Professor X.Meffert tomonidan tijorat marketingining asosiy shakllari tavsiflangan.
Hududiy
jihatlariga qarab: milliy, mintaqaviy, lokal va xalqaro (eksport, global va jahon)
marketingi;
qo‘llanish sohasiga
qarab iste’mol, sanoat, investitsion va xizmatlar marketingi
xarakterlanadi.
Bugungi kunda
jismoniy shaxs yoki tashkilotning faoliyat turi
ga qarab tashkilot marketingi, shaxs
marketingi, joy marketingi, ijtimoiy marketing qo‘llaniladi.
Tarmoqli marketing
– sotish tizimi bo‘lib, mahsulot iste’molchilarining o‘zlari ham uning
tarqatish jarayonida qatnashishlari yangi tarmoqlarni yaratishlariga imkoniyat beriladi. Tarmoqli
marketing – bu tovarlarni mustaqil ravishda tarqatuvchi sotuvchi agentlarning tarmoqli tashkilotini
yaratishga asoslangan tovarlar chakana savdosining bir turidir.
Mikrodarajada
marketing ishlab chiqaruvchi va iste’molchini o‘rganish uchun dasturlar yaratiladi.
Mikromarketing
(ingl. Micromarketing)
—
iste’mol bozorining alohida geografik, demografik va
psixografik segmentlariga yo‘naltirilgan marketing dasturlari ishlab chiqilishi, mahsulotlar ishlab
chiqarilishi, firma bozor strategiyalari va reklama kompaniyalari borasidagi aniq maqsadga
qaratilgan marketing sa’y-harakatlari.
Mikromarketing – «ma’lum bir kompaniya tomonidan iste’molchilarning xohish va istaklarini
qondirgan holda tovar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga yetkazib berish bilan
bog‘liq harakatlar majmuasidir». Fransuz olimi J.J. Lamben bozor iqtisodiyoti sharoitida
makromarketingning ahamiyatini yanada batafsilroq ochib berib, uni iqtisodiy demokratiyaning
muhim omili sifatida talqin qiladi. Aynan makromarketing iste’molchini birinchi bo‘lib eshitadi va
iste’molchi talabidan kelib chiqib, investitsiyalarni, innovatsiyalarni tadbirkorlik faoliyatiga
yo‘naltiradi. Makromarketing hozirgacha nazariy jihatdan bahs — munozaraga sabab bo‘lgan
muammo hisoblanadi. 1960 – yilgacha turli marketing yo‘nalishlari o‘z diqqat – e’tiborini
makromarketing muammolariga qaratdi. Tashqi muhit o‘rganilmagan holda sotuv va iste’molchi
bilan munosabatlar o‘rnatildi. Bozor infrastrukturasining rivojlanishi jamiyatning ehtiyoj va
talablarini yuqori darajada o‘rganish muhimligiga urg‘u berdi. AQShda o‘sha davrda marketingni
jamiyatning bir faoliyati turi, deb ham qarashgan (R. Xollovey, Dj. Fiska, R. Xinkok va b.).
Dostları ilə paylaş: