Mintaqaviy iqtisodiyot


§3. Mintaqalarning barqaror iqtisodiy o‘sishini rag‘batlantirishning chet el tajribasi



Yüklə 366,91 Kb.
səhifə7/11
tarix19.12.2023
ölçüsü366,91 Kb.
#184462
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Gaipov Kurs ishi

§3. Mintaqalarning barqaror iqtisodiy o‘sishini rag‘batlantirishning chet el tajribasi.
Yurtimizda iqtisodiy islohotlar dunyo hamjamiyati bilan iqtisodiy aloqalarni kuchaytirishga yo‘naltirilgan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Umumjahon jarayonlarini hisobga olgan holda u yoki bu sohani davlat tomonidan tartibga solishda erishilgan yutuq va kamchiliklardan oqilona foydalanish lozim. Mintaqaviy rivojlanish muammolarini hal etishning yangi mexanizmi va yo‘nalishlarini o‘rganish maqsadga muvofiq. Yevropa, Amerika, Osiyoda mintaqalarning iqtisodiy rivojlanishini keng ko‘lamli tartibga solish mexanizmlari paydo bo‘lgan9.
Janubiy Koreyada mintaqaviy rivojlanishni majmuali rejalashtirish to‘g‘risida qonun qabul qilingan va maxsus sanoat parklari tashkil etilgan. Qonunda infratuzilmalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan. Texnopark va texnopolislarni tashkil etish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqilgan. Xitoy tajribasi avval ishlab chiqarish kuchlarini o‘zaro tenglik asosida joylashtirish konsepsiyasini amalga oshirgan holda mintaqalarning nisbiy raqobat afzalliklaridan foydalanish konsepsiyasiga o‘tishga asoslangandir. Bunda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish uchun eng yuqori salohiyatga ega bo‘lgan mintaqalarga ustuvorlik berilgan. MDH mamlakatlarida, xususan Rossiya va Qozog‘istonda mintaqaviy rivojlanish konsepsiyalarini qabul qilish, ularni tartibga solishning maxsus jamg‘armalarini shakllantirish, alohida iqtisodiy hududlarni tashkil etish kabi aniq chora-tadbirlar amalga oshirilgan.
Turkiyada esa qoloq hududlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishning ahamiyati katta bo‘lib, o‘sish nuqtalarini tashkil etishga alohida e’tibor qaratilgan. Mamlakatda bir qator mintaqaviy dasturlar va yirik investitsiya loyihalari ishlab chiqilgan va amalga oshirilmoqda. Hindistonda infratuzilmalarni rivojlantirish va sanoat zonalarini tashkil etishda asosan davlat investitsiyalarining jalb etilishi mintaqaviy siyosatning asosini tashkil etadi.
Agar g‘arb mamlakatlari iqtisodiyotida raqobat bozor xo‘jaligining ajralmas qismi (xususiyati) sifatida tabiiy ravishda paydo bo‘lgan bo‘lsa, o‘nlab yillar davomida ma’muriy buyruqbozlik tartibi hukmron bo‘lgan, raqobatni va bozorning boshqa belgilarini tan olmagan mamlakatlarda bu jarayon elementlarini “joriy qilish” va hatto majburan qabul qilishga to‘g‘ri keladi. Shu munosabat bilan iqtisodiyotning o‘tish davri holatida raqobat munosabatlarini rivojlantirishning mavjud real imkoniyatlarini hisobga olish muhim rol o‘ynaydi.
Birinchidan, raqobatsiz iqtisodiyotning samarali harakat qila olmasligiga ishonch shakllandi. Bu ishonch ta’sirida yaqin vaqtlargacha hukmron mavqega ega bo‘lgan rejali-buyruqbozlik tizimining g‘oyaviy qarashlari yemirilmoqda. Ikkinchidan, respublikada raqobatni davlat tomonidan rag‘batlantirish va tartibga solishning keng rejali harakatlari kuzatilmoqda. Uchinchidan, raqobat hali keng joriy qilinmasada, bozor iqtisodiyotiga o‘tishda muhim qadamlar qo‘yilmoqda.
Bugungi kunda rivojlangan mamlakatlar raqobatchilik muhitini rivojlantirishdan nazarda tutilgan asosiy natijalar sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
Texnologiya kiritish. TMK odatda eng yirik raqobatdosh koipaniyalar qatoriga kirib, o‘z mahsulotlarini ishlab chiqarish va joylashtirishda xom ashyo, texnologiya va o‘zga omillar sohasida yangilik yaratish, uni tatbiq etish, texnik vositalarni dunyo uzra tarqatish uchun yetarli resurslarga ega bo‘ladi. TMKlarni jalb etishga muvaffaq bo‘lgan mamlakat o‘z sanoatining rivoji uchun yordam beruvchi «nou-xau» usullaridan foydalanish va xalqaro bozorlarda raqobatga dosh bera olish yo‘llarini o‘zlashtirish imkoniga erishadilar. Mahalliy menedjerlar va mazkur kompaniya xizmatchilari aynan shu texnologiyalarni qo‘llash yuzasidan zamonaviy bilimlarga erishadi.
Ish joylarini yaratish. Iqtisodiyotda o‘tish jarayonini boshidan kechirayotgan mamlakatlar aksariyat hollarda ish joylarining yetishmovchiligi yoki to‘la ishsizlik vaziyatiga duch keladi. Davlat qaramog‘idagi sohalarda ish joylarini yaratish kabi choralar yordamida ishsizlikka qarshi kurashish odatda behuda urinish bo‘lib qolaveradi. Ish joylarini TMKlarning bevosita investitsiyalari yaratadi. Undan tashqari, yuqorida ta’rifi berilgan o‘qitish jarayoni yordamida mazkur ish joylari mahalliy iqtisodiyot sohasiga sezilarli foyda keltiradi10.
Eksport rivoji. Xorijiy kapital kiritish aksariyat hollarda mablag‘ qabul qilayotgan davlatdan yaqin atrofdagi bozorlarga va hatto TMKlar ishtirokchisi bo‘lgan mamlakatlarga ham mahsulot eksport qilish imkonini beradi. Mazkur eksport esa uzluksiz iqtisodiy ravnaq uchun zarur bo‘lgan barqaror valyuta oqimini ta’minlaydi. Qulay raqobatchilik muhitini ta’minlashning bu kabi afzalliklari ko‘plab davlatlar uchun jahon bozorlarida raqobatga dosh berish qobiliyatini kuchaytirish va dunyo iqtisodiyotiga moslashish uchun xorijiy sarmoyalar va savdo-sotiqqa nisbatan ochiq siyosat ushlash kerakligini namoyon etadi.
Raqobatchilik muhitini shakllantirish borasida rivojlangan mamlakatlar tajribasidan foydalanish mumkin bo‘lgan jihatlardan yana biri – xorijiy investorlarning kapital qo‘yilmasiga muvofiq ma’lum foyda olish imkonini ta’minlash bilan bir qatorda ulardan mazkur ishlab chiqarish ob’ektlari bilan bog‘liq bo‘lgan noishlab chiqarish ob’ektlari, ya’ni ijtimoiy infratuzilmani shakllantirish va rivojlantirishda, mahalliy aholini ijtimoiy himoyalash va moddiy manfaatdorligini oshirishda homiy sifatida foydalanish hisoblanadi.
Shuningdek, ko‘plab mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, davlat sektori orqali yo‘naltirilgan an’anaviy xorijiy kapital oqimining pasayishi natijasida aksariyat hollarda byudjet kamomadiga giriftor rivojlanayotgan davlatlarga uzluksiz iqtisodiy ravnaq uchun zarur bo‘lgan YaMMning 20-25% miqyosidagi sarmoya kiritish darajasini saqlab turish uchun o‘ziga mablag‘ manbalari izlashga to‘g‘ri keladi. Bunday hollarda xususiy xorijiy sarmoya kiritish mazkur muammoni hal etishning eng muhim vositasi hisoblanadi.
O‘tish davri mamlakatlari xususiy sarmoya kiritishda xorijiy investorlarni o‘ziga jalb etishga intilar ekanlar, ular tomonidan amalga oshiriluvchi tadbirlarni aniq tasavvur etishlari va zarur sharoitlarni yaratishlari lozim. Chunki, kiritilayotgan sarmoya hoh mahalliy, hoh xorijiy ahamiyatga ega bo‘lmasin, muvofiq sharoitlar yaratilgan taqdirdagina barqaror bo‘ladi. Iqtisodiy rivoj va ravnaqni yuzaga keltirishda zaruriy omil bo‘lishiga qaramay, birgina mahalliy sarmoya sarfining o‘zi aksariyat rivojlanayotgan davlatlarda rivoj va ravnaq ehtiyojlarini moliyaviy jihatdan to‘liq qonlirishga kifoya qilmaydi. Xorijiy sarmoya oqimining an’anaviy manbalari yetishmasligidan dalolat beruvchi o‘zgaruvchan sharoitni nazarda tutish, xorijiy sarmoya hajmi mahalliy mablag‘ kamomadini qoplashi zarur. Tegishli siyosat o‘rnatgan va uni samarali ravishda tatbiq etayotgan rivojlanayotgan mamlakatlarning mazkur intilishlari asosida iqtisodiyotini moliyalashtirish va ularni farovonlik sari yetaklovchi xorijiy sarmoya oqimini jalb etish borasidagi mavqelari tobora mustahkamlanib boradi.
Rivojlangan mamlakatlarda raqobatchilik muhitini rivojlantirish va samarali amal qilishining yana bir qulay ususli lizing operatsiyalarining keng miqyosda targ‘ib etilishidir. Lizing haqida Aristotel: «Boylik mulkka shunchaki egalik qilishdan emas, balki hammadan ko‘ra undan rentabelli foydalanishdan iboratdir», degan edi11. Tarmoqda lizingni faollashtirish davomida ishlab chiqarishni texnik qurollantirish imkoniga erishish mumkin. Bu usul yordamida ijaraga olish asosida asta-sekinlik bilan mulkka egalik qilish va undan to‘liq foydalanish huquqiga ega bo‘lishdir.yu shuning uchun tarmoqqa investitsiyalar jalb qilishning tovar usuli asosida ma’lum maqsadlardagi rivojlantirish uchun uzoq muddatli ijaraga olish hamda qarz munosabatlarini rag‘batlantirib borish maqsadga muvofiqdir.
AQSh va G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida lizing faoliyati 60-yillarning o‘rtalaridan boshlab kuchaygan bo‘lib, ularning salmog‘i iqtisodiyotdagi investitsiya hajmining udan bir qismiga to‘g‘ri kelar edi. Bizningcha, lizing faoliyatini keng miqyosda amalga oshirishni investitsiyalardan samarali foydalanishning asosiy omili sifatida quyidagicha yo‘nalishlarga taqsimlashimiz mumkin:

  • tarmoqda ishlab chiqarish rivojlanishi uchun lizing sharoitlarini yaratish, ijaraga beruvchi ob’ektlarni jalb qilish hamda ular to‘lovlarining ishlab chiqarish faoliyatiga qarab chorak, yarim yillik, yillik muddatlarini belgilash;

  • ishlab chiqarishni rag‘batlantirish bozor sharoitlaridan kelib chiqqan holda korxonaning aylanma mablag‘lari hisobidan ta’minlashni rejalashtirish, ya’ni ijara muddati bo‘yicha ular to‘lovini taqsimlash;

  • lizing munosabatlari orqali xorijdan uskunalar olishda Xalqaro Valyuta Fondi xizmatidan foydalangan holda mazkur faoliyatni kuchaytirish, chunki bu usul tarmoqning tashqi qarzini oshirmaydi.

Sotib olinishi lozim bo‘lgan zarur texnikalar o‘rniga ijaradagi ishlab chiqarish quvvatlari, texnikalardan foydalanishni yo‘lga qo‘yish zarur.
Hozirda O‘zbekistonda mintaqaviy rivojlanishni iqtisodiy rag‘batlantirish tizimi asta-sekin shakllanmoqda. Bu tizim asosan davlat byudjeti doirasida ayrim mintaqalarga subvensiya va dotatsiyalar berish yo‘li bilan hal etilmoqda. Shuningdek, ayrim mintaqalarga xorijiy investitsiyalarni jalb etish va rag‘batlantirish, kichik va xususiy biznesni rivojlantirish borasida oxirgi yillarda imtiyozlar berish borasida ijobiy ishlar qilindi. Shuningdek, ushbu chora-tadbirlarda ko‘plab mamlakatlarda o‘ta zararli va ekologik havfli ishlab chiqarishlarni taqiqlash ham nazarda tutilgan. Ko‘plab chora-tadbirlar rivojlanish darajasi bo‘yicha orqada qolgan mintaqalarda iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan.
O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlarda mintaqalarning rivojlanishini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlaridan foydalanishni nisbiy baholashga alohida ahamiyat berilmoqda. Xorijiy mamlakatlarda keng qo‘llanilayotgan mintaqaviy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish qaratilgan o‘sish nuqtalarini shakllantirish, muammoli mintaqalarga xususiy to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritiladigan xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlaridan O‘zbekistonda keng foydalanish juda dolzarbdir.
Infratuzilma ob’ektlarini rivojlantirish (avtomobil va temir yo‘llar, axborot texnologiyalari va aloqa tizimlari, maxsus omborxonalar va boshqalar) mamlakat mintaqalarining raqobatbardoshligini oshirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Mamlakatimizda chet ellardagi mintaqalarning rivojlanishini tartibga solishning iqtisodiy mexanizmlari izlanishlari yetarli darajada o‘rganilgan. Infratuzilmalarni rivojlantirish va erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish kabi mexanizmlarga e’tibor qaratilgan.
Mazkur mexanizmlar quyidagilardan iborat:
- O‘zbekiston sharoitida ularning yetarli darajada dolzarbligi;
- ularga bag‘ishlangan mahsus tadqiqotlar o‘tkazish,
- yuqorida keltirilgandek, mintaqalarning raqobatbardoshligini oshirish.
Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq mamlakatimiz mitaqalarida infratuzilmalarning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlaridan keng foydalanilmoqda. Davlat tomonidan erkin iqtisodiy zonalarni (EIZ) tashkil etish mamlakatimiz uchun manfaatli bo‘lgan mintaqaviy siyosat mexanizmlaridan biri hisoblanadi. Boshqa mexanizmlardan farqli o‘laroq, EIZlar nafaqat alohida mintaqalarning rivojlanishini rag‘batlantirish maqsadida, balki mamlakatning barqaror iqtisodiy o‘sishini ta’minlash, eksport salohiyatini oshirish maqsadida tashkil etiladi.
2016 yilda qabul qilingan “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qonunga asosan 2017 yilda mamlakatimizda Navoiy erkin industrial iqtisodiy zonasi tashkil etildi12.
2018 yilda iqtisodiyotimizning yetakchi tarmoqlarida zamonaviy yuqori texnologiyalarga asoslangan uskunalar bilan jihozlangan, umumiy qiymati 4 milliard 200 million dollarga teng bo‘lgan 154 ta yirik ob’ekt foydalanishga topshirildi.
Ularning qatorida yiliga 60 mingta avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan «Xorazm avtomobil ishlab chiqarish birlashmasi» mas’uliyati cheklangan jamiyati bazasida «Damas» va «Orlando» rusumidagi yengil avtomobillar ishlab chiqarishni tashkil qilish», «Jizzax viloyatida 760 ming tonna portlandsement yoki 350 ming tonna oq sement ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish», «80 ming tonna rux konsentratini qayta ishlash bo‘yicha rux zavodini rekonstruksiya qilish», «Mis eritish zavodida yangi sulfat kislota sexini qurish», elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyatini 50 megavattga oshirish maqsadida «Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasini to‘liq miqyosda modernizatsiya qilish», Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi «Mang‘it» mas’uliyati cheklangan jamiyati bazasida yiliga 5 ming tonna mahsulot chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan ip-kalava yigiruv korxonasi tashkil etish» va boshqa ob’ektlarni tilga olish mumkin. O‘tgan yilda yiliga 25 milliard kub metr gazni uzatish imkonini beradigan Markaziy Osiyo – Xitoy gaz quvurining 1 ming 830 kilometr uzunlikdagi uchinchi tarmog‘i ishga tushirildi. 
Investorlarga keng soliq imtiyozlari va preferensiyalar berilgan «Angren» maxsus industrial zonasi, «Navoiy» erkin industrial-iqtisodiy zonasi, «Jizzax» maxsus industrial zonasining tashkil etilgani yuqori texnologiyalarga asoslangan korxonalarni rivojlantirish imkonini kengaytirdi. Ushbu zonalar uchun zarur tashqi muhandislik va transport infratuzilmasi to‘liq respublikamiz mablag‘lari hisobidan barpo etilmoqda. 
O‘zbekiston sharoitida mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini davlat tomonidan tartibga solish borasidagi xorijiy tajribalarni tahlil qilish natijalarini umumlashtirgan holda quyidagilardan foydalanish maqsadga muvofiq:
Birinchidan, mamlakat mintaqalarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning aniq ishlab chiqilgan strategiyasining zarurligi, ikkinchidan, iqtisodiy islohotlarning milliy modelini hisobga olgan holda nomarkazlashtirish, mintaqalararo integratsiya, atrof-muhitni muhofaza qilish kabi umumiy tendensiyalarga mintaqaviy siyosatni bosqichma-bosqich moslashtirish, uchinchidan, mintaqalarni rivojlantirishda byudjetlararo munosabatlarni hal etish bilan bir qatorda, hududiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini e’tiborga olgan holda investitsiya siyosatini amalga oshirishga e’tibor qaratish, to‘rtinchidan, mintaqalarning majmuali va barqaror rivojlanishini tartibga solishning asosiy omili sifatida infratuzilmalarni rivojlantirish, beshinchidan, mintaqaviy siyosatning ideal mexanizmlari mavjud bo‘lmagan holda ularning har biri nafaqat ijobiy, balki ma’lum bir salbiy tomonlariga egaligi, oltinchidan, ko‘plab xorijiy mamlakatlarda mintaqalarning iqtisodiy rivojlanishini tartibga solishda o‘sish nuqtalari (qutblari) konsepsiyasidan foydalanilganligi, yettinchidan,erishilgan yutuqlar va mavjud muammolarni hisobga olgan holda O‘zbekistonda mintaqalarning raqobat afzalliklaridan samarali foydalanishda erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish va ularning samarali faoliyatini ta’minlash alohida ahamiyatga ega. Ayniqsa janubiy-g‘arbiy Osiyo davlatlarining bu mexanizmdan unumli foydalanganligini ta’kidlash lozim.



Yüklə 366,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin