Mintaqaviy iqtisodiyot


§4. O‘zbekiston mintaqalari raqobat afzalliklari va raqobatbardoshlikni oshirishning asosiy omillari



Yüklə 366,91 Kb.
səhifə8/11
tarix19.12.2023
ölçüsü366,91 Kb.
#184462
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Gaipov Kurs ishi

§4. O‘zbekiston mintaqalari raqobat afzalliklari va raqobatbardoshlikni oshirishning asosiy omillari
Mamlakatimiz mintaqalari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishinining ustuvor yo‘nalishlarini belgilashda ularning raqobat ustunliklarini aniqlab olish muhim hisoblanadi. Tovarlar va xizmatlarning iste’molchi uchun mintaqaviy jihatdan bir qator raqobat ustunliklari va omillari mavjuddir. Raqobat ustunliklari va omillarning har birining mintaqada korxonalarni joylashtirish va rivojlantirish masalalarini hal etishda iste’molchilar tomonidan alohida e’tibor qaratiladigan o‘ziga xos xususiyatlari bor.
Mamlakat mintaqalarining raqobatbardoshlik afzalliklari va omillarini ko‘ramiz.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi: Qozog‘iston va Rossiyaga chiqish mumkin bo‘lgan temir yo‘llar, sholi va arpa ishlab chiqarish va qayta ishlash imkoniyatlari, qurilish materiallari, shu jumladan sement, gips va marmar ishlab chiqarish uchun zahiralarning mavjud. Shuningdek, yoqilg‘i - energetika zaxiralari (Surgil gaz-kimyo kompleksi), mahalliy zaxiralar negizida kimyo majmuasini rivojlantirish imkoniyatlari.
Andijon viloyati: yengil avtomobillar, qishloq xo‘jaligi texnikalari va uskunalari, kabel mahsulotlari, paxta iplari va matolarini ishlab chiqarishdagi yuqori salohiyati. Shuningdek, mashinasozlik va elektrotexnika sanoatlarida foydalanilmayotgan ishlab chiqarish quvvatlari, mehnat sig‘imi yuqori bo‘lgan ishlab chiqarishni tashkil etish uchun nisbatan arzon ishchi kuchining mavjudligi.
Buxoro viloyati: paxta tolasi va iplarini yanada chuqurroq qayta ishlash hamda tayyor trikotaj mahsulotlarni eksport qilish imkoniyatlari, paxta yog‘i, aroq-vino va sut mahsulotlari ishlab chiqarishning rivojlanganligi, qurilish materiallari ishlab chiqarishdagi ixtisoslashuv (gips, granit, marmar va pardozlash toshlari), temir-beton buyumlar ishlab chiqarish. Shuningdek, tabiiy foydali qazilmalar, jumladan gaz va kondensat, texnik tuzlar, qum-shag‘al materiallari, gips, ohak, kvars va grafit konlari. Neftni qayta ishlash tarmog‘idagi ishlab chiqarish zahiralari; qorako‘l teri va undan mahsulotlar ishlab chiqarish, viloyatda turizmni va boshqa rekreatsion bizneslarni rivojlantirish uchun yirik imkoniyatlar mavjud.
Jizzax viloyati: qishloq xo‘jaligining nisbatan rivojlanganligi, chorvachilikni yanada rivojlantirish, qurilish materiallari (plastmassa quvurlar, marmar, ohak, sement xomashyosi, bazalt, granit, g‘isht xomashyosi, temir rudalari, dala shpati va boshqalar) ishlab chiqarish salohiyatlari, akkumulyatorlar ishlab chiqarish quvvatlari, rekreatsiya biznesini rivojlantirish imkoniyatlari (Baxmal va Zomin tumanlarida).
Qashqadaryo viloyati: respublika uglevodorod xomashyosi zahiralarining asosiy qismi ushbu hududda joylashgan, istiqbolli oltin, volfram, mis, qo‘rg‘oshin, alyuminiy, surma, simob zahiralari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash borasidagi salohiyatlar, shu jumladan paxta tolasi, meva-sabzavot mahsulotlari va uzumni qayta ishlash, avtomobil va temir yo‘llarini rivojlantirishda mintaqaning strategik ahamiyati, Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi mahsulotlarining xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqarish imkoniyatini beruvchi keng xomashyo nomenklaturasi, turistik xizmatlarni rivojlantirish imkoniyatlari.
Navoiy viloyati: rangli metallurgiya va nodir metallar, kimyo sanoatining rivojlanganligi (azot kislotasi, mineral o‘g‘itlar, o‘simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari); qurilish materiallari sanoati (sement, marmar, granit), tabiiy-xomashyo resurslar zahiralari (oltin, kvars, qum konlari, granit, marmar fosfor, qimmatbaho va nodir metallar zahiralari, beton tuproqlar, bazalt). Oziq-ovqat sanoati, paxta tolasi va pilla xomashyosini qayta ishlash va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish, qorako‘l terisi va tuya junlarini qayta ishlash zahiralari.
Samarqand viloyati: oziq-ovqat sanoati (tomat pastasi, meva konsentratlari, quritilgan meva va sabzavotlar ishlab chiqarish), yengil sanoat (gilam va gilam mahsulotlari, ipak matolar, paxta iplari va trikotaj mahsulotlar), mikroavtobuslar ishlab chiqarish, foydali qazilma konlari zahiralari (rangli metallar, tog‘ ruda xomashyolari, ohaktosh, sement xomashyosi, marmar, granit, gips), turizm sohasida infratuzilmalar (xalqaro toifadagi aeroport, zamonaviy mehmonhona majmualari, turistik xizmatlar).
Surxondaryo viloyati: qishloq xo‘jaligi, meva-sabzavotlarni qayta ishlashdagi imkoniyatlar,yirik hajmdagi qo‘rg‘oshin, rux, ko‘mir, neft, tabiy gaz, kaliy tuzi, gips, rangli va nodir metall rudalari zahiralari, qurilish materiallari uchun xomashyo konlari, mintaqaning Turkmaniston, Tojikiston va Afg‘oniston bilan chegaradoshligi savdo-iqtisodiy munosabatlarni hamda temir yo‘l va avtomobil transportlarini rivojlantirishga xizmat qilishi mumkin. Qo‘shni viloyatlar bilan temir yo‘l va avtomobil aloqalarining rivojlangan. Bunda yangi Toshg‘uzor-Boysun-Qumqo‘rg‘on temir yo‘lining ishga tushirilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Sirdaryo viloyati: paxta tolasi, g‘alla, sabzavotlar, poliz mahsulotlari va mevalar yetishtirish, g‘isht va cherepitsa xomashyosi ishlab chiqarish, to‘qimachilik sanoatida paxta tolasi va ipakni qayta ishlash hamda tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish, Qozog‘iston va Tojikiston bilan qulay chegaradoshlik hamda Katta O‘zbek trakti magistral avtomobil yo‘lining o‘tganligi.
Toshkent viloyati: qulay geografik joylashuvi (Qozog‘iston va Tojikiston bilan chegaradosh) va transport infratuzilmasining rivojlanganligi; yirik hajmdagi ko‘mir, temir, kaolin, mis, rux, qo‘rg‘oshin, asbest, ohak, pardozlash toshlari, kumush, litiy, uran zahiralari; qora va rangli metallurgiya, mineral o‘g‘itlar, kimyo sanoati, sut va go‘shtni qayta ishlash, dam olish maskanlarida rekreatsiya infratuzilmalari rivojlangan.
Farg‘ona viloyati: neft, gaz, ozokerit, oltingugurt, gips zahiralari, qurilish materillari sanoati uchun xomashyolar (ohaktosh, gips, dolomit, marmar, qum, shag‘al, granit), meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash, paxta tolasi va undan tayyorlanadigan mahsulotlarni ishlab chiqarish salohiyati, mineral o‘g‘itlar, ammiak selitrasi, azot kislotasi ishlab chiqaruvchi kimyo sanoati, qurilish materiallari va neft sanoati.
Xorazm viloyati: Turkmaniston bilan chegaradosh bo‘lib, rivojlangan temir yo‘l tizimlari va avtomobil yo‘llari transport xizmatlari eksportini rivojlantirish imkonini beradi. Mintaqada asosan paxtani qayta ishlash va oziq-ovqat sanoatlari rivojlangan bo‘lib, yengil sanoatning eksport salohiyatni tashkil etuvchi ko‘p sonli paxta tozalash zavodlari, to‘qimachilik va ipakchilik korxonalari mavjud. Paxta, sholi, pilla, sabzavotlar va mevalar, qovun-tarvuz yetishtirish uchun qulay tabiiy shart-sharoit, tarixiy me’morchilik obidalar. Turizm va mehmonxona xizmatlarini rivojlantirish imkoni.
Toshkent shahri: yirik sanoat markazi hisoblanadi. Mashinasozlik va metallni qayta ishlash rivojlangan – shaharda paxtachilik uchun paxta terish texnikalari tizimi va qishloq xo‘jalik mashinalari, stanoklar, traktorlar, transformatorlar va boshqalar ishlab chiqariladi. Elektrotexnika sanoati, transport infratuzilmasi, ikkita temir yo‘l vokzali, aeroport. Turistik xizmatlar ko‘rsatuvchi infratuzilmalar rivojlangan, zamonaviy mehmonxona majmualari mavjud.
Iqtisodiyot raqobatbardoshligi barcha bo‘g‘inlari (makrodarajada) bir-biri bilan bog‘liq. Ulardan birining rivojlanmaganligi boshqalariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, innovatsion salohiyatni yuqori texnologiyalarni foydalanishga moslashtiruvchi yaxshi rivojlanmagan oliy ta’lim tizimisiz va hamda ishlanma va tadqiqotlarni moliyalashtiruvchi samarali amal qiluvchi moliya tizimisiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Adolatli raqobat shart-sharoitlarining mavjud emasligi va rivojlanmagan tovarlar bozori innovatsion mahsulotga bo‘lgan barqaror talabni va ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirishga rag‘batlarni ta’minlamaydi hamda milliy innovatsion tizimlar va infratuzilmalarini, ilmiy-texnik ishlanmalarning kommersiatsiyalashuvining rivojlanmaganligi ularni pirovard istemolchiga yetib borishiga imkon bermaydi.

Yüklə 366,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin