4.
1-rasm. Marketingni vazifaviy tashkil qilish doirasidagi mahsulot bo‘yicha boshqaruv
Mahsulot bo‘yicha boshqaruv mahsulotni rejalashtirish, bozorga moslashish,
xizmatlarni
muvofiqlashtirishni yaxshilashi mumkin. Dastur qanchalik turli-tuman bo‘lsa, korxona shunchalik
kuchli diversifikatsiyalashgan va bozori jadallashgan, mahsulot bo‘yicha marketing xizmatini tashkil
qilish shunchalik yaxshiroq mos tushadi. Bunday tuzilma divizionli, deb ataladi. Qoidaga ko‘ra u
korxonani vazifalar bo‘yicha emas, balki obyektlar bo‘yicha tashkil qilishni ko‘zda tutadi, buning
ustiga obyektlar sifatida mahsulotlar, mijozlar, bozorlar va h.k.lar harakat qilishlari mumkin.
Bundan tashqari marketingni tashkil
qilish mijozlar, grafik alomatlar bo‘yicha ham ko‘riladi.
Firmalar marketing xizmati tuzilmasining eng qulay mo‘ljalini tanlashga harakat qilib, marketing
xizmatini segmentli mo‘ljallashga murojaat qiladilar. Marketing tuzilishining segmentli
mo‘ljallanishi shundan iboratki, har bir marketing - boshqaruvchi bo‘lajak xaridorlarning
belgilangan segmentlari bilan, bu segment qanday geografik bozorda bo‘lishidan qat’iy
nazar ishlash
uchun javob beradi. Marketing xizmati tuzilishining mo‘ljalini tanlashdan qat’iy nazar u quyidagi
belgilangan talablarga javob berishi kerak:
-alohida bo‘linmalarning huquqlari, majburiyatlari;
-huquq doiralarining tartibga solinishini ta’minlovchi epchillik, uyushqoqlik, muntazamlik,
moslashuv hamda ularni firmaning uzoq muddatli strategiyasiga mosligi.
-Marketing xizmati ko‘lamining samaradorlik darajasi va tovarlarni sotish hajmiga mos kelishi.
O‘zbekiston Respublikasi korxonalari tashqi bozorga chiqishi uchun marketing keng ko‘lamda
zarur, jumladan, eksport va import sotuvlar hajmini hisobga olish ham juda muhim.
Tuzilmaning ishlab chiqarilgan mahsulotlar va xizmatlarning turlari bo‘yicha mos kelishi o‘ziga xos
ahamiyatga ega. Firma, korxona, assotsiatsiya tarkibida tuzilma tovar
tamoyili asosida tuzilgan
bo‘lishini, kompleks bozor siyosati masalalarini hal qilish esa xo‘jalik mustaqilligi berilgan alohida
tezkor bo‘linma doirasida to‘plangan bo‘lishi kerakligini bildiradi.
Tashkiliy tuzilmaning sotish bozorlari soni va hajmiga mos kelishi, avvalo, tashkiliy tuzilmani
bozorni segmentlarga bo‘lib guruhlash, iste’molchilarning alohida guruhlariga darajalangan
yondashishni qo‘llashi, ularning eng yaxshi xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilganligi ko‘zda tutiladi.
Ixtisoslashgan bo‘linmada rahbarlikning eng yuqori darajada strategik boshqaruvning markazlashuvi
eng yuqori boshqaruv xodimlarini strategik masalalarni hal qilishda
faol ishtirok etish
imkoniyatlarini nazarda tutadi.
Korxonada marketingning asosiy maqsadi – faoliyatni berilgan vaqt chegarasida mablag‘lar bilan
ta’minlanishi doirasida rentabellikni ta’minlash va belgilangan xo‘jalik hisobidagi foydani olishdan
iborat.
Yapon firmalarining tan olingan yetakchilarining fikricha marketingning asosiy maqsadlari
quyidagilardan iborat:
•
sotish hajmi;
•
o‘sish sur’ati;
•
bozordagi ulush;
•
rejalashtirilgan foyda, foyda miqdori, foydani sotish hajmiga nisbati, butun sarmoyaga
nisbatan foydaning me’yori, foydaning hissadorlik sarmoyaga munosabati va h.k.
larda aks
ettirilishi mumkin;
•
sarmoyaning tarkibi, ya’ni yordamga berilgan sarmoyalarni aktivlarning umumiy miqdoriga
nisbati.
Qo‘yilgan maqsadlarga muvofiq marketingning bozor vaziyatlarini ko‘proq ilmiy-texnik taraqqiyot
tomonidan aniqlanadigan talabning to‘lov qobiliyati va tovarning tarkibidagi tendensiyalarini
bashorat qilishga mo‘ljallanganlini qo‘llab-quvvatlash darkor. Mamlakatimiz tajribasi
ko‘rsatishicha, marketing xizmatlarini tashkil etish turli xil tartibda amalga oshirilishi mumkin.
Ammo shuni ta’kidlash kerakki, bunday xizmat qoidaga ko‘ra, bosqichma-bosqich korxonaning turli
xil bo‘linmalariga tarqatib yuborilgan marketingning barcha asosiy vazifalari birlashtirib
shakllantiriladi. Shuning bilan bir vaqtda korxonaning marketing xizmati birga emas, balki
bir necha
bo‘linmalar bilan ko‘rsatilishi mumkin. Bunday holatda barcha marketing vazifalarini aniq
muvofiqlashtirish kerak.
4.2-jadval
Dostları ilə paylaş: