Oligopoliya Tarmoqda bir nechta yirik kompaniyalarning hukmronligi
Monopolistik raqobat Farqlanuvchi
takliflar bilan chiquvchi ko‘p
sonli
raqobatchilar (differensiyalangan tovar,
turlicha namoyish qilish)
Sof raqobat Bir turdagi tovarlarni taklif
qiluvchi (differensiyalanmagan) ko‘p sonli raqobatchilar
Raqobatli vaziyatning har biri marketing faoliyatiga o‘z cheklashlarini kiritadigan to‘rtta
asosiy
turini ajratish qabul qilingan. Marketolog uchun bozordagi raqobatli vaziyatni bilish shuning uchun
muhimki, shu yo‘l bilan u samarali tovar, narx, sotish (o‘tkazish)
va kommunikatsion siyosatni
ishlab chiqadi.
Monopoliya.
Monopoliya sharoitida firma orttirilgan bozorga oid kuchga ega bo‘ladi. Qisqa
muddatli monopoliya vaziyatida kompaniyalar ularning bevosita raqobatchilari bo‘lmasa, yangi
tovarni bozorga olib chiqishda o‘z o‘rniga ega bo‘ladi. Monopoliyada bozorda
bittagina ishlab
chiqaruvchi ustunlik qiladi va u xaridorlarning katta qismiga xizmat ko‘rsatadi. Natijada uning
tovari qisqa muddat davomida bevosita raqobatchilarga ega bo‘lmaydi. Bu – novatorning
monopoliyasidir. Bunday vaziyat hayot siklining tovarning bozorga kirib kelishiga to‘g‘ri
keladigan
bosqichiga, endi vujudga kelayotgan, texnologik innovatsiyalar bilan tavsiflanadigan sektorlarga
to‘g‘ri keladi.
Monopoliya vaziyatida firmaning bozordagi mavqeyi juda yuqori bo‘ladi.
Biroq unga bozorning
o‘sib borayotgan potensialini va yuqori daromadlarini qo‘lga kiritishga intilayotgan yangi firmalar
tahdid sola boshlaydi. Natijada monopoliyaning kutilayotgan muddati muhim omilga aylanadi, bu
omil innovatsiyaning miqyosiga va yangi raqobatchilar uchun kirish to‘siqlarining yuqoriligiga
bog‘liq bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: