o‘tkazib yig‘ishga qaraganda kabinet tadqiqotlari 
uchun sarf- xarajatlar ko‘p marta kam. 

ikkilamchi tadqiqotlar ko‘pincha firmaning ichki holatini tadqiq qilish uchun zarur bo‘lib, bu 
holda birlamchi axborotlarga ehtiyoj bo‘lmaydi; 
-birlamchi tadqiqotda yechilmagan masalalar va bevosita firma faoliyatiga tegishli xulosalar kabinet 
tadqiqotlari bilan amalga oshiriladi. 
Agar ikkilamchi axborotning tahlili uning yetarli emasligidan guvohlik bersa, birlamchi axborotlarni 
yig‘ish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Tajriba ko‘pchilik marketing tadqiqotlari birlamchi 
ma’lumotlarni izlash bilan olib borilishini ko‘rsatadi. 
Birlamchi axborot – bu aniq bir marketing muammosini hal qilish uchun maxsus olingan 
ma’lumotlar hisoblanadi. 



Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin