Mintaqaviy iqtisodiyot


-rasm. Mintaqaviy raqobatbardoshlikning nisbiy afzalliklari7



Yüklə 366,91 Kb.
səhifə6/11
tarix19.12.2023
ölçüsü366,91 Kb.
#184462
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Gaipov Kurs ishi

3-rasm. Mintaqaviy raqobatbardoshlikning nisbiy afzalliklari7.
Xalqaro tajribalar, shuningdek, olib borilgan ilmiy tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, geografik joylashuv va resurslarning nisbiy afzalliklari aniqlangandan keyin mintaqalarning o‘zaro raqobati vujudga kelgan. Mintaqalarning raqobatbardoshligi ko‘p jihatdan nisbiy afzalliklarga, birinchidan, tabiiy boyliklarga; ikkinchidan, mintaqani davlat tomonidan tartibga solishning samaradorligiga; uchinchidan, fan, texnika va texnologiyaning rivojlanganlik darajasi, innovatsion salohiyat yutuqlaridan foydalanish kabilarga bog‘liqdir. Ushbu jarayon tizim tarzida quyidagi ko‘rinishga ega (3-rasm).
Shuningdek, mintaqaning raqobatbardoshligi aholining turmush darajasi, infratuzilmalarning rivojlanishi, ekologik holat va boshqa bir qator omillarga ham bog‘liqligini ta’kidlash lozim. Mintaqalar raqobat ustunligi va raqobatbardoshligi darajalarini o‘lchash bo‘yicha ikki qismdan iborat ishlab chiqilgan uslubiy qoidalar mavjud:8 Birinchisi, mintaqa raqobatbardoshligini baholashning uslubiy negizini asoslash, ikkinchisi, raqobatbardoshlik darajasini hisoblash algoritmi.
Innovatsion rivojlanishga o‘tish yo‘li bilan investitsion rivojlanishga urg‘u berish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Lekin hozirdanoq jalb etilayotgan investitsiya va uning innovatsion to‘liqligiga ob’ektiv talab mavjud bo‘lganligi sababli raqobatda mintaqa iqtisodiyotining ustunligini ta’minlashda ilm-fan ham ishlab chiqarishni rivojlantirish, ham mintaqaning ijtimoiy salohiyatini shakllantirishda muhim omil hisoblanadi.
Raqobat ustunligi va raqobatbardoshlikni oshirish siyosatini ishlab chiqish va uni samarali amalga oshirishda ko‘pincha raqobatdagi ustunlik yaratilayotgan hudud uchun asosiy xususiyatlar va imkoniyatlarning qanchalik to‘liq hisobga olinganligi mintaqaviy organlar tomonidan muhim ahamiyatga ega bo‘lib qolishini alohida ta’kidlash joiz. Globallashuv jarayonlarini hisobga olgan holda firmalarni joylashtirishning yangi mezonlarini shakllantirish, shuningdek, bunga yordam beruvchi mintaqaviy rivojlanish omillari yig‘imining aniq tasavvur qilinish mulkdorlar oldida yuzaga kelayotgan eng muhim shartlardan biri hisoblanadi.
Mintaqa iqtisodiyotining raqobat ustunligi va raqobatbardoshligini ta’minlashda faqat ishlab chiqarishning barcha omillarini va mintaqaning o‘ziga xos xususiyatlarini, salohiyatini va imkoniyatlarini e’tiborga olgan holdagina iqtisodiy siyosatni amalga oshirish o‘zining ijobiy natijasini berishi mumkin.
Ko‘p hollarda mamlakat iqtisodiyoti va uning xo‘jalik sub’ektlarining raqobat ustunligi va raqobatbardoshligi ularning innovatsiyalarni qabul qila olish qobiliyatiga bog‘liq bo‘ladi. Kichik hajmlardagi texnik mukammal mahsulot yoki joriy etilayotgan texnologiya samara bermasligi mumkin, chunki ularni yaratish uchun sarflangan harajatlar yangi bilimlar va texnologiyalar bilan yaratilgan mahsulot chiqarishning optimal miqdoriga emas, balki kichik hajmdagi ishlab chiqarishga mo‘ljallangandir.
Bugungi kun talabidan kelib chiqadigan bo‘lsak, davlatning makroiqtisodiy tartibga soluvchi rolini kuchaytirishning zarurligi yaqqol ko‘zga tashlanmoqda, lekin bu boshqaruvning rejali buyruqbozlik tizimiga qaytishini anglatmaydi. Davlatning tartibga soluvchi roli bevosita yoki bilvosita ravishda raqobatbardoshlikning darajasi va dinamikasiga, xo‘jalik sub’ektlari va boshqaruv tuzilmalari faoliyatiga ta’sir qiladigan omillar yig‘indisiga kiritiladi.
Dunyo tajribasining natijalari shuni ko‘rsatadiki, davlat biznesni turli xil shakllaridagi korporatsiyalar xo‘jalik faoliyatini ularga kredit berish, milliy va xorijiy sheriklarining eksport-import operatsiyalarini siyosiy tavakkalchiliklardan sug‘urtalash yo‘li bilan tartibga soluvchi huquqiy me’yorlar va qonunlar vositasida qo‘llab-quvvatlaydi; soliq stavkalari, aksizlar, bojxona bojlari va boshqalarni tartibga soladi.
Keyingi vaqtlarda mamlakat iqtisodiy siyosatining barcha bo‘g‘inlarida innovatsiyalarni rag‘batlantirish uchun qulay sharoitlarni yaratish va davlatning iqtisodiy, ilmiy-texnik va tashqi iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlarida yangiliklarni tatbiq etish yo‘li bilan raqobatbardoshlikni oshirishdagi roli kuchaydi. Bu esa o‘z navbatida tovar ishlab chiqaruvchilarga fiskal yukining kamaytirilishi, innovatsion jarayonlarni qo‘llab-quvvatlash uchun davlat mablag‘larining optimal ravishda oshirilishini talab qiladi.
Yirik milliy, transmilliy va ko‘p millatli kompaniyalar jahon iqtisodiyotida raqobat ustunligi va raqobatbardoshlikning yuqori darajalari eng avvalo yuqori texnologiyada buyumlarni ishlab chiqish, yaratish va tijorat nuqtai nazaridan o‘zlashtirishda muhim o‘rin tutadi.
Innovatsion tizimning o‘zlashtirilishi nafaqat ilmiy-texnik mahsulotning yaratilishiga, balki uning muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga, ya’ni uning amaliy jihatdan targ‘ib etilishiga ham yordam berishi lozim. Bu sharoitlarda olimlar va muhandislarning, kichik, o‘rta va venchur (qo‘shma) korxonalarning innovatsion salohiyatidan faol foydalanish, biznes inkubatorlarni rivojlantirish maqsadga muvofiqdir. Mahalliy tovarlar va xizmatlarning raqobatbardoshligini oshirish muammolarini yechish, tartibga solishni isloh qilish ham bevosita tegishlidir. O‘z ma’nosiga ko‘ra mahsulot ishlab chiqarish sifatining yangi standartlariga va xizmat sohasini modernizatsiyalashga o‘tishni bildiradi.
Intellektual salohiyatni va kasbiy ta’lim sifatini ko‘tarish – butun iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirishning muhim omili hisoblanadi. AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Skandinaviya davlatlari, Yaponiya, Janubiy Koreya, Hindiston, Xitoy va boshqa rivojlangan mamlakatlarda mos holdagi tarmoq bo‘yicha professional tayyorgarlikka va hamma ma’lumotga ega bo‘lgan personallardan foydalanishga asoslanish evaziga rivojlanishi kuchli bo‘lgan va bo‘lib qolayotgan tarmoqlar eng raqobatbardosh tarmoqlar bo‘lib hisoblanadi. Mintaqa raqobat ustunligi va raqobatbardoshligini ta’minlash, barcha korxonalar, mintaqalar va butun iqtisodiyotning samarali ishlashi uchun fanda va amaliyotda ma’lum bo‘lgan barcha ishlab chiqarish, moddiy, xom-ashyo, kadrlar salohiyati, investitsiyalar, keng axborot bazalari, tashabbuskorlik, tadbirkorlik, ishbilarmonlik va boshqa shu kabilar harakatga keltirilishi lozim. Mazkur omillardan kompleks ravishda oqilona foydalanish nafaqat korxonalarning, balki mintaqalarning rivojlanishini va oqibatda butun iqtisodiyotning rivojlanishini ta’minlaydi.

Yüklə 366,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin