Tabiiy
Resurslarning rivojlanish darajasi, ekologik normativ va ko‘rsatkichlar,
davlat tomonidan atrof-muhitning muhofaza qilinishi, energiya, yoqilg‘i
va boshqa resurslardan foydalanishni tartibga solish
Demografik
Aholi soni, strukturasi, zichligi, tug‘ilish koeffitsiyenti, o‘lim, migratsiya
ko‘rsatkichlari
Iqtisodiy
Iste’molchilarning moliyaviy ahvoli,
sotib olish qobiliyati, moliya -
kredit ko‘rsatkichlari, iqtisodiy konyunktura va inflatsiya darajasi.
Soliq tizimining mukammalligi, narx- navo siyosati.
Huquqiysiyosiy
omillar
Qonunchilikning rivojlanish darajasi, aholini ijtimoiy himoya qilishning
qonunlari, tadbirkorlikni qo‘llab–quvvatlash, bozor mexanizmlarining
qonuniy asosda joriy etilishi v a h.k.
Ilmiytexnikaviy
Iqtisodiyot asosiy tarmoqlarida fan - texnika taraqqiyotining rivoji va
moddiy - texnika bazasining holati,
xususiylashtirish va
innovatsiyajarayonlarining rivojlanganligi. Iqtisodiy va texnik
xavfsizlikko‘rsatkichlari.
Ijtimoiymadaniy
Aholining bozor ko‘nikmalariga va mentalitetiga ega ekanligi,
iste’molchilarning madaniyati va milliy axloqiy darajasi, tashkiliy va
iste’mol madaniyatining shakllanganligi
Demografik omillarni o‘rgana borib, marketing aholi orasidagi tug‘ilish, yosh strukturalari
malakalarini ko‘rib chiqishi zarur. Bu iste’molchilarga mo‘ljallangan ishlab chiqaruvchi qancha va
qanday tovarlar ishlab chiqarishni bilishi bilan bog‘liq. Masalan, tug‘ilishning
nisbatan pasayishi
aholining keksayishiga olib keladi, bundan bolalar uchun tovarlarga talab kamayadi va katta yoshli
aholi uchun esa mos tovarlarga ehtiyoj ortadi. Demografik va ziyatlarni tadqiq qiluvchilar uchun
zamonaviy oilalar tendensiyalarini, ya’ni nikohga kiruvchilarning o‘rtacha yoshini, oilada
bolalarning o‘rtacha yoshi, ajrashishlar sonini bilish muhim. Oilaning har bir guruhi uchun turli
tovarlar va xizmatlar talab qilinadi. Migratsiya masalalarini o‘rganish firmaning bo‘linmalari va
filiallarini joylashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Odamlarning ma’lumotlilik darajasining
o‘zgarishi, u qancha yuqori bo‘lsa, yuqori
sifatli va aniq mahsulotlarga, matbuot nashrlariga va
intellectual mehnat mahsulotlariga talab ham shuncha yuqori bo‘lishini ko‘rsatadi.
Iqtisodiy omillarning ham o‘ziga yarasha ahamiyati yuqori. Firmaning potensial xaridori
qanchaligini, ular qancha Tovar sotib olishlarini ham bilish – aniqlay olishi muhim. Aholining
to‘lovga qodirlik talablariga ko‘plab omillar, jumladan, mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi darajasi,
ish haqi miqdori, inqiroz va ishsizlik kabilar ham ta’sir etadi. Shuningdek,
daromadlarning aholining
turli xil guruhlari orasida taqsimlanish strukturasini bilish ham muhim. Bunday taqsimlanishning bir
tekisda bo‘lmasligi – obyektiv holat. Shuning uchun firma xizmat ko‘rsatish uchun bozorning
ma’lum bir segmentini tanlashda o‘z xaridorlarining moddiy ahvolidan kelib chiqishi kerak.
Tabiiy omillar har qanday tashkilot faoliyatida, ayniqsa, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish,
atrof-muhitni muhofaza qilish global masalaga aylanganda o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi.
Ayniqsa, ishlab chiqaruvchilar oldida xomashyolar, energetik resurslar yetishmasligi bois juda katta
muammolar kelib chiqadi, shuning uchun ular ilmiytadqiqot va qidiruv ishlari bilan shug‘ullanuvchi
firmalar faoliyatini o‘rganishga katta e’tibor qaratadilar.
Binobarin, marketing xizmati firma
faoliyati uchun zarur resurslarni qidirib topish bilan bog‘liq muammolar tadqiqotlari bilan
shug‘ullanishlari zarur, chunki tadqiqotdan foydalanish tobora davlat nazorati ostiga o‘tmoqda va
firmalar o‘z faoliyatlarida bu omilni hisobga olishlari zarur.
Ilmiy-texnika taraqqiyoti omillari hamisha marketingning diqqat markazida bo‘lishi lozim. Har
qanday yangilik eskirgan namunalarini siqib chiqarishi bilan tahdid soladi, bu esa, agar tadqiqotlar
va ishlab chiqarishlar jarayoniga yetarlicha e’tibor qaratilmasa, ko‘ngilsiz oqibatlarga olib kelishi
mumkin. Marketing xizmati firma faoliyatining ishlanmalari yo‘nalishlarini aniqlash va
muqobillarini qidirib topish bo‘yicha barcha kuchlarni ishga solishi kerak.
ITTKI sharoitida ayniqsa,
turli xil malakalar va ratsionalizatorlik takliflarini joriy etishning ahamiyati ortadi.
Siyosiy omillarga avvalo, davlat organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ (me’yoriy)
hujjatlar, davlat tomonidan ularga rioya qilinishining nazorati mamlakatda barqarorlik qobiliyatning
xarakteri va shuningdek, turli xil jamoatchilik tashkilotlari kiradi. Qonunlarni bilish firma uchun
bozorni to‘g‘ri mo‘ljallay olish, investitsiyalash yo‘nalishlarini tanlash, joriy qonunchilik doirasida
ishlab chiqarish samaradorligini oshirish (maksimallashtirish) imkoniyatlarini qidirishga yordam
beradi. Davlat tomonidan qonunlarga rioya qilinishini nazorat qilish bir tomondan,
qonunga bevosita
amal qilinishini, ikkinchi tomondan tadbirkorlarga ularni ixtiyoriy bajarish maqsadga muvofiqligini
anglab yetishlariga yordam berishdir.
Madaniy muhit omillari ko‘p tomondan jamiyat a’zolarining muomalasi (xulq-atvori, fe’lini)
belgilaydi. Jamiyat tomonidan qabul qilingan me’yorlar bu jihatdan juda katta kuchga ega (dinlar,
an’analar, qonunlar). Marketing ikkilamchi madaniy qimmatlik (qadriyat) largagina ta’sir etishga
qodir. Marketingning vazifasi madaniy muhitda tendensiyalarni aniqlash va firma faoliyatini unga
yo‘naltirishdan iborat.
Firmaning mikro muhiti bevosita firmaning o‘ziga va uning mijozlarga ta’sir o‘tkaza olish
imkoniyatlariga bevosita munosabatda bo‘ladigan kuchlardan iborat. Marketing xizmati rahbarlari
faqat iste’molchilarning ehtiyojlari bilan band bo‘lib qolmasliklari lozim. Ular mikro muhitning
hamma omillarini hisobga olishlari lozim. Firmaning makro muhiti uning mikromuhitining keng
(hamma) elementlari
(unsurlari) ga ta’sir etuvchi ijtimoiy kuchlari bilan ifodalanadi.
Firmaning mikromuhitiga ta’sir etuvchi makromuhiti 6 ta asosiy kuchlardan shakllanadi.
1.Aksariyat mol yetkazib beruvchilar.
2.
Firma.
3.
Marketing bo‘yicha vositachilar.
4.
Mijozlar.
5.
Raqobatchilar.
6.
Firmada aloqada bo‘lgan auditoriyalar.
Dostları ilə paylaş: