1. marketing va uni rivojlanishining asosiy bosqichlari ulgurji savdo



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/206
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#177407
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   206
M.A.

4.2. Makromarketing va mikromarketing 
1986 – yilda F.Kotler megomarketing tushunchasini muomalaga kiritdi. Bu tushuncha maqsadli 
iste’molchilarga nafaqat tovar va xizmatlar taklif etish, balki bozor muhitining makro guruhlari bilan 
imkoniyat darajasida kelishilgan holda faoliyat olib borishni nazarda tutadi. 
Ayirboshlashning maqsadi, u yoki bu faoliyatning natijalariga ko‘ra 
tijorat va notijorat
marketingi 
farqlanadi. Tijorat marketingi – foyda olish maqsadida daromadi yuqori kompaniyalarda asosan
savdo va xizmatlar sohasida qo‘llaniladi. Ko‘p tarqalgan tovarlar va xizmatlar turlariga muvofiq 
shakllangan faoliyatdir
.
Ijtimoiy tashkilotlarda – maktab, kasalxona, bolalar bog‘chasi, qariyalar pansionati kabilarda 
notijorat marketing
tadbirlari o‘tkazilib, tashkilotlardagi muammolar aniqlanadi va chora-tadbirlar 
ishlab chiqiladi.
8


Professor X.Meffert tomonidan tijorat marketingining asosiy shakllari tavsiflangan. 
Hududiy
jihatlariga qarab: milliy, mintaqaviy, lokal va xalqaro (eksport, global va jahon) 
marketingi; 
qo‘llanish sohasiga
qarab iste’mol, sanoat, investitsion va xizmatlar marketingi 
xarakterlanadi. 
Bugungi kunda
 jismoniy shaxs yoki tashkilotning faoliyat turi
ga qarab tashkilot marketingi, shaxs 
marketingi, joy marketingi, ijtimoiy marketing qo‘llaniladi. 
Tarmoqli marketing
– sotish tizimi bo‘lib, mahsulot iste’molchilarining o‘zlari ham uning 
tarqatish jarayonida qatnashishlari yangi tarmoqlarni yaratishlariga imkoniyat beriladi. Tarmoqli 
marketing – bu tovarlarni mustaqil ravishda tarqatuvchi sotuvchi agentlarning tarmoqli tashkilotini 
yaratishga asoslangan tovarlar chakana savdosining bir turidir. 
Mikrodarajada
marketing ishlab chiqaruvchi va iste’molchini o‘rganish uchun dasturlar yaratiladi. 
Mikromarketing 
(ingl. Micromarketing)
 — 
iste’mol bozorining alohida geografik, demografik va 
psixografik segmentlariga yo‘naltirilgan marketing dasturlari ishlab chiqilishi, mahsulotlar ishlab 
chiqarilishi, firma bozor strategiyalari va reklama kompaniyalari borasidagi aniq maqsadga 
qaratilgan marketing sa’y-harakatlari. 
Mikromarketing – «ma’lum bir kompaniya tomonidan iste’molchilarning xohish va istaklarini 
qondirgan holda tovar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga yetkazib berish bilan 
bog‘liq harakatlar majmuasidir». Fransuz olimi J.J. Lamben bozor iqtisodiyoti sharoitida 
makromarketingning ahamiyatini yanada batafsilroq ochib berib, uni iqtisodiy demokratiyaning 
muhim omili sifatida talqin qiladi. Aynan makromarketing iste’molchini birinchi bo‘lib eshitadi va 
iste’molchi talabidan kelib chiqib, investitsiyalarni, innovatsiyalarni tadbirkorlik faoliyatiga 
yo‘naltiradi. Makromarketing hozirgacha nazariy jihatdan bahs — munozaraga sabab bo‘lgan 
muammo hisoblanadi. 1960 – yilgacha turli marketing yo‘nalishlari o‘z diqqat – e’tiborini 
makromarketing muammolariga qaratdi. Tashqi muhit o‘rganilmagan holda sotuv va iste’molchi 
bilan munosabatlar o‘rnatildi. Bozor infrastrukturasining rivojlanishi jamiyatning ehtiyoj va 
talablarini yuqori darajada o‘rganish muhimligiga urg‘u berdi. AQShda o‘sha davrda marketingni 
jamiyatning bir faoliyati turi, deb ham qarashgan (R. Xollovey, Dj. Fiska, R. Xinkok va b.). 

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin