Mintaqaviy iqtisodiyot


-rasm. Sanoatning raqobatbardoshligini baholash usullari4



Yüklə 366,91 Kb.
səhifə5/11
tarix19.12.2023
ölçüsü366,91 Kb.
#184462
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Gaipov Kurs ishi

2-rasm. Sanoatning raqobatbardoshligini baholash usullari4
Mamlakatlarning raqobatbardoshlik darajasini baholash uchun Xalqaro moliya tashkilotlari to‘rt yuzga yaqin ko‘rsatkichli ko‘p omilli modeldan foydalanish mumkin. Bunda ko‘rsatkichlar sakkizta umumlashtirilgan omillarga guruhlashtirilgan (iqtisodiy salohiyat, tashqi savdo, davlat tomonidan tartibga solish, moliya-kredit tizimlari, infratuzilma, boshqaruv tizimi, ilmiy-texnikaviy salohiyat, mehnat resurslari)5.
Mazkur uslubni mintaqalarning raqobat o‘rnini aniqlashda ham qo‘llash mumkin. Uning mohiyati mintaqalarning nisbiy o‘rnini tavsiflaydigan alohida ko‘rsatkichlarni umumiy ko‘rsatkichlarga umumlashtirishdir. Mintaqalar raqobatbardoshligini baholashning ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarga asoslangan turli uslublari mavjud. Ular mamlakat ishlab chiqarish kuchlarini hududiy tashkil etishda har bir mintaqaning roli va o‘rni to‘g‘risidagi umumiy holatni ko‘rsatib beradi, xolos. Bunda istiqbolda tabiiy-iqtisodiy salohiyat hisobga olingan holda har bir mintaqaning raqobat ustuvorliklari to‘liq ochib berilmaydi.
Alohida tadqiqotchilar va mutaxassislar tomonidan raqobatbardoshlik ko‘rsatkichlar tizimi turlicha tanlanadi va umumlashtiriladi. Reyting (rang) hisob-kitoblariga asoslangan mintaqalarning raqobatbardoshligini baholash uslubiyotlari keltirilgan (1-jadval).
1 - jadval
Mintaqalarning raqobatbardoshlik ko‘rsatkichlari tizimi 6

Mintaqaning iqtisodiy salohiyati ko‘rsatkich-lari tizimi

Mintaqaviy samaradorlik ko‘rsatkichlari tizimi

Raqobat ustuvorliklari ko‘rsatkichlari tizimi

Mehnat resurslarining soni, ming kishi

Iqtisodiyotda band bo‘lgan 1 kishi hisobiga YaHM ishlab chiqarish, mln so‘m /kishi

Iqtisodiyotda band bo‘lgan 1 kishi hisobiga to‘g‘ri keladi-gan asosiy fondlarning qiymati, mln so‘m

Kichik korxonalarda band bo‘lgan ishchilarning o‘rtacha oylik soni, ming kishi

Sanoatda band bo‘lgan 1 kishi hisobiga YaXM ishlab chiqarish, mln so‘m /kishi

Mintaqada yashovchi 1 kishi hisobiga to‘g‘ri keladigan asosiy kapitalga investi-siyalarning hajmi, mln so‘m

Iqtisodiyot tarmoqlari asosiy fondlarining qiymati, mln. so‘m

Mintaqada 1 so‘mlik asosiy fond hisobiga YaHM ishlab chiqarish, so‘m.

Mintaqada band bo‘lgan aholining umumiy sonida kichik korxonalarda band bo‘lganlarning ulushi, %

Qishloq xo‘jalik yerlari va sug‘oriladigan yerlarning maydoni, ming ga.

Sanoatdagi 1 so‘mlik asosiy fond hisobiga YaXM ishlab chiqarish, so‘m

Temir yo‘l tizimlarining zichligi, 1000 km2 hududdagi yo‘llarning uzunligi

Mahalliy byudjetning umumiy respublika daromadlari tarkibidagi ulushi, %.

YaHMning 1 so‘mi hisobiga to‘g‘ri keladigan ish haqi, so‘m

Avtomobil yo‘llarining zichligi, 1000 km2 hududdagi yo‘llarning uzunligi

Asosiy kapitalga investitsiyalar, mlrd.so‘m

Sanoatda mehnat unumdorligi, so‘m

So‘nggi besh yilda paxtaning o‘rtacha hosildorligi, s/ga.

Yalpi hududiy mahsulot, mlrd. so‘m.

1 so‘mlik sanoat mahsuloti hiso-biga YaXM ishlab chiqarish, so‘m.

__


Reyting usuliga asoslangan iqtisodiy rivojlanish, ijtimoiy soha, aholi daromadlari va jamg‘armasi, Rossiya Fanlar akademiyasi olimlari tomonidan ma’lum bir davr oralig‘idagi ixtisoslashuv kabi jaryonlarni tavsiflovchi 23 ta ko‘rsatkichlar asosida amalga oshirilgan.


Fikrimizcha, mintaqaning raqobatbardoshligi ko‘p jihatdan salohiyatning darajasi bilan aniqlanadi. Aynan salohiyatni baholash modellariga asoslangan yondashuv mintaqaning raqobat ustuvorliklarini aniq ko‘rsatib beradi. Bunda mintaqaning raqobatbardoshligini shakllantiruvchi asosiy turdagi salohiyatlarni to‘g‘ri tanlash muhim ahamiyatga ega. Mintaqa raqobatbardoshlik darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy salohiyatlar - tabiiy resurslar salohiyati, inson omili, moliyaviy, ekologik va institutsional o‘zgarishlar hisoblanadi.
Geografik joylashuv, agroiqlim sharoitlari, yer-suv, mineral-xomashyo va mehnat resurslarini o‘zida jamlovchi tabiiy resurslar salohiyati raqobatbardoshlik darajasini oshirishning boshlang‘ich bosqichida asosiy rol o‘ynaydi. Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishning ushbu omillaridan foydalanish darajasi jamiyatning innovatsion-rivojlanish modeliga o‘tilishi munosabati bilan nisbatan pasayishi mumkin.

Fan va texnika yutuqlarini joriy etish

Boshqaruvning samarali tashkiliy tarkibini shakllantirish

Mintaqalarning iqtisodiy-geografik joylashuvi va resurslari bilan bog‘liq bo‘lgan nisbiy raqobat afzalliklari







Yüklə 366,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin