1. marketing va uni rivojlanishining asosiy bosqichlari ulgurji savdo



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/206
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#177407
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   206
M.A.

Mijozlar (xaridorlar
) guruhlari bozorning 5 ta turi doirasida shakllanishi mumkin: iste’mol bozori, 
ishlab chiqaruvchilar bozori, vositachilik bozori, davlat muassasalari bozori va xalqaro bozor. 
Bozorning har bir turida sotuvchi bilishi zarur bo‘lgan o‘ziga xos xususiyatlar mavjud, shu bois 
firma o‘z mijozlarini sinchiklab o‘rganishi zarur. 
Raqobatchilar
–bir xil tovar va xizmat turlarini ishlab chiqaruvchi turdosh firmalar yoki individual 
tadbirkorlardir. 
Aloqador auditoriyalar
- bu firmaga qiziqish bildiruvchi va uning qo‘yilgan maqsadlariga erishish 
qobiliyatiga ta’sir etuvchi shaxslar yoki tashkilotlar guruhidir. Ular moliyaviy doiralar, ommaviy 
axborot vositalari, jamoatchilik bo‘lishi mumkin. Firma ularning e’tiborini har tomonlama jalb 
etishga harakat qilmog‘i lozim, chunki ular(banklar, aksionerlar) faoliyatga ijobiy ta’sir etishlari 
mumkin. Boshqalarga nisbatan firma ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishi, ularning diqqati 
qaratilgan obyektga aylanib qolmasligi kerak. 
Firma va uning yetkazib beruvchilari, marketing vositalari, mijozlari va aloqador auditoriyalar yangi 
imkoniyatlar ochuvchi yoki firmaga yangi xabarlar tahdid soluvchi ancha kengaytirilgan 
mikrosxema kuchlarning doirasida vazifalarni amalga oshiradi. Bu kuchlar o‘zlarida nazoratga 
bo‘ysunmaydigan omillarni aks ettiradi, firma uni ehtiyotlik bilan kuzatib borishi va e’tibordan 
chetda qoldirmasligi zarur. 
Ichki marketing muhiti – bu marketing xizmati va firmaning turli bo‘linmalari o‘rtasidagi marketing 
salohiyatiga va marketing maqsadlariga ta’sir qiluvchi munosabatlar yig‘indisidir. Ichki marketing 
muhitining shakllanishida faoliyat doirasi, umumiy maqsadlar, tashkilotdagi marketingning roli, 
uning funksiyalari, uni firma umumiy faoliyatiga qo‘shilib ketishini belgilab beruvchi yuqori 
rahbariyat qarori katta ahamiyat kasb etadi. Korxona (firma, kompaniya) ichki tuzilmasi esa 

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin