Mintaqaviy iqtisodiyot


§1. Raqobatning iqtisodiy tushunchasi va mohiyati



Yüklə 366,91 Kb.
səhifə3/11
tarix19.12.2023
ölçüsü366,91 Kb.
#184462
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Gaipov Kurs ishi

§1. Raqobatning iqtisodiy tushunchasi va mohiyati
Raqobat bozor iqtisodiyotining va umuman tovar xo‘jaligining eng muhim belgisi, uni rivojlantirish vositasi hisoblanadi. Raqobatning iqtisodiy mazmunini tushunib olish unga turli tomondan yondashishini talab qiladi. Mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar (korxonalar) o‘rtasidagi raqobat tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda o‘z mavqeini mustahkamlash uchun kurashdan iborat. Bunda ular kerakli ishlab chiqarish vositalari, xomashyo va materiallar sotib olish, ishchi kuchini yollash uchun ham kurashadi. Ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi raqobat pirovardida iste’molchilarni o‘ziga jalb etish uchun kurashni ham anglatadi.
Resurslarni yetkazib beruvchilar o‘zlarining iqtisodiy resurslarini (kapital, tabiiy resurslar, ishchi kuchi) yuqori narxlarda sotish uchun raqobatlashadilar. Ishlab chiqaruvchilar va resurslarni yetkazib beruvchilar o‘rtasidagi raqobat bozor munosabatlari rivojlangan, iqtisodiyot to‘liq erkinlashgan sharoitda yorqin namoyon bo‘ladi.
Raqobat iste’molchilar o‘rtasida ham yuz beradi: ular tovarlarni qulay va arzon narxlarda sotib olishga harakat qiladilar, ya’ni xaridorlar har bir sarflangan pul birligi evaziga ko‘proq naflilikka ega bo‘lishga harakat qiladilar. Arzon va sifatli tovarni sotib olish uchun kurashadilar. Shunday qilib, raqobat ko‘p qirrali iqtisodiy hodisa bo‘lib, u bozorning barcha subyektlari o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi. Raqobat bozor subyektlari iqtisodiy manfaatlarining to‘qnashuvidan iborat bo‘lib, ular o‘rtasidagi yuqori foyda va ko‘proq naflilikka ega bo‘lish uchun kurashni anglatadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy jarayon, voqea va hodisalarning ikki tomonlama xususiyatga ega ekanligini e’tiborga olib raqobat munosabatlarining mazmunini yoritishda ham ikki tomonlama yondashuv, taxlil va sintez qilish usulini davom ettirgan holda quyidagi ko‘rinishda ifodalash mumkin (1-rasm).

1-rasm. Raqobat ishtirokchilarining asosiy maqsadlari
Rasmdan ko‘rinadiki, raqobat kurashi ikki tomonlama: bir tomondan ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida, ikkinchi tomonidan esa iste’molchilar o‘rtasida sodir bo‘ladi. Bunda ishlab chiqaruvchilar sarflangan xarajatlarning har bir birligi evaziga ko‘proq foyda olish maqsadida raqobatlashadilar. Mana shu foyda orqasidan quvish natijasida ular orasida tovarlarni sotish doiralarini kengaytirish, qulay bozorlar, arzon xomashyo, energiya va arzon ishchi kuchi manbalariga erishish uchun kurash boradi. O‘z navbatida xaridorlar, ya’ni iste’molchilar sarflagan har bir so‘m xarajati evaziga ko‘proq naflilikka ega bo‘lish uchun kurashadilar, ularning har biri arzon, sifatli tovar va xizmatlarga ega bo‘lishga harakat qiladi.
Ishlab chiqaruvchilarning faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkor va mulk egasi sifatida erkin va mustaqil bo‘lishi raqobatning iqtisodiy asosini tashkil etadi. Chunki har bir mulk egasining o‘z manfaati bo‘lib, ular shu manfaatga erishish uchun intiladi. Mulk egasining tovar ishlab chiqarish va barcha boshqa sohalardagi faoliyati shu manfaatga bo‘ysundirilgan bo‘ladi. Bu jihatdan qaraganda raqobat erkin iqtisodiy faoliyat qiluvchi subyektlar manfaatlarining to‘qnashuvidan iborat bo‘lishini aniq tavsiflaydi. Raqobat mavjud bo‘lishining boshqa sharti tovar-pul munosabatlarining ma’lum darajada rivojlangan bozor tizimida amal qilishidir.
Raqobatning mazmuni uning vazifalarini ko‘rib chiqish orqali yanada kengroq namoyon bo‘ladi. Hozirgi bozor iqtisodiyotida raqobatning quyidagi asosiy vazifalarini ajratib ko‘rsatish mumkin:

  1. tartibga solish vazifasi;

  2. resurslarni joylashtirish vazifasi;

  3. innovatsion vazifa;

  4. moslashtirish vazifasi;

  5. taqsimlash vazifasi;

  6. nazorat qilish vazifasi.

Raqobatning tartibga solish vazifasi ishlab chiqarishni talab (iste’mol)ga muvofiqlashtirish maqsadida taklifga ta’sir o‘tkazishdan iborat. Aynan shu vazifa yordamida iqtisodiyotda taklifning talab orqali, ishlab chiqarish tarkibi va hajmining yakka tartibdagi va ijtimoiy ehtiyojlar orqali belgilanishiga erishiladi, ya’ni iqtisodiyot bozor qonunlari asosida tartibga solinadi.
Raqobatning resurslarni joylashtirish vazifasi ishlab chiqarish omillarini ular eng ko‘p samara beradigan korxona, hudud va mintaqalarga oqilona joylashtirish imkonini beradi.
Raqobatning innovatsion vazifasi fan-texnika taraqqiyoti yutuqlariga asoslanuvchi hamda bozor iqtisodiyoti subyektlarining rivojlanishini taqozo etuvchi turli ko‘rinishdagi yangiliklarning joriy etilishini anglatadi.
Raqobatning moslashtirish vazifasi korxona (firma)larning ichki va tashqi muhit sharoitlariga ratsional tarzda moslashishiga yo‘naltirilgan bo‘lib, ularning shunchaki o‘zini-o‘zi saqlab, iqtisodiy jihatdan yashab qolishidan xo‘jalik faoliyati sohalarining ekspansiyasi (kengayishi)ga o‘tishini bildiradi.
Raqobatning taqsimlash vazifasi ishlab chiqarilgan ne’matlar yalpi hajmi (yalpi ichki mahsulot)ning iste’molchilar o‘rtasida taqsimlanishiga bevosita va bilvosita ta’sir o‘tkazadi.
Nihoyat, raqobatning nazorat qilish vazifasi bozordagi ba’zi ishtirokchilarning boshqa bir ishtirokchilar ustidan monopolistik hukmronlik o‘rnatishiga yo‘l qo‘ymaslikka yo‘naltiriladi.
Raqobat kurashining mazmuni to‘g‘risida to‘laroq tushunchaga ega bo‘lish uchun uning asosiy shakllari va belgilarini ko‘rib chiqish zarur. O‘z miqyosiga ko‘ra raqobat ikki turga tarmoq ichidagi va tarmoqlararo raqobatga bo‘linadi.
Tarmoq ichidagi raqobat tovar ishlab chiqarish va sotishning qulayroq sharoitiga ega bo‘lish, yuqori foyda olish uchun bir tarmoq korxonalari o‘rtasida boradi. Har bir tarmoqdagi mavjud korxonalarda ishlayotgan ishchilarning malakasi, ularning texnika bilan ta’minlanish va mehnat unumdorligi darajalari turlicha bo‘lganligi sababli, ushbu korxonalarda ishlab chiqarilgan tovarlarning individual (alohida) qiymati bir xil bo‘lmaydi.
Tarmoqlararo raqobat turli tarmoqlar korxonalari o‘rtasida eng yuqori foyda normasiga erishish uchun olib boriladigan kurashdan iborat. Bunday raqobat kapitallarning foyda normasi kam bo‘lgan tarmoqlardan foyda normasi yuqori tarmoqlarga oqib o‘tishiga sabab bo‘ladi. Yangi kapitallar ko‘proq foyda keltiruvchi sohalarga intilib, ishlab chiqarishning kengayishiga, taklif ko‘payishiga olib keladi. Shu asosda, narxlar pasaya boshlaydi. Shuningdek, foyda normasi ham pasayadi. Kam foyda keltiruvchi tarmoqlardan kapitalning chiqib ketishi teskari natijaga olib keladi: bu yerda ishlab chiqarish hajmi o‘zgaradi, tovarlarga bo‘lgan talab ular taklif qilishidan oshib ketadi, buning oqibatida narxlar ko‘tariladi, shu bilan birga foyda normasi oshadi.
Yirik ishlab chiqaruvchilar bozordagi vaziyatni o‘zgartirish uchun o‘zlarining ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni kamaytirib tovar taklifini qisqartiradilar. Shu sababli iqtisodiy beqarorlik davrlarida ham narx barqarorligicha qolaveradi. Shunday qilib, monopoliyalar hukmron bo‘lgan sharoitda narxsiz raqobat muhim o‘rin tutadi. Buning sababi shundaki, birinchidan, monopoliyalar tovar sifatini oshirish, iste’molchilarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash yo‘li bilan sotiladigan tovar hajmini ko‘paytirishi mumkin. Ikkinchidan, ular moliyaviy jihatdan kuchli bo‘lganligi sababli mahsulotini yangilash, ishlab chiqarishni qayta jihozlash va reklamaga zarur bo‘lgan mablag‘ni sarflay oladilar.



Yüklə 366,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin