1. marketing va uni rivojlanishining asosiy bosqichlari ulgurji savdo



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/206
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#177407
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   206
M.A.

Benchmarking – 
marketing tadqiqoti funksiyasi sifatida. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ko‘pgina 
firmalarning raqobat afzalligi ko‘plab tashqi va ichki omillarga bog‘liq bo‘lib, tadbirkorlikning turli 
subyektlari bilan samarali hamkorlik va muloqot o‘rnatish juda muhim hisoblanadi. Raqobat 
kurashida kutilmagan holatlarga duch kelish, marketing tashqi muhiti, ya’ni makro muhiti omillari 
ta’siriga duch kelish hollarida yengilmaslik uchun marketing tizimining subyektlari bilan 
hamkorlikni kuchaytirish zarur. 
Benchmarking – ingliztilida standart, mo‘ljal ma’nosini anglatadi. Firma o‘z faoliyatida qaysi 
mo‘ljalga, raqobatchining qaysi kuchli tomoniga asoslanib o‘zini rivojlantirishi, kuchli tomonlarini 
ko‘paytirishi, qanday yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish orqali o‘z afzalligini kuchaytirishi 
mumkin, degan savollarga amaliy javob topib, keyingi xatti-harakatini rejalashtirishi kerak. 
Amaliyotda 
marketing tadqiqotlari,
deganda iste’molchilar, raqobatchilar, xaridorlar haqida 
axborot to‘plash, saqlash, qayd qilish va ularni tahlil qilish tushuniladi. Ular asosida mahsulot 
assortimentini o‘zgartirish, narx — navo siyosatini qayta ko‘rib chiqish, sotishni tashkil qilishni 
takomillashtirish kabi vazifalar hal qilinadi. Lekin bu ma’lumotlar firmaning ichki ko‘rsatkichlarini 
tahlil qilishga hech qanday aloqasi yo‘q. Masalan, nima uchun mahsulot tannarxi oshib ketib, firma 
mahsulotining narxi raqobatchi firmanikiga qaraganda yuqori narx bo‘ldi, nima uchun tovar 
aylanmasi dinamikasi tushib ketdi, nima uchun korxona foydasi kichik va hokazo savollarga javob 
topish uchun ichki moliyaviy hisob-kitoblarni amalga oshirish kerak. Iste’molchilarni 
so‘rovnomadan o‘tkazishda tovar, uning xususiyatlari, narxi, foydaliligi kabi savollarga javob olib, 
undagi fikrlarga qarab ma’lum tadbirlar ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. Benchmarking hozirgi 
sharoitda firmaning raqobat afzalliklari, raqobatdoshligi o‘sishini va samarali tadbirkorlik 
strategiyasini shakllantirishda marketing tadqiqotlarining falsafasi va vositasi bo‘lib hisoblanadi

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin