Mintaqaviy iqtisodiyot


-jadval. O‘zbekistonda raqobat afzalligiga ega bo‘lgan sanoat tarmoqlari13



Yüklə 366,91 Kb.
səhifə9/11
tarix19.12.2023
ölçüsü366,91 Kb.
#184462
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Gaipov Kurs ishi

2-jadval.
O‘zbekistonda raqobat afzalligiga ega bo‘lgan sanoat tarmoqlari13

Guruhlar

Iqtisodiyot sektorlari

Iqtisodiyot tarmoqlari

Raqobat afzalliklari

Kuchli raqobat mavqeiga ega bo‘lgan tarmoqlar

Xom ashyo va qazib chiqarish

Rangli metallurgiya, paxtani qayta ishlash, neft-gaz, og‘ir sanoat

Yuqori raqobatbardoshlik afzalliklariga ega

Nisbiy raqobatbardoshlik mavqeiga ega bo‘lgan tarmoqlar

Iste’mol tovarlari ishlab chiqarish

Mashinasozlik, avtomobilsozlik, yengil, kimyo, oziq-ovqat

Nisbiy past raqobatbardoshlik afzalliklariga ega

Potensial raqobatbardoshlik mavqeiga ega tarmoqlar

Yuqori qo‘shilgan qiymatga ega tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish

Mikroelektronika-axborot kompleksi, farmasevtika, mikrobiologiya

Potensial rivojlangan raqobatbardoshlik afzalliklariga ega

Qayta ishlash tarmoqlarida birinchi kategoriyali kuchli raqobatbardosh guruhga sanoatning quyidagi xom-ashyo va qazib chiqarish sektorlari kiradi: neft-gaz, rangli metallurgiya, paxtani qayta ishlash sanoati. Ushbu tarmoqlar hissasiga mamlakat sanoat eksportining 70 foizdan ortig‘i to‘g‘ri keladi. Tashqi bozorda tarmoqni raqobatbardoshligini aks ettiruvchi ko‘rsatkich hisoblangan umumiy sanoat ishlab chiqarish hajmida eksport mahsulotlari ulushi o‘sish tendensiyasiga ega: rangli metallurgiyada 72 dan 85 foizga, qora metallurgiyada 28,2 dan 55 foizga, neftegazda 20,1 dan 47 foizga, paxta tozalashda 87 dan 90 foizga o‘sgan. Ushbu tarmoqlarning raqobatbardoshlik indikatori boshqa ishlab chiqarish turlariga nisbatan ancha yuqori hisoblanadi.


Ikkinchi guruh raqobatbardoshlik salohiyatiga ega bo‘lgan istemol tovarlari ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan tarmoqlarga quyidagilar kiradi: yengil sanoatning qayta ishlash tarmoqchalari, oziq-ovqat sanoati, avtomobilsozlik. Mahalliy istemol tovarlari raqobatbardoshligi indeksi xom ashyo ishlab chiqarishdagi shakllangan raqobatbardoshlik ko‘rsatkichiga nisbatan birmuncha past. Umumiy ishlab chiqarish xajmida eksport mahsulotlarini yengil sanoatdagi ulushi 35 foiz, mashinasozlikda 25,5 foiz, oziq-ovqat sanoatida 5 foiz. Ushbu tarmoqlarning tashqi bozordagi raqobatbardoshligi sanoatning o‘rtacha darajasidan taxminan 20-25 foiz past hisoblanadi14.
Umuman olganda sanoat tarmoqlarining raqobatbardoshligini pastligi muammosi saqlanib qolmoqda. Qayta ishlash sektori tarmoqlaridagi asosiy mahsulotlarini ishlab chiqarishni ichki xarajatlari jaxondagi o‘rtacha narx darajasiga yaqinlashib qolgan holda, ba’zi mahsulotlar turlari bo‘yicha o‘rtacha jaxon baxosiga nisbatan yuqori. Ushbu tendensiya moddiy texnika va energetika xarajatlari ulushini yuqori darajada saqlanib qolayotganligi bilan belgilanadi.
Milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini ta’minlashda mamlakat sanoati yetakchi o‘rin tutadi. Shuning uchun mamlakat sanoatning raqobatbardoshligini oshirish va barqaror o‘sish sur’atlarini ta’minlash uchun quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur:

  • texnologik jarayonlarni takomillashtirish hamda hom ashyo, material va energiya resurslari sarf me’yorini 10-15% ga tushirish hisobiga tannarxni pasaytirish va ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish, 2015 yilga borib sanoatda sarflanadigan energiya ulushini kamida 30% kamaytirish15;

  • ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini va sanoat bo‘yicha yiliga mexnat unumdorligini 6-7% ga oshirish, foydalanish va noishlab chiqarish xarajatlarni qisqartirish, xodimlar sonini optimallashtirish;

  • sanoat tarmog‘ida faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalardagi ma’naviy va jismoniy jihatdan eskirgan ishlab chiqarish vositalarini yangilashni jadallashtirish, ishlab chiqarish quvvatlarini yanada modernizatsiyalash hamda korxonalarda jahon andozasi talablari darajasida muvaffaqiyatli sinovdan o‘tgan zamonaviy texnologiyalarni jadal joriy etish;

  • ishlab chiqarishni samarali diversifikatsiyalashuvi va an’anaviy tarmoqlar eksportini (neft-gaz sanoati, rangli metallurgiya, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, shu jumladan paxtani) ta’minlovchi xom-ashyo resurslarini qayta ishlashni chuqurlashtirish yo‘nalishlariga innovatsiyani qo‘llash;

  • kichik biznes va xususiy tadbirkorlar ishtirokida fan sig‘imkorligi yuqori bo‘lgan, yuqori texnologik loyihalar doirasida innovatsiyalarni moliyalashtirish Fondini yaratish;

  • yirik korxonalarga investitsiyalarni jalb qilish va yuqori texnologik mahsulot eksportini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha samarali xalqaro innovatsion xamkorlikka jalb qilish mexanizmlarini yaratish;

  • mahalliy mahsulotlar sotish bozorlarini o‘rganish va ularning mos bozor segmentlaridagi o‘rnini aniqlash yo‘nalishida marketing tadqiqotlarini amalga oshirish;

  • bozor “signallari”ni doimiy mavjud masshtabi va turli xil tovar va xizmatlarga istiqboldagi talabi, ularning texnik, iqtisodiy va ekspluatatsion darajasiga talablar monitoringini (ichki va tashqi) tashkil etish;

  • texnologiyalar transferti sohasida xalqaro hamkorlikning huquqiy mexanizmlarini yaratish;

  • yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish uchun bojxona qonunchiligini va ma’murchiligini takomillashtirish;

  • korxonalar moliyaviy faoliyati samaradorligini oshirish: sanoat tarmoqlari korxonalari tarkibining moliyaviy menedjer va boshqaruvchilari tayyorlash darajalarini oshirish16.

Respublikamiz mintaqalar iqtisodiyotini rivojlantirish va raqobatbardoshligini oshirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish tizimi quyidagilardan iborat:
Birinchi bosqich - O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi.
Ikkinchi bosqich - O‘zbekistonni hududiy rivojlantirish strategiyasi;
Uchinchi bosqich - Mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va raqobatbardoshligini oshirish strategiyasi
To‘rtinchi bosqich - Mintaqalarning tuman va shaharlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi
Yuqorida taklif etilayotgan har bir bosqichning o‘z maqsad va vazifalari, amalga oshirish mexanizmlari va dastaklari, aniq ishlab chiquvchilari va amalga oshiruvchilari bo‘lishi lozim.
Mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va bosqichma-bosqich raqobatbardoshligini oshirish strategiyasi mintaqa raqobatbardoshligini shakllantirish maqsad va vazifalarini aniqlash, asosiy ustuvor yo‘nalishlar va maqsadli ko‘rsatkichlarni asoslash, nisbiy raqobat afzalliklari va zaxiralar salohiyatidan oqilona foydalanishga asoslanadi.
Iqtisodiyotni rivojlantirish va raqobatbardoshlikni oshirishning uzoq muddatli strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari birinchidan, umummilliy manfaatlarning va mamlakat miqyosida iqtisodiyotni modernizatsiyalashning ustuvor yo‘nalishlarini hisobga olish. Ikkinchidan, yagona iqtisodiy hududni tashkil etish va mintaqalararo iqtisodiy integratsiyani rivojlantirish. Uchinchidan, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni tartibga solishda davlat, mintaqa va tarmoqlar mafaatlarining mos kelishi. To‘rtinchidan, har bir hududning tabiiy-iqtisodiy salohiyatining o‘ziga xos xususiyatlarini, ularning raqobat afzalliklarini klasterlashtirish usuli imkoniyatlari orqali hisobga olish, beshinchidan, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasini amalga oshirishning qonuniy-huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy mexanizmlarini shakllantirish, turli mintaqaviy darajalarda raqobatbardoshlikni kuchaytirish hisoblanadi.
Mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi boshqaruv va tartibga solishning turli darajalarida mintaqalarni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda asos bo‘lib xizmat qiladi.
Olib borilayotgan islohotlarni hisobga olgan holda O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning uzoq muddatli strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari sifatida iqtisodiy rivojlantirishning yuqori va barqaror sur’atlarining samaradorligini hamda makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlash, mahalliy xomashyoni qayta ishlash va dunyo bozorlarida raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish negizida industrial tarmoqlarni jadal rivojlantirish asosida iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, uni diversifikatsiya qilish, xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish, yangi, zamonaviy, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni tashkil etish va mavjudlarini qayta texnik qurollantirish hamda modernizatsiya qilishni ta’minlashga yo‘naltirilgan faol investitsiya siyosatini olib borish, erkin iqtisodiy zonalar va texnoparklarni shakllantirish, bozorlarni iste’mol tovarlari va xizmatlar bilan to‘ldirish, aholi daromadlari va turmush farovonligini oshirish hamda aholi bandligi muammosini hal etishning asosiy omili sifatida kichik va xususiy biznesni jadal rivojlantirishni ta’minlash, ishlab chiqarish infratuzilmalarini, xususan mamlakat va mintaqalar iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishning asosiy omili sifatida yagona transport kommunikatsiyalar tizimini shakllantirish, logistika markazlarini tashkil etish, aholi daromadlari va farovonligini barqaror oshirishning keng ko‘lamli ijtimoiy dasturlarini amalga oshirishni ko‘rsatish mumkin.
Shu ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari bevosita ishlab chiqilgan va amalga oshirilayotgan o‘rta muddatli davrlarga mo‘ljallangan iqtisodiyotning alohida sektorlari va tarmoqlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish maqsadli davlat dasturlaridan kelib chiqadi.
Dasturlarni tizimlashtirish, umumlashtirish va tahlil qilish natijalari iqtisodiyot va uning alohida sektorlarini rivojlantirishning bir qator maqsadli ko‘rsatkichlarini aniqlash imkonini berdi.
Maqsadli ko‘rsatkichlar yalpi ichki mahsulotning o‘sishi, (yiliga o‘rtacha 7-8%), YaIMda sanoatning ulushini oshirish (30%gacha), YaIMda xizmatlar sohasining ulushini 55%ga, kichik biznesning ulushini 60% ga yetkazish, har yili bir millionga yaqin yangi ish joylarini tashkil qilishdan iborat bo‘lishi kerak.
Istiqbolda O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari mamlakat mintaqalarining rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishda asos bo‘lib xizmat qiladi.
Avvalambor, yetarli darajada rivojlanmagan mintaqalar iqtisodiyotini jadal rivojlantirish hisobiga mintaqalararo ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdagi farqni bosqichma-bosqich qisqartirishni ta’minlash rivojlantirish strategiyasining asosiy maqsadlaridan biridir. Dasturlarni tizimlashtirish, umumlashtirish va tahlil qilish natijalari iqtisodiyot va uning alohida sektorlarini rivojlantirishning bir qator maqsadli ko‘rsatkichlarini aniqlash imkonini berdi. Maqsadli ko‘rsatkichlar yalpi ichki mahsulotning o‘sishi, (yiliga o‘rtacha 7-8%), YaIMda sanoatning ulushini oshirish (30%gacha), YaIMda xizmatlar sohasining ulushini 55%ga, kichik biznesning ulushini 60% ga yetkazish, har yili bir millionga yaqin yangi ish joylarini tashkil qilishdan iborat bo‘lishi kerak.17
Istiqbolda O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari mamlakat mintaqalarining rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishda asos bo‘lib xizmat qiladi. Avvalambor, yetarli darajada rivojlanmagan mintaqalar iqtisodiyotini jadal rivojlantirish hisobiga mintaqalararo ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdagi farqni bosqichma-bosqich qisqartirishni ta’minlash rivojlantirish strategiyasining asosiy maqsadlaridan biridir.
Ma’lumot uchun keltirib o‘tadigan bo‘lsak, 2010-2020 yillarda mamlakat mintaqalarida jon boshiga yalpi hududiy mahsulot ishlab chiqarishdagi farq darajasini 4,4 martadan 2,5 martagacha, sanoatda 22,0 dan 10,0 gacha, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishda 2,3 martadan 2,0 martagacha, mahsulotlar eksportida 20,0 martadan 12,0 martagacha, xizmat ko‘rsatishda 10,0 dan 5,0 martagacha, pul daromadlari bo‘yicha 6,0 martadan 3,0 martagacha kamaytirish nazarda tutilgan.
Yuqorida bayon etilgan prinsipial yo‘nalishlarni xisobga olgan holda mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va raqobatbardoshligini oshirish strategiyasini ishlab chiqish mumkin. Ushbu strategiyaning ustuvor yo‘nalishlari va asosini mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik yo‘nalishlari, mintaqalarni rivojlantirishning yagona majmuali strategiyasi, amalga oshirilgan chuqur tahlil va mavjud ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat, muammo va nomutanosibliklarni aniqlash, ishlab chiqarash salohiyatini miqdor va sifat jihatdan baholash, mintaqaning boy tabiiy-iqtisodiy zahiralaridan foydalanish samaradorligini belgilash, nisbiy raqobat afzalliklaridan xo‘jalik yuritishda keng foydalanish zarurligi tashkil etadi. Ko‘rib chiqilgan qulay omillar va noqulay shart-sharoitlarni hisobga olgan holda, mintaqani barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va raqobatbardoshligini oshirish strategiyasida bir qator dolzarb masalalarni hal etish lozim.
Ushbu strategiyaning bosh maqsadi mintaqa tabiiy-iqtisodiy salohiyatining raqobat afzalliklaridan samarali foydalanish asosida aholi turmush darajasini oshirish hisoblanadi.
Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish strategiyasi va hududiy manfaatlar nuqtai nazaridan viloyat raqobatbardoshligini oshirishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
iste’mol tovarlari ishlab chiqarishdagi mavjud raqobat afzalliklaridan foydalanish samaradorligini oshirish (engil va oziq-ovqat sanoati, yoqilg‘i-energetika majmuasi va boshqalar);
mineral xomashyo bazani hisobga olgan holda bir qator yangi sanoat tarmoqlarini tashkil etish (metallurgiya, sement sanoati va boshqalar);
boy tabiiy-iqtisodiy zahiralardan, avvalambor qishloq xo‘jaligi xomashyolaridan, mahalliy qurilish materiallaridan, o‘sib borayotgan demografik salohiyatdan va mehnat bozoridan samarali foydalanish (mahalliylashgan va mehnat kuchini ko‘p talab qiladigan ishlab chiqarishni tashkil etish);
qo‘shni mintaqalar, shu jumladan xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy hamkorlik salohiyatidan, shuningdek, mahsulotlar va xizmatlar (transport, turistik, rekreatsion va boshqalar) eksportini sezilarli darajada oshirish uchun viloyatning qulay tranzit imkoniyatlaridan foydalanishni kengaytirish;
mintaqaviy iste’mol bozorini shakllantirish va rivojlantirish hisobiga aholi uchun ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash, aholi farovonligini bosqichma-bosqich oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish (aholi daromadlarining jadal o‘sishi, ijtimoiy infratuzilma va xizmat ko‘rsatish sohasi ob’ektlarini rivojlantirish va boshqalar);
atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (er, suv, mineral-xomashyo zaxiralari va boshqalar);
mintaqaning investitsiya jozibadorligini oshirish, mahalliy va xorijiy investorlar uchun rag‘batlantirishning samarali mexanizmlari va shakllarini joriy etish (mintaqaviy klaster tizimlarini rivojlantirish, erkin iqtisodiy zonalarni shakllantirish va boshqalar).
Asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish istiqbollarini alohida ta’kidlab o‘tish maqsadga muvofiq. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilishda, transport va boshqa xarajatlarni kamaytirish, yetkazib berish muddatlarini qisqartirish hisobiga ularning raqobatbardoshligini oshirishda yo‘llarning qulishishi keng imkoniyatlar ochib beradi. Bularning barchasi fermer va dehqonlar daromadining barqaror o‘sishini ta’minlaydi.
Yangi ish o‘rinlarining tashkil etilishi, aholi daromadlarining oshishi, ijtimoiy infratuzilmalar va xizmat ko‘rsatish sohalarining rivojlanishi transport kommunikatsiyalarining eng asosiy ijtimoiy samarasi hisoblanadi.
XULOSA
Mintaqaviy raqobatbardoshlik tushunchasining umum tomonidan qabul qilingan ta’rifi mavjud emas. Mintaqalarning raqobat afzalliklaridan samarali foydalanish asosida raqobatbardosh tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishni tashkil etish va aholining turmush darajasini oshirish mintaqaviy raqobatbardoshlik deyiladi.
Respublikamiz mintaqalari o‘z kelajaklarini aniq ko‘ra olishlari lozim. Uzoq muddatli ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni amalga oshirish va raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirishning asosi sifatida rivojlanish strategiyasini ishlab chiqarish kerak. Mintaqaviy rivojlanishni tartibga solishda strategik yondashuvsiz raqobatbardoshlikni oshirish juda murakkabdir. Mintaqaviy rivojlanish strategiyasi bevosita mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishning umumiy strategiyasidan kelib chiqishi, hududlarda joylashgan shaharlar va tumanlarning rivojlanishi uchun mavjud shart-sharoitlar bilan bog‘langan bo‘lishi lozim.
Mintaqaning raqobatbardoshlik darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy salohiyatlar quyidagilar hisoblanadi: tabiiy zaxiralar, inson omili, moliyaviy, ekologik va institutsional salohiyatlar. Mintaqaning raqobatbardoshligi ko‘p jihatdan nisbiy afzalliklarga, ya’ni, birinchidan, tabiiy boyliklarga; ikkinchidan, mintaqani davlat tomonidan tartibga solishning samaradorligiga; uchinchidan, fan, texnika va texnologiyaning rivojlanganlik darajasiga, innovatsion salohiyat yutuqlaridan foydalanishga bog‘liq.
Klaster bu – o‘zida qiymat hosil qiluvchi yagona zanjir doirasida bozor institutlarini va iste’molchilarni, mustaqil ishlab chiqarish servis shakllarini, ta’minotchilarni, texnologiya va nou-xaular yaratuvchilarini o‘zaro birlashtiruvchi tizimdir. Mintaqaviy klaster bu – aniq bir mintaqada raqobatbardosh mahsulotlar (xizmatlar) ishlab chiqaruvchi, o‘zaro aloqador va bir-biriga geografik jihatdan yaqin joylashgan korxonalar guruhidir.
Amaliy tajribalarning ko‘rsatishicha, mintaqaviy klasterlar o‘zaro aloqador kompaniyalar va firmalarning natijaviyligi va samaradorligini oshiradi, mintaqadagi innovatsion faollikni rivojlantiradi, yangi korxonalarni tashkil etishga ko‘maklashadi.
Mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini davlat tomonidan tartibga solish borasidagi xorijiy tajribalarni tahlil qilish va ularni umumlashtirish quyidagi natijalarni beradi:
a) mintaqani majmuali ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning aniq ishlab chiqilgan strategiyasining zarurligi;
b) iqtisodiy islohotlarning milliy modelini hisobga olgan holda nomarkazlashtirish, mintaqalararo integratsiya, atrof-muhitni muhofaza qilish kabi umumiy tendensiyalarga mintaqaviy siyosatni bosqichma-bosqich moslashtirish;
v) mintaqalarni rivojlantirishda byudjetlararo munosabatlarni hal etish bilan bir qatorda investitsiya siyosatini amalga oshirishga e’tibor qaratish maqsadga muvofiq;
g) mintaqaning majmuali va barqaror rivojlanishini tartibga solishning asosiy omili sifatida infratuzilmalarni shakllantirish muhim ahamiyatga ega;
Amalga oshirilgan hisob-kitoblar natijasida mintaqalar raqobatbardoshlik darajasi bo‘yicha uchta guruhga ajratilgan.
Birinchi guruh yuqori raqobatbardoshlik darajasiga ega bo‘lgan mintaqalar qatoriga Buxoro, Toshkent, Qashqadaryo viloyatlari kirgan.
Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish strategiyasi va hududiy manfaatlardan kelib chiqqan holda viloyat raqobatbardoshligini oshirishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilar bo‘lishi asoslangan: iste’mol tovarlari ishlab chiqarishdagi salohiyatning samaradorligini oshirish; mineral xom-ashyo bazasiga asoslangan yangi korxonalarni tashkil etish; o‘sib borayotgan demografik salohiyatdan va mehnat bozoridan unumli foydalanish; mahsulotlar va xizmatlar eksportini oshirish uchun qulay tranzit imkoniyatlaridan keng foydalanish; atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish; viloyatning investitsiya jozibadorligini oshirish.
Mintaqalar raqobatbardoshligini oshirishning uzoq muddatli strategiyasining bir qator omillar va imkoniyatlardan foydalanishni hisobga olgan holda turli variantlari hisob-kitob qilingan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, uzoq muddatli istiqbolda o‘rtacha yillik o‘sish sur’atlari yalpi hududiy mahsulot bo‘yicha – 11-12%ni, sanoatda – 20-25%ni, qishloq xo‘jaligida – 6-7%ni, eksportda – 20-35%ni, xizmatlar sohasida – 20-24%ni, aholi daromadlarida – 18-24%ni tashkil etadi. O‘rta va uzoq muddatda viloyat iqtisodiyotining o‘sish sur’atlari mamlakat darajasidan yuqori bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
Mintaqalar raqobat afzalliklaridan oqilona foydalanish mexanizmi sifatida klasterlar tizimini shakllantirish taklif etilgan.
Taklif etilayotgan mintaqaviy klasterlar avvalambor tabiiy zaxiralarga asoslanadi. Oziq-ovqat, energetika, qurilish, tranzit, turizm va rekreatsiya tarmoqlaridagi korxonalarni joylashtirish va rivojlantirish orqali klasterlarni shakllantirish lozim.
Mintaqaviy klasterlarni tashkil etishda viloyatlarning mavjud raqobat afzalliklarini investorlar o‘rtasida targ‘ib etish muhim ahamiyatga ega. Aniq tadbirlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: yirik xalqaro sport tadbirlarini doimiy o‘tkazish, mintaqada salohiyatga bag‘ishlangan ko‘rgazmalarni tashkil qilish, xalqaro forumlar va konferensiyalar o‘tkazish, yirik firma va kompaniyalarning bosh ofislarini ochish va boshqalar.
Mintaqalarda yangi o‘sish nuqtalarining tashkil etilishi yaqin atrofda joylashgan qishloqlarning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga va, umuman, viloyatning raqobatbardoshligini oshirishga turtki bo‘ladi.
O‘zbekistonda to‘plangan tajriba asosida faoliyat olib borayotgan korxona va tashkilotlar uchun tegishli imtiyozlar va qulayliklar berilishi maqsadga muvofiqdir. Takliflar:
- mintaqalarning raqobat afzalliklaridan samarali foydalanish lozim;
- raqobatbardosh tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishni tashkil etish va aholining turmush darajasini oshirish kerak;
- respublikamiz mintaqalari o‘z kelajaklarini aniq ko‘ra olishlari lozim.
- mintaqaviy rivojlanishni tartibga solishda strategik yondashuv raqobatbardoshlikni oshirishga xizmat qiladi;
- raqobatbardoshlikni ko‘p jihatdan salohiyatning mavjudligi va darajasi bilan aniqlash kerak.
- mintaqaviy klasterlar ishlab chiqish kerak;
- mintaqani majmuali ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning aniq ishlab chiqilgan strategiyasi zarur;
- iqtisodiy islohotlarning milliy modelini hisobga olgan holda nomarkazlashtirish, mintaqalararo integratsiya, atrof-muhitni muhofaza qilish kabi umumiy tendensiyalarga mintaqaviy siyosatni bosqichma-bosqich moslashtirish kerak;
- mintaqalarni rivojlantirishda byudjetlararo munosabatlarni hal etish bilan bir qatorda investitsiya siyosatini amalga oshirishga e’tibor qaratish maqsadga muvofiq;
- mintaqaning majmuali va barqaror rivojlanishini tartibga solishning asosiy omili sifatida infratuzilmalarni shakllantirish muhim ahamiyatga ega;
- mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish strategiyasi va hududiy manfaatlardan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi lozim;
- mintaqalar raqobat afzalliklaridan oqilona foydalanish mexanizmi sifatida klasterlar tizimini shakllantirish taklif qilinadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI


  1. Yüklə 366,91 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin