•
Butun bir tizimni qamrab oladi.
•
Bu samarali va adolatlimi?
Savdo va moliya sohasida marketing hozirgi kunda juda keng qo‘llanmoqda. Turizmning
rivojlanishi
tabiiyki, turizm marketingini, ta’lim xizmati bozorlarining kengayishi ta’lim xizmatlari
marketingiga ehtiyojni keltirib chiqardi.
Agromarketing
esa oziq-ovqat mahsulotlari va qishloq xo‘jaligi sohasining o‘ziga xos tadqiqotlar
kompleksidir.
Notijorat tashkilotlarda marketing falsafasi vositalariga kompleks yondashuv talab etiladi.
Bunga
sabab quyidagilardir.
•
Notijorat tashkilotlar maqsadlarining ko‘p qirraliligi va daromadni oshirish maqsadining
yo‘qligi
•
Qabul qilinayotgan qarorlarning tavakkalchilikka asoslanganligi tufayli daromadning
pasayishiga
olib kelishi
•
Notijorat tashkilotlar bozorida raqobatning kuchliligi
•
Davlatning notijorat tashkilotlarga e’tiborining kuchliligi
Ko‘rib chiqilgan marketing tavsiflaridan tashqari (Amerika,
Skandinaviya, G‘arbiy Yevropa)
maktablarining marketing klassifikatsiyalari mavjud.
Global marketing
– jahon iqtisodiyotining globallashuv jarayonida trans milliy korporatsiyalar
tomonidan qo‘llanilayotgan faoliyat bo‘lib, zamonaviy telekommunikatsiya va
axborot
texnologiyalari asosida global marketing strategiyalaridan foydalanadi. Jahon yagona bozor, deb
qaraladi va bir xil marketing strategiyasi qo‘llaniladi. Masalan, “Pepsi Cola”, “Coca-Cola”,
“Macdonalds”, “Adidas”, “Sony”, “Toshiba” va boshqa kompaniyalar faoliyati.
4.1- jadval
Dostları ilə paylaş: