Mintaqaviy iqtisodiyot



Yüklə 366,91 Kb.
səhifə1/11
tarix19.12.2023
ölçüsü366,91 Kb.
#184462
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Gaipov Kurs ishi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
RAQAMLI IQTISODIYOT VA INNOVATSIYALAR FAKULTETI
IQTISODIYOT KAFEDRASI
IQTISODIYOT (TARMOQLAR VA SOHALAR BO‘YICHA) YO‘NALISHI
MINTAQAVIY IQTISODIYOT” FANIDAN


KURS ISHI

MAVZU: MINTAQALAR RAQOBATBARDOSHLIGI VA RAQOBAT USTUNLIGI

Topshirdi: 96-20 guruh talabasi Gaipov Umid
Qabul qildi: katta o‘qituvchi Mamajonova S.V.


GULISTON-2023
MUNDARIJA




KIRISH

3

1.

Raqobatning iqtisodiy tushunchasi va mohiyati

6

2.

Mintaqa raqobat afzalliklari mohiyati va raqobat ustunligini mintaqalar misolida baholash

9

3.

Mintaqalarning barqaror iqtisodiy o‘sishini rag‘batlantirishning chet el tajribasi

21

4.

O‘zbekiston mintaqalari raqobat afzalliklari va raqobatbardoshligini oshirish strategiyasi

28




XULOSA

40




FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

44



KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi. Bugungi kunda jahon iqtisodiyotida xarid talabining pasayishi va shunga muvofiq tarzda halqaro bozorda xomashyo, materiallar, ayniqsa, tayyor mahsulotlar bo‘yicha raqobatning yildan-yilga kuchayib borayotgani bilan ham bog‘liq, albatta. Mamlakatimizda ishlab chiqarish hajmini kengaytirish va raqobatdosh mahsulotlarning yangi turlarini o‘zlashtirish bo‘yicha qabul qilingan birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturiga muvofiq, 2018-2022-yillarda hisob-kitoblar bo‘yicha qiymati 6 milliard 200 million dollar bo‘lgan 270 dan ziyod investitsiya loyihasini, shuningdek, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo‘yicha tarmoq dasturlarini amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda.
Mazkur vazifani amalga oshirish ko‘p jihatdan mamlakatimiz mintaqalarining tabiiy-iqtisodiy salohiyatining raqobatbardoshlik afzalliklaridan (ustunliklaridan) samarali foydalanishni dolzarb qilib qo‘ymoqda. Mintaqalarda strategik ahamiyatga ega va raqobatbardosh ayrim foydali qazilma konlarini o‘zlashtirish, xomashyoni qayta ishlash korxonalarini joylashtirish borasida katta yutuqlarga erishildi. Mintaqalardagi mavjud tabiiy-iqtisodiy salohiyatdan, uning afzalliklaridan to‘la va samarali foydalanilanish zarur. Mintaqa raqobatbardoshlik afzalliklari mahsulot tannarxi va bahosiga, uning sifat ko‘rsatkichlariga, eksport salohiyatiga, barqaror iqtisodiy o‘sishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi. Mintaqalarning raqobatbardoshlik afzalliklarini aniqlash, ichki va jahon bozori konyukturasidan kelib chiqqan holda chuqur ilmiy tahlil qilish asosida ularning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini va aholi farovonligini oshirish hozirgi kunning muhim vazifalaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Oʻzbekistonning jahon iqtisodiyoti bilan aloqalari tobora rivojlanib bormoqda. Bu esa ichki bozorda raqobat muhitini taʼminlash, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatdoshligini oshirishni talab etadi. Meni tashvishlantiradigan masala shuki, korxonalarimiz tashqi raqobatga bardosh bera oladimi? Chetdan tovar kirib kelsa, yurtimizda ishlab chiqarilgan xuddi shunday mahsulot unga raqobatchi boʻla oladimi? Mahalliy mahsulotlarning tannarxini pasaytirsak, xorijdan oʻzlari olib ketishadi. Raqobat boʻlmasa, sifat boʻlmaydi, narx tushmaydi. Zamon oʻzgaryapti, lekin monopol korxonalar oʻzgara olmayapti. Qatʼiy choralar koʻrish vaqti-soati keldi. Iqtisodiyotda bu hayot-mamotimiz. Agar rahbarlar shunga munosib boʻlsa, ishlaydi, boʻlmasa – ketadi1.
Demak, mamlakatimiz mintaqalarida iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida amalga oshirilayotgan ustuvor yo‘nalishlar bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan raqobatbardoshlik masalalari bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi.

Yüklə 366,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin