1. marketing va uni rivojlanishining asosiy bosqichlari ulgurji savdo



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/206
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#177407
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   206
M.A.

Funksional ma’noda
marketing menejment biror bir qarorni shakllantirish jarayoni, rejalashtirish 
va amalga oshirishni boshqarish sifatida tushuniladi. 
Institutsional ma’noda 
esa, marketing menejment - bu rahbarlik, boshqaruv kuchi sifatida talqin 
etilib, huquqiy va tashkiliy vakolatlar asosida firmaning barcha bo‘limlari o‘rtasida funksional 
vazifalarni to‘g‘ri va muvofiqlashgan ravishda taqsimlash orqali ko‘zlangan maqsadga erishishni 
samarali boshqarishdir. Marketing – menejment muhitini shakllantiruvchi asosiy omillarga 
madaniyat, siyosat va tizim yoki struktura kiradi. 
Hozirgi vaqtda marketing xizmatini tashkil qilishning turli xil shakllari mavjud, shuning uchun faqat 
ba’zi bir zamonaviy tashkiliy tuzilmalarni ko‘rib chiqish bilan cheklanamiz. Boshqaruv 
jarayolarining ixtisoslashtirilishi va standartlashtirilishi bu tashkiliy tuzilmaning yuqori 
samaradorligini belgilaydi. Marketingni tashkil qilish - korxonada bir necha yo‘nalishda amalga 
oshiririlishi mumkin: 
1.
Funksional – bunda javobgarlik taqsimot, sotish, ta’minot va tovar harakatini tashkil qilish 
doiralariga qo‘shiladi. 
2.
Tovarlar tamoyili bo‘yicha tashkil etish. Unda funksional tamoyillarga yana bir tovar 
markasi uchun boshqaruvchilar qo‘shiladi. 
3.
Bozor tamoyili bo‘yicha tashkil etish. Unda funksional tamoyillariga, yana bir hudud 
bozorlari va iste’molchilar turi bo‘yicha boshqaruvchilar qo‘shiladi. 
Vazifaviy tashkil qilish doirasi muvofiqlashtiruvchi muammolarni hal qilish uchun ba’zida mahsulot 
bo‘yicha menejment kiritiladi. 
Mahsulot bo‘yicha menejer bitta yoki bir turli buyumlar guruhini ishlab chiqarishga tatbiq etishdan 
toki uni chiqarib sotishgacha javobgar bo‘ladi. Menejerning bu bilan bog‘liq asosiy vazifasi - ushbu 
mahsulotni ishlab chiqarish munosabati bilan korxona xizmatlari ishini muvofiqlashtirishdan iborat. 


4.
1-rasm. Marketingni vazifaviy tashkil qilish doirasidagi mahsulot bo‘yicha boshqaruv 
Mahsulot bo‘yicha boshqaruv mahsulotni rejalashtirish, bozorga moslashish, xizmatlarni 
muvofiqlashtirishni yaxshilashi mumkin. Dastur qanchalik turli-tuman bo‘lsa, korxona shunchalik 
kuchli diversifikatsiyalashgan va bozori jadallashgan, mahsulot bo‘yicha marketing xizmatini tashkil 
qilish shunchalik yaxshiroq mos tushadi. Bunday tuzilma divizionli, deb ataladi. Qoidaga ko‘ra u 
korxonani vazifalar bo‘yicha emas, balki obyektlar bo‘yicha tashkil qilishni ko‘zda tutadi, buning 
ustiga obyektlar sifatida mahsulotlar, mijozlar, bozorlar va h.k.lar harakat qilishlari mumkin. 
Bundan tashqari marketingni tashkil qilish mijozlar, grafik alomatlar bo‘yicha ham ko‘riladi. 
Firmalar marketing xizmati tuzilmasining eng qulay mo‘ljalini tanlashga harakat qilib, marketing 
xizmatini segmentli mo‘ljallashga murojaat qiladilar. Marketing tuzilishining segmentli 
mo‘ljallanishi shundan iboratki, har bir marketing - boshqaruvchi bo‘lajak xaridorlarning 
belgilangan segmentlari bilan, bu segment qanday geografik bozorda bo‘lishidan qat’iy nazar ishlash 
uchun javob beradi. Marketing xizmati tuzilishining mo‘ljalini tanlashdan qat’iy nazar u quyidagi 
belgilangan talablarga javob berishi kerak: 
-alohida bo‘linmalarning huquqlari, majburiyatlari; 
-huquq doiralarining tartibga solinishini ta’minlovchi epchillik, uyushqoqlik, muntazamlik, 
moslashuv hamda ularni firmaning uzoq muddatli strategiyasiga mosligi. 
-Marketing xizmati ko‘lamining samaradorlik darajasi va tovarlarni sotish hajmiga mos kelishi. 
O‘zbekiston Respublikasi korxonalari tashqi bozorga chiqishi uchun marketing keng ko‘lamda 
zarur, jumladan, eksport va import sotuvlar hajmini hisobga olish ham juda muhim. 
Tuzilmaning ishlab chiqarilgan mahsulotlar va xizmatlarning turlari bo‘yicha mos kelishi o‘ziga xos 
ahamiyatga ega. Firma, korxona, assotsiatsiya tarkibida tuzilma tovar tamoyili asosida tuzilgan 
bo‘lishini, kompleks bozor siyosati masalalarini hal qilish esa xo‘jalik mustaqilligi berilgan alohida 
tezkor bo‘linma doirasida to‘plangan bo‘lishi kerakligini bildiradi. 
Tashkiliy tuzilmaning sotish bozorlari soni va hajmiga mos kelishi, avvalo, tashkiliy tuzilmani 
bozorni segmentlarga bo‘lib guruhlash, iste’molchilarning alohida guruhlariga darajalangan 
yondashishni qo‘llashi, ularning eng yaxshi xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilganligi ko‘zda tutiladi. 
Ixtisoslashgan bo‘linmada rahbarlikning eng yuqori darajada strategik boshqaruvning markazlashuvi 
eng yuqori boshqaruv xodimlarini strategik masalalarni hal qilishda faol ishtirok etish 
imkoniyatlarini nazarda tutadi. 


Korxonada marketingning asosiy maqsadi – faoliyatni berilgan vaqt chegarasida mablag‘lar bilan 
ta’minlanishi doirasida rentabellikni ta’minlash va belgilangan xo‘jalik hisobidagi foydani olishdan 
iborat. 
Yapon firmalarining tan olingan yetakchilarining fikricha marketingning asosiy maqsadlari 
quyidagilardan iborat: 

sotish hajmi; 

o‘sish sur’ati; 

bozordagi ulush; 

rejalashtirilgan foyda, foyda miqdori, foydani sotish hajmiga nisbati, butun sarmoyaga 
nisbatan foydaning me’yori, foydaning hissadorlik sarmoyaga munosabati va h.k. larda aks 
ettirilishi mumkin; 

sarmoyaning tarkibi, ya’ni yordamga berilgan sarmoyalarni aktivlarning umumiy miqdoriga 
nisbati. 
Qo‘yilgan maqsadlarga muvofiq marketingning bozor vaziyatlarini ko‘proq ilmiy-texnik taraqqiyot 
tomonidan aniqlanadigan talabning to‘lov qobiliyati va tovarning tarkibidagi tendensiyalarini 
bashorat qilishga mo‘ljallanganlini qo‘llab-quvvatlash darkor. Mamlakatimiz tajribasi 
ko‘rsatishicha, marketing xizmatlarini tashkil etish turli xil tartibda amalga oshirilishi mumkin. 
Ammo shuni ta’kidlash kerakki, bunday xizmat qoidaga ko‘ra, bosqichma-bosqich korxonaning turli 
xil bo‘linmalariga tarqatib yuborilgan marketingning barcha asosiy vazifalari birlashtirib 
shakllantiriladi. Shuning bilan bir vaqtda korxonaning marketing xizmati birga emas, balki bir necha 
bo‘linmalar bilan ko‘rsatilishi mumkin. Bunday holatda barcha marketing vazifalarini aniq 
muvofiqlashtirish kerak. 
4.2-jadval 

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin