Mintaqaviy iqtisodiyot


§2. Mintaqa raqobat afzalliklari mohiyati va raqobat ustunligini mintaqalar misolida baholash



Yüklə 366,91 Kb.
səhifə4/11
tarix19.12.2023
ölçüsü366,91 Kb.
#184462
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Gaipov Kurs ishi

§2. Mintaqa raqobat afzalliklari mohiyati va raqobat ustunligini mintaqalar misolida baholash.
O‘zbekistonda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini yumshatishga va bartaraf etishga qaratilgan choralar o‘zining samarali natijasini bermoqda. Qabul qilingan inqirozga qarshi tadbirlar dasturida iqtisodiyotni erkinlashtirish, ichki imkoniyatlardan keng foydalanish va iste’mol bozorini kengaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, infratuzilma ob’ektlarini barpo qilish, xizmat sohalarini barqaror rivojlantirish, yangi ish joylarini tashkil qilishga alohida e’tibor berilgan. Yuqorida qayd etilgan ustuvor tadbirlar asosan mintaqalarda amalga oshirilmoqda.
Oxirgi yillarda mintaqalarni majmuali rivojlantirish, ularning tabiiy-iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish, xududlarda kichik biznes va tadbirkorlik, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini tashkil etish, bandlik muammosini hal qilishga qaratilgan chora-tadbirlar hukumat tomonidan ishlab chiqilib, amalga oshirilayotganini alohida takidlash lozim.
Mamlakat mintaqalariga nisbatan e’tiborning yanada kuchayganligini va ularning iqtisodiy o‘sishidagi o‘rni oshganligi barqaror iqtisodiy o‘sishning qo‘shimcha imkoniyatlari va zaxiralarining mavjudligi, turli mulk shakllariga asoslangan iqtisodiyot sohalarining va korxonalarining ma’lum hudud doirasidagi faoliyatini tartibga solish zaruriyati, maqsadli davlat dasturlarini va hukumat qarorlarining aniq mintaqalarda amalga oshirilishi va ularning samaradorligi, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik muammolarni o‘zaro birlikda hal qilish imkoniyatining yuqoriligi, islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan bo‘lgan sanoat korxonalari va xizmatlarni barqaror rivojlantirishda mahalliy xomashyo va talabning mavjudligi, aholining ehtiyojini qondirish, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, yangi ish joylarini tashkil qilish asosida bandlikni oshirishda hududlarning o‘ziga xos xususiyatlari va manfaatlarini hisobga olish zaruriyati kabi omillar bilan izohlash mumkin.
Davlat tomonidan mustaqillik yillari mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tartibga solinishiga katta e’tibor qaratilmoqda. Raqobatbardoshlik mintaqalar iqtisodiyotini tartibga solishda ko‘p jihatdan muhim o‘rin tutadi. Umuman olganda, raqobatbardoshlik iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida eng dolzarb masalaga aylangan. "Yangi O‘zbekiston – raqobatbardosh mahsulotlar yurti" g‘oyasi asosida milliy brendlarni xorijiy bozorlarga olib chiqadigan eksportchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash lozim2 , - deb ta’kidlagan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev. Raqobatbardoshlikning mohiyatini tushunish va uni amalga oshirish uslublarini o‘rganish iqtisodchi olimlar hamda mamlakat va mintaqalar darajasidagi boshqaruv idoralari tomonidan katta qiziqish bilan olib borilmoqda.
Raqobatbardoshlik tushunchasi yigirma birinchi asrda ommaviylashgan holda dunyoda mintaqaviy siyosatni belgilab beruvchi asosiy tamoyilga aylanmoqda. Kuchli raqobatbardosh mintaqalarni shakllantirish bir tomondan mintaqalararo raqobatning kuchayishini bildirsa, boshqa tomondan mamlakatda barqaror yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlariga erishishning omili hisoblanadi. Raqobat munosabatlarining kuchayishi ham mintaqalarning rivojlanishi darajasini tenglashtirishga ko‘maklashadi.
Quyidagi ikki yo‘l orqali mintaqaviy rivojlanishning barqaror sur’atlariga erishish mumkin:
- tashqi qo‘llab-quvvatlash va mintaqalar o‘rtasida manbalarni qayta taqsimlash;
- mintaqa ichki zahiralaridan va raqobatbardoshlik afzalliklaridan oqilona foydalanish.
Yurtimizda mintaqalar rivojlanishini markazlashtirilgan holda tartibga solishga alohida e’tibor qaratilmoqda, bu esa bozor iqtisodiyotiga o‘tish va tub institutsional o‘zgarishlar sharoitida o‘zining samarasini bermoqda. Mahalliy hokimiyatlar va xususiy tadbirkorlarning tashabbuskorligini rivojlantirish uchun yanaga kengroq imkoniyatlar berish maqsadga muvofiqdir.
Shuningdek, mintaqalar raqobatbardoshligini oshirish jarayonida ijobiy natijalar bilan birga salbiy oqibatlar ham bo‘lishi mumkinligi sir emas. Ya’ni ulardan birining iqtisodiy salohiyatining kuchayib ketishi ikkinchisining ortda qolishiga sabab bo‘ladi. Ushbu jarayon mintaqalarning ixtisoslashuvini va raqobat afzalliklarini aniqlashni, shuningdek, tashqi bozorda mustahkam o‘rin egallash uchun o‘zining rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishni talab etadi.
Biroq, bizning fikrimizcha, yaqin kelajakda O‘zbekiston sharoitida mintaqalar o‘rtasida raqobatbardoshlik jarayoni tarmoqlar va korxonalar o‘rtasidagi kabi aniq bir ko‘rinishga ega bo‘lmaydi. Ushbu jarayon yetarlicha uzoq va murakkab jarayon bo‘lib, mintaqalarning raqobatbardoshlik salohiyatini mustaxkamlash bosqichma-bosqich o‘z yechimini talab etadi. Mamlakatimiz sharoitida dastlabki bosqichda investitsiyalarni va strategik zahiralarni markazdan qayta taqsimlash yordamida mintaqalarning raqobat afzalliklaridan samarali foydalanish orqali ularning raqobatbardoshligini oshirish maqsadga muvofiqdir.
Mintaqalar raqobatbardoshligi nazariyasi bugungi kunda endi shakllana boshlagan korxonalar o‘rtasidagi raqobatga asoslanadi. Mintaqaviy raqobatbardoshlik tushunchasiga asosiy yondashuvlar ichidan quyidagilarni alohida ta’kidlab o‘tish mumkin.
Amerikalik iqtisodchi M.Porter mintaqalararo, milliy va dunyo miqyosidagi darajalarda mintaqaviy raqobatbardoshlik tushunchasiga yondashuvni korxonalar faoliyatida raqobat ustuvorliklaridan foydalanishga bog‘lash mumkinligini taklif etgan3. Uning fikricha, aniq bir mamlakatning raqobatbardoshligini ta’minlash “romb qoidasi” asosida amalga oshiriladi, ya’ni quyidagi to‘rt asosiy shart-sharoit va imkoniyatlarni davlat o‘zining iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etadi: birinchidan, malakali ishchi kuchi yoki infratuzilmalarning mavjudligi kabi ishlab chiqarish omillari, ikkinchidan, ichki bozordagi talab, uchinchidan, o‘zaro turdosh va aloqador tarmoqlar, to‘rtinchidan, barqaror strategiya va raqobat.
Mamlakat miqyosidagi raqobatbardoshlikni ta’minlashdagi nazariy yondashuvlar, o‘sish mezonlari bo‘yicha mintaqalarning iqtisodiy salohiyati mintaqaviy raqobatbardoshlikka ham to‘g‘ri keladi. Mintaqalar hududida zamonaviy klasterlarni tashkil etish va rivojlantirish nuqtai nazaridan mintaqaviy raqobatbardoshlikni oshirishga bog‘liqdir. Ma’lum bir hududdagi zamonaviy klasterlarning raqobati bevosita mintaqaviy raqobatbardoshlikning o‘sishiga, rivojlanish strategiyasini amalga oshirishga, innovatsiyalarni joriy etish va mamlakat miqyosida ixtisoslashuvning mustahkamlanishiga imkoniyat yaratadi.
Mintaqaviy raqobatbardoshlik tushunchasi asosan korxona va tarmoqlar raqobatbardoshlik prinsiplariga asoslangan holda turli ko‘rinishda ifoda etilgan. Raqobatbardoshlik (mamlakat va mintaqada) – bu iqtisodiy sub’ekt yoki tovarning boshqa tovarga nisbatan o‘zining yuqori o‘rnini saqlab turishi va uni yaxshilashdir. Nisbiy afzalliklardan samarali foydalanish mintaqaviy raqobatbardoshlikning asosiy maqsadidan biri hisoblanadi. Mintaqalar o‘rtasidagi raqobatni keng ma’noda mahalliy hokimiyatlarning faol faoliyati bilan bog‘lash mumkin. Har bir mintaqa uchun raqobatbardoshlikni oshirish omillarini aniqlash va ulardan samarali foydalanish juda muhim. Bu omillar alohida mintaqalarning o‘ziga xos xususiyatiga bog‘liq bo‘lishi bilan bir qatorda umumiy ko‘rinishga ham ega.
Mehnat resurslarining mavjudligi, ularning bandligi, ish joylarining aholining ta’lim va malakasiga bog‘liqligi, aholi daromadlarining darajasi, ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarining rivojlanganligi, bolalar va yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar, ekologik vaziyat, tabiiy iqlim va boshqalar aholi bilan bog‘liq raqobat omillarining asosini tashkil etadi.
Korxonalarning samarali faoliyat olib borishi uchun qulay sharoit yaratish raqobat omillarining korxonalarga ta’siri doirasida asosiy yo‘nalishini belgilaydi. Jumladan, tabiiy-iqtisodiy salohiyatning nisbiy afzalliklaridan foydalanish, soliq, bojxona, kredit imtiyozlari berish, ijtimoiy va iqtisodiy barqarorlik, asosiy klasterlarni mintaqada shakllantirish imkoniyatlarining o‘rni yuqori. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada kengaytirish va qo‘llab-quvvatlash mamlakatimiz va mintaqalarda ularni barqaror rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishi raqobat omillari bo‘lib hisoblanadi. Mahalliy sharoitdan kelib chiqqan holda kichik biznesni rivojlantirish uchun qulay imkoniyatlar yaratilganligi mintaqalarning boy tabiiy-iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanishga keng yo‘l ochib beradi.
Mintaqalarga investitsiyalar jalb qilishda va raqobatbardoshlikni oshirishda infratuzilma ob’ektlarini joylashtirish va rivojlantirish muhim o‘rin egallaydi. Mahalliy byudjet va korxonalarning moliyaviy resurslaridan ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini qurishda unumli foydalanish lozim.
Mintaqaviy salohiyat tushunchasi murakkab bo‘lib, uning asosiy elementlari zahiraviy, aholi turmush darajasi, moliyaviy, ekologik, tashkiliy salohiyatlardan iborat. Shu bilan birga modernizatsiyalash orqali mintaqaviy boshqaruvning raqobatbardoshligini oshirish muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, strategik boshqaruv tizimini shakllantirish va mintaqaning o‘ziga xos bo‘lgan raqobatbardoshlik afzalliklarini keng targ‘ibot qilish muhim ahamiyatga ega.
Strategiyada quyidagilar alohida belgilab ko‘rsatilishi lozim: mintaqaviy iqtisodiyotning kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlash va raqobat afzalliklarini shakllantirish; tadbirkorlarning raqobatbardosh mahsulotlar va xizmatlar ishlab chiqarishlariga qaratilgan qulay sharoitlar yaratish; markaziy va hududiy organlarning, tadbirkorlar va investorlarning, shuningdek, mintaqa aholisining hamkorligini tashkil etish.
Strategiyani ishlab chiqish bosqichlari quyidagilardan iborat: mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini va o‘ziga xos xususiyatlarini baholash, shu jumladan, barqaror rivojlanishdagi mavjud muammo va nomutanosibliklarni aniqlash; mintaqaviy zahiralar salohiyatini tahlil etish, yer-suv, yoqilg‘i-energetika, mineral-xomashyo va mehnat zahiralarining balans hisob-kitoblarini amalga oshirish; mintaqalarni majmuali ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasining konsepsiyasini ishlab chiqish. Shuningdek, rivojlanishning turli ssenariylari va variantlarini ishlab chiqish; barqaror rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari va ustuvor yo‘nalishlarini asoslash; strategiyada belgilangan ustuvor yo‘nalishlar, maqsad va vazifalarni amalga oshirishni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish; mamlakat mintaqalarini rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlariga erishish mexanizmlari va moliyalashtirish manbalarini aniqlash.
Alohida mintaqalarning raqobat ustuvorliklarini va rivojlanishidagi o‘sish nuqtalarini aniqlash strategiyasini ishlab chiqish asosiy vazifalardan hisoblanadi. Raqobatbardoshlikni oshirishda mintaqaning o‘ziga xos o‘rni, xususiyatlari, afzalliklari va salohiyatini keng targ‘ib qilish orqali investorlarni jalb qilish uslubidan keng foydalanish maqsadga muvofiq.
Bu uslub nisbatan yangi bo‘lib, raqobat jarayonlari bilan asoslanadi. O‘z o‘rnini ko‘rsata bilishning turli darajalari mavjud. Mintaqa darajasida bu jarayon alohida shaharlar va tumanlar o‘rni o‘ziga xos salohiyatini turli maqsadli guruhlarga (tadbirkorlar, jamoatchilik, boshqaruv organlari) ko‘rsata bilishidan iborat. O‘z o‘rnini ko‘rsata bilish mamlakat doirasida amalga oshiriladi. Bunda mintaqalarning (hududiy-ma’muriy bo‘linishga asoslangan) mamlakatda tutgan o‘rnini nisbiy taqqoslash turli ko‘rsatkichlar orqali aniqlanadi. Shuningdek, har bir mintaqaning salohiyati, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi o‘rni, investitsion jozibadorligi ko‘rsatilishi mumkin.
Miqdoriy jihatdan baholash mintaqalarning raqobatbardoshligini o‘rganishning asosiy yo‘nalishi hisoblanadi. Baholash turli uslubiy yondashuvlar asosida amalga oshirilishi mumkin. Ushbu uslubiy yondashuvlar ko‘p jihatdan raqobatbardoshlikni tarmoqlararo baholash bilan o‘zaro bog‘liqdir. Sanoatning (tarmoqlar va tovarlar) raqobatbardoshligini baholashning eng ommalashgan usullari Quyida keltirilgan (2-rasm).

1.2.1. Sanoa





Yüklə 366,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin