To‘g‘ri marketing - Interaktiv marketing tizimi bo‘lib, iste’molchining istagini uyg‘otish, uning
buyurtmasini olish uchun bir yoki bir necha media reklama vositalaridan foydalanadi. To‘g‘ri
marketingni iste’molchidan to‘g‘ri buyurtma olish marketingi ham deyiladi. To‘g‘ri marketing
xaridorlar bilan uzoq muddatli munosabatlarni o‘rnatish va saqlab qolishga imkon beradi. To‘g‘ri
marketing - kataloglar, pochta orqali to‘g‘ri jo‘natish va telemarketlardan foydalanib savdo qilishni
bildiradi.
Tashkilot marketingi - alohida aniq tashkilotlarga tegishli bo‘lgan vaziyatni qo‘llab-quvvatlash
yoki o‘zgartirish, shuningdek, kerakli muhit tashkil qilish maqsadida qo‘llaniladigan amaliy
faoliyat.
9
Ijtimoiy marketing – ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqish, ularni amalga oshirish va nazorat qilish
bilan bog‘liq bo‘lgan marketing faoliyati harakatlaridir.
Ijtimoiy- etik marketing – bu marketing turi uzoq muddatga mo‘ljallangan marketing faoliyati
bo‘lib, iste’molchilar talab va ehtiyojlardan kelib chiqqan holda korxonaning kelgusidagi faoliyati
haqida qaror qabul qilish. Bu jarayonda mahsulotlar ekologik sofligi va korxonaning atrof-muhitga
zarar yetkazmasligiga alohida e’tibor qaratiladi.
Hozirgi vaqtda egomarketing, g‘oyalar marketingi, xizmatlar marketing rivojlanib bormoqda.
4.3. Marketingning ichki va tashqi soha tushunchalari va ularning o‘zaro bog‘liqligi Marketingning funksiyasi juda keng bo‘lishi yoki savdo-sotiq va reklama bilan chegaralanishi
mumkin. Marketingning roli qancha ahamiyatli bo‘lsa, korxonaning kuchli marketing sohasini
(potensialini) yaratish ehtimoli shunchalik kuchli bo‘ladi. Korxonaning marketing sohasi uning 3 xil
ishlab chiqarish funksiya holatini: analitik, ishlab chiqarish va savdo, kommunikativ sohasini aks
ettiradi.
Analitik soha: •
Marketing tadqiqotini o‘tkazish qobiliyatini.
•
Firma raqobatda aniq ustuvorlikka ega bo‘la oladigan segmentni tanlay olish qobiliyatini.
-Korxonaning marketing axborot tizimini shakllantiradi
.