xodimlar tayyorlash
va malakasini oshirish, sayyohlik va boshqa tashkilotlar uchun ham nisbatan
ishlatish mumkin. Bozor munosabatlariga o‘tish jarayonida butunlay yangi
tipdagi firmalar vujudga
kelmoqda.
Nazorat uchun savollar
1.
Marketing tizimi haqida tushuncha bering.
2.
Marketingni boshqarish, deganda nimani tushunasiz?
3.
Marketing xizmatini tashkil etish funksiyalari nimalar bilan bog‘liq?
4.
Gorizontal marketing tizimi, deganda nimani tushunasiz?
5.
Marketing xizmatining asosiy funksiyalarini ayting.
9.
Marketingda boshqarish jarayonini tushuntiring! Firmaning marketing muhiti nima ?
10.
Marketingning makro muhitiga qaysi omillar kiradi?
11.
Korxonaning mikro muhit omillari qaysilar?
12.
Raqobat sharoitida kompaniyalar faoliyatiga marketingning qanday muhiti ta’sir ko‘rsatadi?
13.
Firmangizning mikromuhitini tasvirlab bering.
14.
Firmangiz makromuhit omillarining o‘zgarishini qanday qabul qildi?
15.
Firmangiz duch kelayotgan raqobatchilar guruhi haqida gapirib bering.
16.
O‘quv yurtingiz yonida yangi oshxona ochishni o‘ylab yurgan
tadbirkor duch keladigan
raqobatning 4 turi haqida gapirib bering. Nima uchun ular tadbirkorga halaqit berishlari
mumkin?
17.
Atrof-muhitning ahvoli jamoatchilikni kundan-kunga xavotirga solmoqda. Aytingchi,
plastik
qadoqlashdan foydalanuvchi korxona faoliyatiga bu tendensiya qanday ta’sir etadi?
18.
Yarim fabrikatlar ishlab chiqaruvchi Rossiya oziq-ovqat sanoati kompaniyasi yutuqlariga
yaqin yillarda makromuhitning qanday tendensiyalari ta’sir etadi?
19.
“Kitoblar olami” do‘koniga tashrif buyuruvchilarning kitob xarid
qilgan qismini foizlarda
baholash kerak. Bunday vaziyatda axborot yig‘ishning qanday usulidan foydalanish
maqsadga muvofiq?