Firma do‘konlari
Xaridorlar talabini o‘rganish. Xaridorlarni rag‘batlantirish.
Sotish
kanallari ishlovchilarini rag‘batlantirish. Korxona obro‘- e’tiborini
shakllantirish.
Reklama byurosi
Mahsulotni reklama qilish. Korxona obro‘- e’tiborini shakllantirish.
Axborot almashuvchanlikni rivojlantirish.
Korxonalarda marketing xizmatini tashkil etishda bosqichmabosqich yondashish maqsadga muvofiq
hisoblanadi.
Mamlakatimiz korxonalari, assotsiatsiyalari faoliyatining marketing xizmatlari bo‘yicha tahlili shuni
ko‘rsatadiki, bajarilayotgan vazifalarning asosiy qismi tijorat xizmatlari bo‘linmalari zimmasiga
yuklatilgan. Shu sababli marketing xizmatini tijorat bloki asosida tashkil qilish maqsadga
muvofiqdir.
Bozorning rivojlanishi va uning “xaridorlar bozori”ga aylanishi korxonaning marketing bo‘limi
tashkiliy strukturalaridagi o‘rnini va uning boshqa bo‘limlar bilan o‘zaro harakatini asta-sekin
o‘zgartiradi.
Tashkilot tomonidan amalga oshiriladigan marketing funksiyalaridan
biri asta-sekin uning asosi
(o‘zagi)ga aylanadi va tashkilot faoliyatining shunday funksional sohasiga aylanadiki, bu uning
boshqa sohalarining funksiyalanishini ko‘p tomondan belgilaydi, ya’ni ishlab chiqarish, xodimlarni
boshqarish, ITTKI (ilmiy-tadqiqot tajriba – konstrukturlik ishlari) va b.
Bozor sharoitlarida marketing asosiy funksiya sifatida korxona faoliyatining strategiyasini
belgilaydi. Korxonaga marketingni o‘zi uchun
hayot tarzi, korxonaning esa falsafasi, deb bilgan
odam rahbarlik qiladi. Marketing xizmati nafaqat ishlab chiqarish va savdoga xizmat qilish bo‘limi,
shuningdek, tashkilot faoliyatini yakuniy iste’molchilarning chiqarilgan mahsulotga yo‘naltiruvchi
strategik ishlab chiqarish– savdo boshqaruv rejalashtiruvchi va nazorat qiluvchi organlari hamdir.
Marketing korxonaning hamma xizmatlari va bo‘limlariga kirib boradi. Shuning uchun korxonada
marketingni boshqaruv strukturalarini tashkil etish alohida ahamiyat kasb etadi. Marketing xizmati
shunday tashkil etilishi kerakki, u ushbu korxonaning o‘ziga xos xususiyatlariga (spetsifikasiga),
uning resurs imkoniyatlariga, chiqarilayotgan mahsuloti va xizmat qilayotgan
bank xarakteriga mos
kelsin. U aniq, qaror qabul qilishda moslashuvchan, sodda va tezkorligi (mobilligi) bilan ajralib
turadigan bo‘lishi lozim. Korxonalar marketing bo‘limi shunday hisobkitob bilan tashkil etiladiki, u
eng yaxshi tarzda marketing maqsadlariga erishishga, ya’ni xaridorlarning qondirilmagan talablarini
aniqlash, bozorlarni geografik jihatdan kengaytirish,
bozor ulushlarini oshirish, bozorning yangi
segmentlarini qidirib topish, foydani ko‘paytirishga yordam berizi zarur. Hozirgi zamon korxonalar
faoliyati amaliyotining ko‘rsatishicha, marketing xizmati strukturasining rang-barangligiga
qaramasdan marketingning tashkiliy tarkibiy turlari quyidagilar:
−
funksiyalar bo‘yicha;
−
mahsulot bo‘yicha;
−
bozorlar bo‘yicha;
−
iste’molchilar guruhi bo‘yicha;
−
hudud (region)lar bo‘yicha bo‘ladi.
Marketing xizmatini tashkil etishda qat’iy standartlar mavjud bo‘lmaydi, shuning uchun har bir
kompaniya, marketingni boshqarish strukturasiga asosiy talab–uning samaradorligi,
aniq-ravshan
(ochiq)ligi, tejamkorligi ekanligini anglay borib, bu masalani hal etishga mustaqil yondashadi.
Marketing xizmati boshqa bo‘limlar va xizmatlar bilan o‘zaro aloqada harakatlanishi zarur va u
marketingni korxona faoliyatiga joriy etilish darajasi bilan belgilanadi. Marketing va ta’minot
bo‘limlarining o‘zaro munosabatlari, ularning faoliyatlarini muvofiqlashtirish shuning uchun
kerakki, bunda muhim xom – ashyolar va butlovchilarning oldindan ko‘zda tutilmagan va
kutilmagan holda yetmay qolishi kabilarning oldi olinadi. Bunday holatlar, agar marketing bo‘limi
ta’minotchilarga rejalarning istiqboli va tuzilgan shartnomalar haqida ma’lumot
bermaganlarida yuz
beradi. Va aksincha, noto‘g‘ri prognozlar yoki marketing bo‘limi ta’minot bo‘limiga talablarning
kamaygani haqida xabar bermaganidan materiallar hamda butlovchilarning haddan ortiq zaxirasi
to‘planib qolganidan, boshqa ish (vazifalar) da muvaffaqiyatli foydalanilishi mumkin bo‘lgan bu
vositalarni faoliyatdan to‘xtatib, ya’ni “muzlatib” qo‘yishga to‘g‘ri keladi.
Tovarlar bo‘yicha smeta va marketingning umumiy budjetini samarali realizatsiya qilish uchun
marketing bo‘limi mutaxassislari xarajat va foyda ko‘rsatkichlarini doimo nazorat ostida tutishlari
kerak bo‘ladi. Marketing bo‘limining yuridik xizmat bilan o‘zaro birgalikdagi harakati marketing
bo‘limi mutaxassislariga xo‘jalik va tijorat faoliyatining turli
tomonlarini ishlab chiqish, yangi
buyumni ishlab chiqarish, narxlarni belgilash, qadoqlash, reklama, sotish shartlari kabilarni
qonunchilik bo‘yicha boshqarishda tez va malakali yuridik maslahatlar olish imkonini beradi. Patent
ishlari, tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish, litsenziya bitimlari, reklamatsiyalar
va xaridorlarning
e’tirozlariga taalluqli qonunlar va yo‘l-yo‘riqlar mavjud. Cheklangan savdo amaliyoti, monopolistik
kelishuvlar, kechiktirilgan to‘lov bilan xarid va savdo narxlar haqida kelishuvlar va boshqalar
bo‘yicha masalalarda yuridik normalarga amal qilish zarur.
4.2-rasm. Korxona marketingini marketing funksiyalari bo‘yicha boshqarishning chiziqli-
Dostları ilə paylaş: