•
likvidatsiya (bartaraf etish) strategiyasi
-o‘zida qisqartirish strategiyasining oxirgi holatini
aks ettiradi va firma endilikda biznesni yurita olmaydigan holga tushib qolganda amalga
oshiriladi;
•
“
hosil yig‘ish” strategiyasi
kelajagi yo‘q, sotishdan foyda olinmaydigan, lekin biznesni
asta-sekin nolga tushirishdan daromad keltirishi mumkin bo‘lganda qo‘llaniladi;
•
ortiqchasini qirqib tashlash strategiyasi
ko‘pincha, diversifikatsiyalangan firmalar
tomonidan o‘z biznesini yoki bo‘limini yopganda yoki sotganda realizatsiya qilinadi.
Real amaliyotda firma bir vaqtning o‘zida bir necha strategiyalarni realizatsiya qilishi mumkin. Bu
ayniqsa, ko‘p tarmoqli kompaniyalarda keng tarqalgan. Bunday hollarda
firma aralash
(kombinatsiyalangan) strategiya
ni amalga oshirmoqda, deyiladi.
To‘rtinchi turli xillikka keyinroq tavsiflanadigan diversifikatsion o‘sish strategiyasi mos keladi.
Biznesni rivojlantirish strategiyasining
keyingi guruhi
diversifikatsion o‘sish
strategiyasi bo‘lib,
firmaning ushbu mahsulotning ushbu tarmog‘i bilan boshqa rivojlana olmaslik holatida realizatsiya
qilinadi. Bu strategiya, agar bozorlar amalga oshirilayotgan bizneslar uchun to‘yingan holatda bo‘lsa
yoki mahsulotning “o‘lib borishi” natijasida unga talab pasayib ketsa
yoki monopoliyaga qarshi
boshqaruv ushbu tarmoq doirasida biznesning kelgusi rivojlanishiga ruxsat bermasa yoki yangi
biznes uskunalardan, butlovchilardan, xomashyodan yaxshiroq foydalanish
hisobiga yaxshiroq
samara bera boshlasa, tanlanadi.
Diversifikatsiyalangan o‘sishning asosiy strategiyalari quyidagilar hisoblanadi:
•
Dostları ilə paylaş: