1. marketing va uni rivojlanishining asosiy bosqichlari ulgurji savdo



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/206
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#177407
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   206
M.A.

Marketing tizimi 
- F.Kotler fikricha, korxona bilan uning hamkorlari va tovar (xizmat)lari 
sotiladigan bozordagi subyektlarini o‘zaro bog‘lab turuvchi eng muhim munosabatlari va axborot 
oqimlari kompleksi (majmuyi)ni ifodalaydi. Marketing tizimiga ta’minotchilar, vositachilar, 
sotuvchilar, iste’molchilar, raqobatchilar va korxona faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan boshqa bozor 
subyektlari kiradi.
7
Marketing tizimi korxonaning bozordagi faoliyat strateiyasiga qarab shakllanadi va undagi 
o‘zgarishlar asosida yangilanaveradi. Marketing tizimining shakllanishiga va o‘zgarishiga asosiy 
sabab bozor konyunkturasi hisoblanadi. Marketing tizimi korxona tashqi muhitini ifodalovchi 
ijtimoiy-iqtisodiy, demografik, texnik-texnologik, siyosiyhuquqiy va madaniy omillar ta’sirida 
shakllanadi va faoliyat yuritadi. Uning muvaffaqiyatli faoliyati korxona imkoniyatlarini bozor 
faoliyatiga nechog‘lik muvofiqligiga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi. Shu bilan birga marketing 
tizimiga korxonaning raqobatchilari sezilarli ta’sir ko‘rsatib, ko‘pincha ularning bozor strategiyalari 
o‘zgarishi bilan tizimda yangi yo‘nalish boshlanishiga olib keladi. 
Aniq korxona uchun marketing bo‘limi haqida Nizom ishlab chiqishda korxonaning xususiyatlari: 
strategik maqsadlari, vazifalari, boshqaruvning tashkiliy strukturalari, faoliyat sohasi, biznes 
turining soni, moliyaviy, mehnat resurslari, shuningdek, qonunchilik va me’yoriy hujjatlar hisobga 
olinadi. 
F.Kotler 
marketing tizimi
tushunchasiga kompleks yondashib, uni jiddiy bozor munosabatlari va 
axborot oqimlari kompleksi deb tushunib, firmaning bozorlarga bevosita bog‘liq faoliyatiga katta 
e’tibor beradi. Bunday sharoitda firmaning ichki va tashqi muhiti tahliliga alohida e’tibor qaratish 
zarur. 
Demak, marketing tizimi – firma faoliyatining operativ va strategik yo‘nalishini belgilab beradigan 
tashkiliy, boshqaruv, rejalashtirish sohalariga tegishli to‘xtovsiz jarayon, subyektlar, vositalar va 
axborot oqimlari kompleksidir. 

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin