Benchmarking – marketing tadqiqoti funksiyasi sifatida. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ko‘pgina
firmalarning raqobat afzalligi ko‘plab tashqi va ichki omillarga bog‘liq bo‘lib, tadbirkorlikning turli
subyektlari bilan samarali hamkorlik va muloqot o‘rnatish juda muhim hisoblanadi. Raqobat
kurashida kutilmagan holatlarga duch kelish, marketing tashqi muhiti, ya’ni makro muhiti omillari
ta’siriga duch kelish hollarida yengilmaslik uchun marketing tizimining subyektlari bilan
hamkorlikni kuchaytirish zarur.
Benchmarking – ingliztilida standart, mo‘ljal ma’nosini anglatadi. Firma o‘z faoliyatida qaysi
mo‘ljalga, raqobatchining qaysi kuchli tomoniga asoslanib o‘zini rivojlantirishi, kuchli tomonlarini
ko‘paytirishi, qanday yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish orqali o‘z afzalligini kuchaytirishi
mumkin, degan savollarga amaliy javob topib, keyingi xatti-harakatini rejalashtirishi kerak.
Amaliyotda
marketing tadqiqotlari, deganda iste’molchilar, raqobatchilar, xaridorlar haqida
axborot to‘plash, saqlash, qayd qilish va ularni tahlil qilish tushuniladi. Ular asosida mahsulot
assortimentini o‘zgartirish, narx — navo siyosatini qayta ko‘rib chiqish, sotishni tashkil qilishni
takomillashtirish kabi vazifalar hal qilinadi. Lekin bu ma’lumotlar firmaning ichki ko‘rsatkichlarini
tahlil qilishga hech qanday aloqasi yo‘q. Masalan, nima uchun mahsulot tannarxi oshib ketib, firma
mahsulotining narxi raqobatchi firmanikiga qaraganda yuqori narx bo‘ldi, nima uchun tovar
aylanmasi dinamikasi tushib ketdi, nima uchun korxona foydasi kichik va hokazo savollarga javob
topish uchun ichki moliyaviy hisob-kitoblarni amalga oshirish kerak. Iste’molchilarni
so‘rovnomadan o‘tkazishda tovar, uning xususiyatlari, narxi, foydaliligi kabi savollarga javob olib,
undagi fikrlarga qarab ma’lum tadbirlar ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. Benchmarking hozirgi
sharoitda firmaning raqobat afzalliklari, raqobatdoshligi o‘sishini va samarali tadbirkorlik
strategiyasini shakllantirishda marketing tadqiqotlarining falsafasi va vositasi bo‘lib hisoblanadi