maqsad va vazifalarini
amalga oshirishning samarali, realistik va izchil dasturiga egaligiga ishontira
olishi mumkin. Investor o‘z pulini yetarlicha ishonch bilan unga foyda olishni kafolatlaydigan
loyihagagina qo‘yadi.
Marketing dasturi quyidagi muhim muammolarni hal qiladi:
-biznesning istiqbolini rivojlanishning miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari ko‘rinishida tahliliy
aniqlashtiradi;
-korxonaning yashovchanligi (gullab-yashnashi) va kelgusi barqarorligi darajalarini aniqlaydi,
tadbirkorlik
faoliyati riskini pasaytiradi;
-e’tiborni jalb etadi va qiziqish uyg‘otadi, firmaning potensial investorlari tomonidan qo‘llab-
quvvatlanishini ta’minlaydi.
Tashkilotning an’anaviy rejasidan farqli ravishda marketing dasturi tashkilotning ichki
maqsadlarinigina emas, shuningdek, yangi ishda foydasi tegishi mumkin bo‘lgan shaxslarning tashqi
maqsadlarini ham hisobga oladi. Investorlar bilan bir qatorda yangi biznesdan
manfaatdor shaxslar
potensial iste’molchilar va firmaning mol yetkazib beruvchilari ham hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: