1. marketing va uni rivojlanishining asosiy bosqichlari ulgurji savdo


Ishlab chiqarish va savdo sohasi bu



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/206
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#177407
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   206
M.A.

Ishlab chiqarish va savdo sohasi bu: 
-Iste’molchiga zarur bo‘lgan tovarni yaratish va ishlab chiqarish qobiliyati (tovar siyosati). 
-Tovarga iste’molchini jalb eta oladigan qiymat bera olish qobiliyati (narx siyosati). 
-Tovarni iste’molchi uchun imkoniyatli qila olish qobiliyati (savdo siyosati). 
Iste’molchilarga axborot berishga yo‘naltirilgan kommunikativ soha: 

Reklamani. 

Xususiy savdoni. 
-Jamoatchilik bilan aloqalarni. 

Savdoni rag‘batlantirishni yaratadi. 
Mutaxassislarning baholashlaricha, korxonalar tomonidan marketing sohasidan hozirda juda sust 
foydalaniladi: analitik – 30 %, ishlab chiqarish va savdo – 45 %, kommunikativ – 29 %. 
Marketingni tashqi sohasi rivojlanish bosqichlarini ham quyidagicha ajratish mumkin: 
-marketing taqsimlash vositasi sifatida; 
-sotish vazifasi sifatida marketing vazifalarini tashkiliy jamlash; -marketingni mustaqil xizmatga 
ajratish; 
-marketing korxonaning asosiy vazifasi sifatida. 
Marketing taqsimlash vositasi sifatida shuning bilan tariflanadiki, bu bosqichda tovarlarni sotish 
muammo emas, shuning uchun marketing bu bosqichda sotish vazifalari bilan cheklanadi. 
Marketing faoliyatining bunday tashkiliy tuzilmasi AQSh va Germaniyada 50-yillarning 
o‘rtalarigacha mavjud bo‘lgan. 
Sotish bilan bog‘liq muammolar va marketingning ahamiyatini yaxshi tushunish muhim tashkiliy 
o‘zgarishlarga olib kelgan, ya’ni sotish bo‘yicha faoliyat bitta rahbar ixtiyoriga o‘tgan, bunday 
tuzilma 50-yillardagi Amerika va 70-yillargacha Germaniya uchun xos bo‘lgan. 


Marketing faoliyati rivojlanishining uchinchi bosqichi korxonaning boshqa xizmatlari bilan teng 
huquqli bo‘lgan marketing ixtisoslashgan xizmatining paydo bo‘lishi bilan tariflanadi. Bunday 
xizmat mahoratni rejalashtirish va rivojlantirish, narxini tashkil qilish, mahsulotning tashqi 
ko‘rinishi, idishi va nomi haqidagi masalalarini hal qiladi. Shuning bilan birga har bir bo‘lim o‘z 
manfaatlarini o‘ylaydi, shu sababli ularni tashkil etishda eng muvofiq kombinatsiyalari yo‘q va 
marketingning ahamiyati ham uncha katta emas. 
Korxona marketing talablarini mo‘ljal qilib faoliyatning boshqa sohalarini qamrab olishi keyingi 
bosqich bo‘ladi, ya’ni marketingga asosiy vazifa sifatida qaraladi. Shuning uchun barcha bo‘limlar 
marketing xizmatiga bo‘ysunadi. Lekin amaliyotda teskari holatlar ham uchrab turadi. Masalan, 
ayrim Germaniya va AQSh kompaniyalarida maxsus marketing bo‘limlari qisqartirilib boshqarish 
tizimidan chiqarilgan. 
Marketing korxona (firma) faoliyatiga to‘liq holda yoki qisman integratsiyalashuvi mumkin. Qisman 
integratsiyada marketing firmaning turli huquqiy xizmat ko‘rsatishini bildiradi. To‘liq integratsiyada 
marketing asosiy funksiya hisoblanadi. Mamlakatimiz va xorij tajribalar shuni ko‘rsatadiki, 
ko‘pchilik korxonalar rivojlanishning uchinchi bosqichida turibdi. To‘liq integratsiya - ko‘proq 
umumiy ehtiyoj tovarlari sohasidagi Amerika korxonalarida qo‘llanilgan. Korxonada marketingni 
rivojlanishi qabul qilinayotgan qarorlar birligini ta’minlovchi uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish, 
marketing vazifalarini bajarish bo‘yicha bo‘linmalar faoliyatining o‘zaro aloqalari va 
muvofiqlashuvini talab qiladi. Bu o‘z navbatida, kompleks maqsadli guruhlarni matritsali tashkil 
qilish va yaratish yordamida marketing tizimini tatbiq etishning keyingi bosqichiga o‘tishga imkon 
beradi. Shu bilan birga ta’kidlash kerakki, korxonada marketingni tatbiq etish avvalo ma’lumotlarni 
yig‘ish, ishlab chiqish va jamlash tizimini, ya’ni marketing axborot tizimi (MAT)ni tashkil qilishini 
talab qiladi. 
Korxonada marketingning ichki sohasi o‘sib borish ahamiyati uning tashkiliy tuzilmasida o‘z aksini 
topadi. Marketingni boshqarish – tovar va xizmatlarga bo‘lgan talabni oshirish, foydani ko‘paytirish 
uchun bajariladigan rejalashtirish, tashkil etish, muvofiqlashtirish, nazorat, audit va rag‘batlantirish 
funksiyalari majmuyidan iborat. Marketingni boshqarish marketing faoliyatini intensivlashtirsh 
vositasi va falsafasi sifatida ko‘rilib, uning maqsadi sotuvni tashkil etish va rag‘batlantirish emas, 
balki firma tovar va xizmatlariga raqobatli bozor sharoitida talabni boshqarishdir. F.Kotler fikricha, 
marketingni boshqarish –firma oldida turgan maqsadga yetish uchun kerakli vaqtda, kerakli darajada 
firma tovarlariga talabni shakllantirishdir. J.J.Lamben esa bu tushunchaga xaridorlarning yangi 
talablarini shakllantirish va rag‘batlantirish, deb tarif bergan. Marketingni boshqarish bozorda 
firmalarning raqobat ustunligini ta’minlash va shakllantirish uchun yo‘naltirilgan faoliyat bo‘lib, u 
o‘z ichiga quyidagi tahlil turlarini oladi. 
1.
Tashqi muhit tahlili. 
2.
Vaziyatli tahlil. 
3.
Bozor istiqbolini belgilash. 
4.
Korxona imkoniyatlarini aniqlash. 
5.
Bozordagi maqsad va strategiyani ishlab chiqish. 


6.
Konkret vaziyatda korxonaning marketing maqsadlarini rejalashtirish. 
7.
Marketing – miks rejasini ishlab chiqish. 
8.
Marketing rejasini amalga oshirish, tashkil etish, boshqarish, nazorat va natijani baholash. 
Shunday qilib, marketingni boshqarish ijtimoiy-iqtisodiy tizimning turli iyerarxik boshqaruv 
pog‘onasida marketingning funksional va institutsional faoliyatini integrallashgan, ya’ni bir-biriga 
chambarchas bog‘langan holda boshqaradi. 

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin